Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamuriy imtyozlar
- Tashqi savdo imtyozlari.
Moliyaviy imtiyozlar
Subsidiya va imtiyozli kreditlar berish. Arzon bahoda kommunal xizmatlar ko‗rsatish. Uchastkalar va ishlab chiqarish ulardan arzon ijara haqi. Soliq imtyozlari 20 yilgacha daromad solig‗I to‗lashdan ozod qilish. qayta investitsiyalanuvchi foydaga soliq solmaslik. Xorijiy xodimlarni daromad solig‗idan ozod qilish. Soliq tatillari. Jadallashtirilgan amortizatsiya. Mamuriy imtyozlar Investorlarini infratizim vositalari bilan taminlash. qulay sharoit bilan ijaraga berish. Ro‗yxatdan o‗tkazish va bojxona muolajalarini soddalashtirish. Xorijiy fuqarolarni kelib ketishini osonlashtirish. Tashqi savdo imtyozlari. Eksport-import bojlarini kamaytirish yoki bekor qilish. 131 Erkin iqtisodiy zonalardan tovarlar eksportini kvotalar va litsenziyalardan ozod qilish. Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish tartibini soddalashtirish. § 6.3. O„zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari Hozirda mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e‘tiborga loyiq. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, shu orqali jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishga erishish xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni jalb qilish bo‗yicha qulay shart-sharoitlar yaratishni talab etadi. Albatta, bunday dolzarb vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy zonalar muhim ahamiyatga ega. Ta‘kidlash joizki, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish mamlakat ichki bozoridagi iqtisodiy jarayonlarni faollashtirishga yo‗naltirilgan chet el sarmoyasini jalb qilish bilan birga: – innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‗or texnologiyalarni joriy qilish, eksport, shuningdek, transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish; – sanoat mahsulotlari eksportini qo‗llab-quvvatlash va valyuta tushumini ko‗paytirish, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‗zlashtirish, to‗liq siklda mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat (eksport) zonalarini tashkil etish; – mahalliy mahsulot va xizmatlarning ichki va tashqi bozorlarda xalqaro sifat, sertifikatlashtirish, qadoqlash talablarini joriy etish orqali raqobatdoshligini oshirish; – xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo‗shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish; – yangi ish joylarini barpo etish, malakali ishchi-muhandislar, xo‗jalik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish kabi bir qator muhim masalalarni hal qilish imkonini beradi. 132 Erkin iqtisodiy zona – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma‘muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‗lgan maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy zonalar, erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuzilishi mumkin. Erkin iqtisodiy zonalar mamlakatni xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga yanada chuqurroq jalb qilish, ya‘ni eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‗paytirish hamda shu orqali valyuta tushumini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalar mamlakat ichki bozorlarini import o‗rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ta‘minlash hamda shu hududda chet el sarmoyasi yordamida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning muhim maqsadi ma‘lum hudud yoki ishlab chiqarish sohasini iqtisodiy rivojlantirishni rag‗batlantirish, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida erkin iqtisodiy zonalardan iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hududiy uslubi sifatida foydalanishdir. Xalqaro tajriba shuni ko‗rsatmoqdaki, bugun erkin iqtisodiy zonalardan nafaqat sarmoyalarni jalb qilish, balki hududiy iqtisodiy siyosat vositasi sifatida ham foydalanilmoqda. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar ―Erkin iqtisodiy zonalar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Oliy Majlis Senatining o‗n to‗qqizinchi yalpi majlisida ma‘qullangan ―Erkin iqtisodiy zonalar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi Qonun bilan esa amaldagi qonunning erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tartibi, ularning turlari, mazkur zonalar ishtirokchilariga qo‗shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish mexanizmi, erkin zonalar hududida amalga oshiriladigan faoliyat turlariga tegishli o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritildi 44 . 44 ―Эркин иқтисодий зоналар тўғрисида‖ги Ўзбекистон Республикасининг қонуни. Тошкент ш., 1996 йил 25 апрель, 220-I-сон. 133 Mazkur qonun, mohiyat e‘tiboriga ko‗ra, mamlakatimizning dunyo bozoriga integratsiyalashuvida muhim hujjat bo‗lib, uning ―Erkin iqtisodiy zonani tuzish‖ deb nomlangan 3-moddasiga erkin iqtisodiy zona O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etilishi, erkin iqtisodiy zonaning maqomi, shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur zonani tashkil etish to‗g‗risidagi qaror bilan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning faoliyat ko‗rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida uch yil oldin Prezident qarori bilan amalga oshirilishi kiritildi. 4-moddada esa erkin iqtisodiy zonaning maqomi uni tashkil qilish to‗g‗risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganda, uni tashkil etish to‗g‗risidagi qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilmaganda tugatilishi belgilandi. Shu bois, qonunning 7-moddasida erkin industrial-iqtisodiy zona ham erkin ishlab chiqarish zonalari turlaridan biri sifatida belgilandi. Amaldagi qonunchilikni iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi tajribasi bilan muvofiqlashtirish maqsadida qonunning ―Erkin iqtisodiy zonaning byudjeti‖ nomli 17-moddasiga ham tegishli o‗zgartishlar kiritildi. Unga ko‗ra, erkin iqtisodiy zonaning byudjeti erkin iqtisodiy zonaning Ma‘muriy kengashi boshqaruvi va foydalanuvida bo‗lgan yer, bino va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar ko‗rsatishdan keladigan tushumlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantirilishi belgilandi. Erkin iqtisodiy zona hududiga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarning kirishi, undan chiqishi va shu hududda bo‗lishining O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan soddalashtirilgan tartibi o‗rnatilganini inobatga olib, qonunning 18-moddasiga erkin iqtisodiy zona hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarning kirish, chiqish va shu hududda bo‗lishining soddalashtirilgan tartibi qonun hujjatlarida belgilanishi qayd etildi. Yuqoridagi Farmonga muvofiq, ―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tezkor boshqarish Direksiya tomonidan amalga oshirilishi belgilangani bois, qonunning 20-moddasiga ham tegishli o‗zgartishlar kiritildi. Bu erkin industrial- iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish davlat organlari vakillaridan tashkil etiladigan va shaxsiy tarkibini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Ma‘muriy kengash 134 tomonidan amalga oshirilishi belgilangani haqidagi norma bo‗lib, qonunda erkin iqtisodiy zonaning Ma‘muriy kengashi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilishi belgilab qo‗yildi. Shuningdek, mazkur Farmonda belgilangan erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‗rsatish tajribasi talablariga qonunning ―Erkin iqtisodiy zona hududida xo‗jalik faoliyati qatnashchilarini ro‗yxatdan o‗tkazish‖ nomli 25-moddasi qoidalarini muvofiqlashtirish hamda qonunchilik hujjatlarini bir xil talqin qilishni ta‘minlash maqsadida mazkur moddaga ham bir qator aniqliklar kiritilganini ta‘kidlash joiz. Mamlakatimizda ushbu maqsadlarga erishish, shuningdek, erkin iqtisodiy zonalar faoliyatidagi xalqaro tajribalar afzalliklarini iqtisodiy tuzilmaga joriy qilish maqsadida Prezidentning 2008 yil 2 dekabrdagi ―Navoiy viloyatida erkin industrial- iqtisodiy zona tashkil qilish to‗g‗risida‖gi Farmoniga asosan ―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Prezident farmoniga ko‗ra, erkin industrial- iqtisodiy zonaning faoliyat ko‗rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi, bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat boshqaruvi funksiyasini amalga oshirish, shuningdek, tezkor boshqarish maqsadida Ma‘muriy kengash va erkin industrial-iqtisodiy zona direksiyasi tashkil etilgan. ―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi 2008 yil dekabrdagi Prezident farmoniga asosan tashkil qilindi va faoliyat muddati 30 yil qilib belgilangan, biroq, bu muddatni uzaytirish imkoniyati saqlab qolingan. ―Navoiy‖ erkin industrial- iqtisodiy zona 564 ming gektar maydonga joylashgan bo‗lib, ushbu davr mobaynida bu yerda imtiyozli bojxona, soliq va valyuta tartibi amal qiladi, kirish-chiqish va u yerda turish qoidalari soddalashtirilgan tartibda yuritiladi. Shu bilan birga, eng kam sarmoya 3 mln. Yevroni tashkil etsa, soliq imtiyozi qo‗llanilishi belgilangan. Bundan tashqari, ―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida alohida huquqiy rejim belgilangani, shuningdek, uning ishtirokchilariga xo‗jalik faoliyatini amalga oshirish chog‗ida beriladigan imtiyoz va preferensiyalarning aniq ro‗yxati ko‗rsatilgani inobatga olinib, amaldagi qonunga erkin iqtisodiy zona tashkil etish to‗g‗risidagi qarorda qo‗shimcha kafolat va imtiyozlar ko‗rsatilishi mumkinligi kiritildi. 135 Erkin iqtisodiy zonaning boshqa turlaridan farqli o‗laroq, bu hududda alohida imtiyozli bojxona, valyuta va soliq rejimlari davlat tomonidan ta‘minlanadi. Eng muhimi, uning hududidagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining asosiy yo‗nalishi zamonaviy, xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar hamda modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‗lamda ishlab chiqarishdan iborat. Tashqi bozorlarda talab katta bo‗lgan, yuqori qo‗shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan mineral-xom ashyo va qishloq xo‗jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo‗yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg‗ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o‗rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi ―Urgut‖, ―G‗ijduvon‖, ―Qo‗qon‖ va ―Hazorasp‖ erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‗g‗risida‖gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 maydagi PF-5032-sonli Farmoniga asosan, Qoraqalpog‗iston Respublikasida ―Nukus- farm‖, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida ―Zomin-farm‖, ―Kosonsoy-farm‖, ―Sirdaryo-farm‖, ―Boysunfarm‖, ―Bo‗stonliq- farm‖ va ―Parkent-farm‖ erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etildi. 2008 yilda 1 ta, 2012-2013 yillarda 2 ta, so‗nggi ikki yil mobaynida esa 18 ta yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi (6.1 - jadval). Shunisi ahamiyatliki, ular yordamida turli hududlarda muayyan bir faoliyatni yanada rivojlantirish, itisodiyot tarmoqlariga xorijiy investorlarni yanada ko‗proq jalb etish imkoni tug‗ildi. O‗zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarlarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun zaruriy qonunchilik asoslari, soliq va bojxona imtiyozlari va turli preferensiyalar tizimi shakllantirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling