Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Tashkil etish turlariga qarab esa


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Tashkil etish turlariga qarab esa
1. Hududiy zonalar. 
2. Maxsus tartibot zonalariga bo‗linadi. 
Dunyoda 400 tadan 2000 tagacha erkin iqtisodiy hudud mavjud deb 
hisoblanadi. Birinchi erkin iqtisodiy hududlar AQShda 1934 yili erkin savdo hududi 
ko‗rinishida tashkil etilgan. Ularning asosiy yo‗nalishi tashqi savdoni faollashtirish 
bo‗lgan. Bunga esa bojxona bojlarining pasaytirilishi va erkinlashtirilishi sabab 
bo‗lgan. Bu hududlarning eng qiziqarli joyi shundaki, import qilinga yarim tayyor 
mahsulotlar – agar tayyor mahsulot sifatida eksport qilinsa bojxona tozalashlaridan 
o‗tmagan va agar import qilingan yarim tayyor mahsulotlar – tayyor bo‗lganidan 
keyin AQSH bozoriga kirsa to‗la bojxona to‗lovlariga va tozolovlariga tortilgan. 
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda zamonaviy yuqori texnologiyali 
asbob-uskuna va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga jahon bozorlarida 
raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‗lamda ishlab chiqarish, eksportga 
mo‗ljallangan va importning o‗rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni tashkil 
etish, respublikada mavjud xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor 
mahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy investitsiyalar ishtirokini ta‘minlash, birinchi 
galda to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni jalb etishga keng e‘tibor qaratilmoqda. 
Dunyo miqyosida mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror sur‘atlar bilan rivojlanib, aholi 
turmush darajasini izchil oshirish ta‘minlandi. Bu borada erishayotgan yutuqlarimizni 
va barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz, chet el investorlariga yaratilayotgan 
keng shart-sharoitlar hamda kafolatlarni yirik xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari 
rahbarlari, ekspert va mutaxassislar tomonidan alohida e‘tirof etilmoqda.
Mamlakatimizning ishlab chiqarish salohiyatini modernizatsiya qilishga 
qaratilgan loyihalarni amalga oshirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish va 


122 
modernizatsiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab 
chiqarishga 
erishish 
xorijiy 
sarmoyalarni, 
eng 
avvalo, 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
investitsiyalarni jalb qilish bo‗yicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 
mamlkatimizning Navoiy, Jizzax va Angren hududlarida maxsus industrial zonalar 
tashkil qilindi. Ushbu amalga oshirilgan chora-tadbirlar o‗z navbatida, innovatsion 
faoliyatni rivojlantirish, ilg‗or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek
transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, mahalliy 
mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat, sertifikatlashtirish 
talablarini joriy etish orqali raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish joylarini barpo 
etish, malakali ishchi-muhandislar, xo‗jalik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash va 
ular malakasini oshirish kabi bir qator muhim masalalarni hal etish imkonini 
bermoqda.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning muhim jihati ma‘lum hudud yoki 
ishlab chiqarish sohasini iqtisodiy rivojlantirishni rag‗batlantirish, shuningdek, erkin 
iqtisodiy zonalardan iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hududiy uslubi sifatida 
foydalaniladi. Ushbu maqsadlarga erishish, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar 
faoliyatidagi xalqaro tajribalar afzalliklarini iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish 
maqsadida 2008 yil 2 dekabrdagi ―Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona 
tashkil qilish to‗g‗risida‖gi, 2013 yilning 18 martdagi O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―Jizzax‖ maxsus industrial zonasini barpo etish to‗g‗risida»gi va 2013 
yil 13 apreldagi ―Angren‖ maxsus industrial zonasini barpo etish to‗g‗risida‖gi 
Farmonlariga asosan ―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilgani 
qanday natija berayotgani hammamizga ma‘lum. Mazkur Farmonlar yuqori 
qo‗shilgan qiymatga ega bo‗lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni 
ta‘minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish 
uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, bu borada qulay shart-
sharoitlarni shakllantirishga, ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali 
foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga 
xizmat qilmoqda. 


123 
Shuni alohida qayd etish lozimki, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ular 
faoliyatini tartibga solishga qaratilgan milliy qonun hujjatlaridan tashqari, ushbu 
munosabatlarni tartibga solishga xalqaro huquqiy hujjatlar ham bugungi kunda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro tashkilotlar bergan ma‘lumotlarga ko‗ra bugungi kunda dunyoda 3,5 
mingdan ziyod erkin iqtisodiy zonalar bo‗lib, ular 140 taga yaqin mamlakatda 
joylashgan. Butun dunyodagi erkin iqtisodiy zonalarda salkam 70 million kishi 
mehnat qiladi. Ularning yillik savdo aylanmasi esa 500 mlrd. dollardan ziyoddir. 
Ayni paytda EIZlarning juda ko‗p turlari bo‗lib, iqtisodiy munosabatlarning 
rivojlanishi hamda globallashuv jarayonining ta‘siri natijasida ular ham miqdor, ham 
sifat jihatidan o‗zgarib va ko‗payib bormoqda. Shu tariqa iqtisodiy tizim va 
dunyodagi yirik investorlar bilan aynan mamlakat iqtisodiyoti uchun samarali 
yo‗sinda, ya‘ni yuqori qo‗shimcha qiymat yaratuvchi ishlab chiqarish sohalarida 
to‗laqonli hamkorlik qila oladigan holga keltirildi. Shunday qilib erkin iqtisodiy zona 
deganda muayyan mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat 
va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish 
maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma‘muriy chegaralari va alohida huquqiy 
tartiboti bo‗lgan maxsus ajratilgan hududdir.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ular faoliyatining huquqiy asoslarini 
shakllantirishga 
qaratilgan 
chora-tadbirlarning 
ishlab 
chiqilayotganligi 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandlik darajasini yanada 
oshirishning muhim omili sifatida jahon standartlariga javob beradigan va dunyo 
bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni, 
birinchi galda to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni jalb etish bo‗yicha qulay shart-
sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zonalarni 
rivojlantirish va bu boradagi huquqiy asoslar mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada 
rivojlantirishda va uning samaradorligini oshirishda, jahon bozoriga tobora 
integratsiyalashuviga, to‗g‗ridan – to‗g‗ri investitsiyalarni rag‗batlantirishning o‗ziga 
xos va betakror mexanizmini joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. ―Navoiy‖ 
erkin sanoat-iqtisodiy hududi (―Navoiy‖ ESIH) 2008-2009 yillarda Navoiy 


124 
shahrining endigina modernizatsiya qilingan halqaro aeroporti qoshida tashkil 
qilingan edi. O‗sha paytlarda ko‗pchilik nashrlarda ―Navoiy‖ ESIH tashkil etilishi 
mamlakat hukumatining tanazzulga qarshi siyosati choralaridan biri sifatida 
baholandi. Navoiy viloyati mamlakatdagi ilk ESIH sifatida tanlab olinganligining 
sabablari quyidagilar bo‗lishi mumkin:
1. Rivojlangan transport infrastrukturasi: gap shundaki, Navoiy shahri Xitoy va 
Yevropa o‗rtasidagi muhim savdo yo‗llarining chorrahasida joylashgan;
2. Qayta ta‘mirlangan Navoiy shahri aeroporti yuk samolyotlarini qabul qilish 
imkoniyatiga ega;
3. Keng xom-ashyo salohiyati;
4. Juda qulay hududiy joylashuv: shahar O‗zbekiston Respublikasining 
geografik jihatdan qoq o‗rtasida joylashgan, ya‘ni qo‗shni mamlakatlar 
hududlarigacha deyarli bir xil masofa mavjud.
Loyihani amalga oshirishga Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Birlashgan 
Arab Amirliklari, Turkiya va Singapur kabi mamlaktlarning yetakchi kompaniyalari 
birlamchi sarmoyadorlar sifatida ishtirok etishgan. 2009 yilning yanvarida shahar 
aeroporti Korean Air aviakompaniyasiga boshqaruviga bu yerda halqaro intermodal 
logistika markazi tashkil qilish uchun berildi. EIH/ESIH tashkil etish mamlakatning 
iqtisodiy va sanoat salohiyatini to‗ldirishga imkon beradi. Shunday qilib, EIH tashkil 
qilayotgan mamlakatimiz birqator afzalliklarga ega bo‗ladi. Ya‘ni natijada 
O‗zbekiston sifatli raqobatbardosh mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish, byudjetning 
to‗ldirilishi, kadrlarning malakasining oshishi, yangi texnologiyalardan foydalanish 
imkoniyati, transport infrastrukturasining rivojlanishi kabi afzalliklarga ega bo‗ldi.
O‗zbekiston o‗zining taraqqiyoti mobaynida iqtisodiy rivojlanish, investitsion 
siyosat, aholi farovonligining oshishi, yalpi ichki mahsulotning ortishi, aholi 
bandiligini ta‘minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, valyuta barqarorligi va 
boshqa bir qator ko‗rsatkichlar bo‗yicha salmoqli natijalarni qo‗lga kiritdi. Qisqa davr 
mobaynida O‗zbekiston tomonidan qo‗lga kiritilgan bunday yutuqlar dunyoning 
ko‗plab davlatlari va yirik moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar tomonidan alohida e‘tirof 
etilmoqda. 


125 
Bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyot va biznesni harakatga keltiruvchi muhim 
omillardan biri bo‗lgan Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish masalasi 
respublikamiz oldida turgan muhim masalalardandir. Xususan, Navoiy erkin iqtisodiy 
hududi bugungi kunda mamlakatimizga kirib kelayotgan investitsiyalar hajmi 
bo‗yicha qisqa vaqtlarda yuqori ko‗rsatkichlarga erishib kelmoqda. Bugungi kunda 
esa bunday hududlar boj to‗lanmaydigan, shuningdek, boshqa iqtisodiy va tashkiliy 
tartibga solinganligi tufayli ishlab chiqarish va savdo rag‗batlantiriladigan, tashqi 
iqtisodiy faoliyat mohirona olib boriladigan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 
bo‗yicha katta imkoniyatlar taqdim qiladigan o‗ziga xos hudud sifatida namoyon 
bo‗lmoqda. O‗zbekiston ham bu boradagi imkoniyatlarni, xalqaro tajribani chuqur 
o‗rgangan holda, iqtisodiy rivojlanish sari tobora chuqur odimlab borayotganligini 
ko‗rib turibmiz. Shu nuqtai nazardan ham quyidagi masalalarga alohida ahamiyat 
qaratish bugungi kunning muhim masalalardan hisoblanadi: 
- global iqtisodiy tizimning rivojlanishi va ushbu jarayonlarda erkin iqtisodiy 
hududlarning o‗rni va rolini tadqiq qilishga bo‗lgan ehtiyojning ortib borayotganligi; 
- erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning asosiy shakllari va tamoyillariga 
doir ilmiy qarashlarni tahlil qilishga bo‗lgan zaruratning ortib borayotganligi; 
- sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi jarayonidagi 
tajribalarida Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanishining va ularning namoyon bo‗lish 
shakllarini ilmiy jihatdan tadqiq qilishning ahamiyati ortib borayotganligi; 
- bugungi kunda taraqqiyotda tobora yuksak marralarni zabt etayotgan Janubiy-
Sharqiy Osiyo mamlakatlarining Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish borasidagi 
bosib o‗tgan yo‗llarini ilmiy tadqiq qilishning zarurati; 
- iqtisodiy rivojlanish borasida dunyoda tobora o‗z o‗rniga ega bo‗lib 
borayotgan mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish istiqbollarini 
tadqiq qilishning ahamiyati yuqoriligi; 
- Navoiy erkin industrial iqtisodiy hududining tashkil qilinishi hamda uning 
O‗zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatidagi o‗rni masalalarini tadqiq qilish muhim 
vazifalardan biridir. 


126 
Shakllanish va rivojlanish jihatdan o‗tgan asrning ikkinchi yarmida jahon 
miqyosida tobora kengayib borgan, iqtisodiy va savdo instituti hisoblangan Erkin 
iqtisodiy hududlar bugungi kunda taraqqiyot borasida o‗zining nihoyatda yuqori 
cho‗qqisiga erishganligiga amin bo‗ldik. Erkin iqtisodiy hududlarga rivojlangan 
mamlakatlar tomonidan eksportga mo‗ljallangan ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi, 
ilg‗or texnologiyalarni joriy etish hamda xorijiy kapitalni jalb qilish imkonini 
beradigan yangi iqtisodiy rivojlanish mexanizmi sifatida qaraladi. Mamlakatning 
iqtisodiy salohiyatini oshirish va qulay investitsion muhitni yaratishning boshqa 
vositalari bilan bir qatorda xorijiy mamlakatlarda turli erkin iqtisodiy hududlarni 
shakllantirish metodi qo‗llaniladi. Erkin iqtisodiy zonalar odatda ikki turga ajratiladi: 
1) tovarlar va mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni sotish bilan bog‗liq bo‗lgan 
sanoat-ishlab chiqarishga yo‗naltirish;
2) yuqori texnologiyalarni o‗zlashtirishga qaratilgan, texnik joriy qilishga 
yo‗naltirilgan hududlar bo‗lib, asosan, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ishlab 
chiqarish va uni sanoatga tatbiq qilishga asoslangan iqtisodiy hududlar. 
Bunday hududlarda asosiy sub‘ekt sifatida ishtirok etadigan rezidentlar ham 
faoliyat yuritadilar va ularning asosiy vazifasi ushbu hududlarda tadbirkorlik 
faoliyatini olib borish va undan foyda olishga qaratilgan bo‗ladi. Quyida Erkin 
iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari keltirib o‗tilgan: 
- iqtisodiyotga ilg‗or texnologiyalarni jalb qilish; 
- eksportni rag‗batlantirish va shu orqali valyuta tushumini ta‘minlash va 
oshirish; 
- aholining bandligini ta‘minlash; 
- zamonaviy infrastrukturani shakllantirish va rivojlantirish; 
- taraqqiyotdan ortda qolayotgan hududlarda ham texnik-texnologik 
rivojlanishni jadallashtirish; 
- boshqaruv va zamonaviy xalqaro tadbirkorlik sohasidagi ilg‗or xalqaro 
tajribaga ega bo‗lish; 
- hududlarni xo‗jalik yuritishning yangi usullarini sinov maydoniga, milliy 
xo‗jalik rivojlanishining qutbiga aylantirish. 


127 
Koreya va Xitoyda erkin iqtisodiy hudulardan unumli foydalanilishi oqibati 
o‗tgan asrning 80-90 yillarida ushbu davlatlar iqtisodi katta yutuqlarga erishdi. 
Natijada Xitoy YAIM hajmi bo‗yicha dunyoda ikkinchi (AQShdan keyin) o‗ringa 
chiqib oldi. Koreya esa iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida, ya‘ni sanoat, 
mashinasozlik, kemasozlik va elektronikada dunyoda yetakchi mamlakatlarning 
biriga aylandi. Bu ko‗rsatkichlarga erishish uchun Koreya va Xitoyda tashkil etilgan 
erkin iqtisodiy hududlarning roli katta ahamiyatga ega bo‗ldi. Shu bois ham hozirgi 
sharoitda erkin iqtisodiy zonalarni yanada rivojlantirishda quyidagi tadbirlarni 
amalga oshirish muhim bo‗lib hisoblanadi: 
- infratuzilmani rivojlantirish va ―Navoiy‖ erkin iqtisodiy industrial hududining 
raqobatbardoshlik ustunliklarini oshirishda uning boshqa kompleks ob‘ektlari, 
Navoiy shahri va viloyatidagi infratuzilma inshootlari bilan o‗zaro bog‗liq ravishda 
rivojlantirish; 
- menedjment va sifat ustidan nazorat hamda xalqaro standartlarga muvofiq 
infratuzilma va ishlab chiqarish omillarini doimiy rivojlantirish, yangilash va 
kengaytirish; 
- yashash uchun muhim ijtimoiy shart-sharoitlarni ta‘minlash va rivojlantirish; 
- yuqori malakali kadrlar va o‗rta darajadagi texnika yo‗nalishidagi 
mutaxassislarni uzluksiz ravishda tayyorlash. 
- investitsiyalarni jalb qilish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirishda 
esa sanoatning asosiy tarmoqlarida samarali loyihalar sonini ko‗paytirish orqali 
xorijiy investitsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirish; 
- jalb qilinayotgan investitsiyalar va amalga oshirilayotgan loyihalarning sifat 
ko‗rsatkichlarini yaxshilash (yuqori texnologiyalar, eksport yo‗naltirilgan, ishga 
yollash sifati va darajasini oshirish va boshqalar); 
- jalb qilinayotgan investitsiyalarni mutanosib va maqsadli rivojlantirish; 
- EIZga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini jalb qilish maqsadida 
ular uchun qulay investitsion muhit va huquqiy baza yaratish eng ustuvor 
maqsadlarimizdan biri hisoblanadi. 


128 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling