Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 6.4. O„zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarga jalb etiluvchi


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 6.4. O„zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarga jalb etiluvchi 
investitsiyalarning asosiy yo„nalishlari va samaralari 
Mamlakatimizni 
2017-2021 
yillarda 
rivojlantirishning 
Harakatlar 
strategiyasida viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy – 
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal 
foydalanish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan. O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvory o‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining 
kengaytirilgan majlisidagi ―Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak‖ 
ma‘ruzasida aynan, ―...iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek
mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish bo‗yicha qaysi eng muhim ko‗rsatkichlarni 
joriy yil birinchi choragi va birinchi yarim yilligida bajarish uchun nima qilish 
kerak?‖ ta‘kidlab o‗tganlar
45
. Dolzarb masalalardan biri sifatida e‘tirof etish joizki, 
45
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-
иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим 
устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маърузаси. «Халқ 
сўзи» Г.// 16.01.2017 й.


138 
bugungi kunda viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal 
foydalanish hisobiga hududlarni barqaror rivojlantirishga erishish, aholi bandligini 
ustuvor ta‘minlashga erishish, barcha mavjud resurslar salohiyatidan oqilona 
foydalanishni ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizning hududiy tarkibiga kirgan har bir viloyat, tumanlar ma‘lum 
ob‘ektiv qonuniyatlar asosida tashkil etilgan bo‗lib, geografik va hududiy joylashuvi, 
iqtisodiyotining tarkibi, sanoat va qishloq xo‗jaligining rivojlanganlik darajasi, 
hududlarning demografik holati va aholining joylashuvi, shuningdek, iqlimi, suv va 
tabiiy resurslar salohiyatiga egaligi bilan bir-biridan farq qiladi. Farg‗ona, Andijon, 
Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida foydali qazilma mineral xom ashyo 
resurslari juda kam, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro 
viloyatlarida hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi foydali qazilma mineral xom 
ashyo resurslarga boy, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ushbu resurslar mavjud 
hududlar qatoriga kiradi. Mamlakatimiz yoqilg‗i energetik salohiyatida esa Navoiy, 
Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarining salohiyati yuqori. Yurtimiz aholisi 
ham viloyatlar bo‗yicha notekis joylashgan. Masalan, Andijon viloyatida 1 km2 ga 
to‗g‗ri keladagan aholi soni 665 kishini, Navoiy viloyatida esa 8,2 kishini tashkil 
etadi. Viloyatlar va tumanlarning yer-suv resurslari, iqlim sharoitlari ham kam 
bo‗lsada farqlanadi. Yer-suv resurslarining sifatida ham jiddiy tafovutlar mavjud.
Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida tabiat bilan bog‗liq ekologik 
turizmni rivojlantirish uchun juda qulay imkoniyatlar mavjud. Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Shahrisabz, Qo‗qon kabi jahon biladigan turistik shaharlar mavjud. Turizm 
sohasida deyarli barcha viloyat va tumanlarda imkoniyatlar mavjud, ammo yuqorida 
sanab o‗tilgan hududlarda absolyut va nisbiy ustunliklar ko‗proq sanaladi. Yana bir 
jiddiy farq hududlarda iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va insonlar uchun 
yashashi uchun zarur ne‘matlar bilan ta‘minlash imkoniyatlarida o‗z aksini topadi. 
Ana shunday murakkab holat sharoitida barcha viloyat va tumanlarni barqaror va 
jadal rivojlantirish, ular o‗rtasidagi tafovutlarni juda kattalashib ketishiga yo‗l 
qo‗ymaslik O‗zbekistonRespublikasi rahbariyatining jiddiy e‘tibor berayotgan 


139 
masalalari qatoriga kiradi. Olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasiga 
ko‗ra hududlarning rivojlanishida, ularning iqtisodiyotining tarkibida jiddiy farqlar 
mavjud.
2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 
649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‗yobga chiqarish 
rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 
baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta 
ishlash tarmog‗i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi
46
. Yuqoridagilardan ko‗rinib 
turibdiki,bugungi kunda viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularda mavjud salohiyatdan samarali va optimal 
foydalanish hisobidan hududlarni barqaror rivojlantirishga erishish, aholi bandligini 
ustuvor ta‘minlashga erishish, barcha mavjud resurslar salohiyatidan oqilona 
foydalanishni ta‘minlash dolzarb masalalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb 
etmoqda.
Mamlakatning barcha viloyat va tumanlaridagi mavjud imkoniyatlarni chuqur 
o‗rganish, iqtisodiyotini ilmiy, amaliy tahlil etish asosida viloyat va 
tumanlarda,chekka qishloqlarda ham sanoat, qishloq xo‗jaligi, xizmat ko‗rsatish 
sohalarini keng rivojlantirish ko‗zda tutilmoqda. Bu jarayoning asosiy maqsadlaridan 
bir yurtimizning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan insonlar uchun shart-
sharoitlar yaratish hisoblanadi. Mamlakatning barqaror rivojlanishi ta‘minlab 
berayotgan hududiy iqtisodiyot tarmoqlari muhim hisoblanadi. Bu tarmoqlar 
mamlakat aholisining sanoat, qishloq xo‗jaligi, oziq-ovqatvaboshqa turdagi 
mahsulotlarigabo‗lgan ehtiyojini ta‘minlashda, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini esa 
xomashyoga bo‗lgan talabini qondirishda katta ahamiyatgaega. Shuni mamnuniyat 
bilan qayd etish joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz poytaxti hisoblangan 
Toshkent shahri bevosita iqtisodiyotning barcha sohalarida ijobiy o‗sish 
tendensiyasiga erishib kelmoqda. Innovatsion tadqiqotlar o‗tkazish, ichki va tashqi 
bozorda talabgir yuqori texnologiyali, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish 
46
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. «Халқ сўзи» Г.// 08.02.2017 й. №28 (6722). 


140 
uchun yetakchi sanoat va kichik innovatsion korxonalar tashkil etish ularning asosiy 
vazifalari sirasiga kiradi. Bundan tashqari, ular zamonaviy xorij texnologiyalarini 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga joriy etish, ushbu maqsad uchun yuqori texnologik 
va innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etishga qodir mahalliy va xorijiy 
investorlarni jalb etish bilan ham shug‗ullanadi
47
.
Texnoparklar 
zimmasiga 
ilmiy 
tadqiqot 
va 
innovatsion 
loyihalar 
samaradorligini oshirish uchun oliy ta‘lim muassasalari, akademik fanlar va ishlab 
chiqaruvchilar o‗rtasida o‗zaro uzviy aloqani yo‗lga qo‗yish, ushbu maqsadda 
olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, amaliyotchilar hamda talabalarni jalb etish 
vazifasi ham yuklatilgan. Texnopark qatnashchilari yer solig‗i, daromad solig‗i, 
yuridik shaxslarning mulk solig‗i, ijtimoiy infrastrukturani obodonlashtirish va 
rivojlantirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‗lovi hamda 
davlat maqsadli jamg‗armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi.
Innovatsion texnoparklar xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sub‘ektlari 
faoliyati rivojida ahamiyatli tomoni shundaki, aynan ushbu soha vakillari tomonidan 
yangi fikrlar tashabbusi natijasida innovatsion ishlanmalarni joriy etish orqali ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni 
diversifikatsiya qilishda ustuvor ahamiyatga ega. 2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-
sonli ―Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni bevosita hududlarda xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real 
sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida 
erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona 
imtiyozlari, preferensiyalarni bir xillashtirishga to‗rtki bo‗ldi
48
.
Xulosa qilib aytganda, O‗zbekiston Respublikasi hududlarni kompleks va 
mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, ularning mavjud salohiyatidan samarali 
va optimal foydalanish, hududlarda aholining o‗zgarib borayotgan ehtiyojlarini 
47
www. sputnik.uz-сайти маълумотлари. 2017 йил 17 январ. 
48
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Эркин иқтисодий зоналар фаолиятини фаоллаштириш ва 
кенгайтиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида‖ ги Фармони. 26.10. 2016 йил. ПФ-4853-сон.


141 
to‗laroq qondirishga erishishga, hududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy 
innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etishga, hududiy 
raqobatdosh va xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahsulotlar ishlab 
chiqarishga, hududlarda ishlab chiqarishni ixtisoslashuvini to‗g‗ri tashkil etish va 
ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga o‗tishga, hududlarning tabiiy resurs 
salohiyatidan oqilona foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga, hududlardagi 
mavjud mineral-xomashyo resurslari imkoniyatlarini to‗g‗ri baholash va qazib olish 
hamda qayta ishlash borasida tejamkor texnologiyalarni joriy qilishga, hududlarda 
kichik sanoat zonalarini tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish va ishlab 
chiqarishning to‗liq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini 
shakllantirishga xizmat qiladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling