Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Portfel investitsiyalar - bu kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli qog‗ozlariga 
(korxona ustav kapitalining 10 foizdan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib 
ketish bo‗lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini 
bermaydi
59
. Ushbu turdagi tadbirkorlik kapitalini olib chiqib ketishning o‗ziga xos 
belgilari 7.1 – jadvalda yaqqol namoyish etilgan. 
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfelli nvestitsiyalar 
ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikkita holat bilan izohlanadi: 
- jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi; 
- portfel investitsiyalarning yuqori likvidliligi bilan bog‗liq afzalliklar. 
 
57
Ливенцев Н. Н, Костюнина Г. М. Международноедвижение капитала (Инвестиционная политика зарубежных 
стран): учебник. - М.: Экономист, 2004. С. 33; World Investm ent Report 2014: 
58
Investing in the SDGs: An Action Plan. New York and G eneva, 2014. P. 9.
59
Швандар К. В. Прямые иностранные инвестиции в странах BRIC. //Банковское дело, №02, 2008.С. 46-47. 


168 
7.1 - jadval 
To„g„ridan-to„g„ri va portfel investitsiyalar o„rtasidagi o„ziga xos farqlar 
 
Belgilar 
Belgilar to„g„ridan-to„g„ri xorijiy 
investitsiyalar 
Portfel investitsiyalar 
Olib chiqishning 
asosiy maqsadi 
Xorijiy firmani nazorat qilish 
Yuqori foyda olish 
Maqsadga erishish 
yo‗llari 
Xorijda ishlab chiqarishni tashkil qilish va 
yuritish 
Xorijiy qimmatli qog‗ozlarni 
sotib olish 
Maqsadga erishish 
usullari 
a) xorijiy firmaga to‗lliq egalik qilish 
Xorijiy 
firma 
aksiyadorlik 
kapitalinin kamida 25 foizini 
sotib olish (AQSH, Yaponiya 
va Germaniyada -10%) 
b) aksiyalar nazorat paketini sotib olish 
(XVF 
ustaviga 
ko‗ra 
kompaniya 
aksiyadorlik kapitalinin 25 foizidan kam 
bo‗lmasligi kerak) 
Daromad shakllari 
Tadbirkorlik foydasi, dividendlar 
Dividendlar, foizlar 
Portfel investitsiyalar ancha yuqori likvidlilikka ega bo‗lib, harakatchan 
hisoblanadi. Ularni riskli zonadan boylik orttirish yengilroq boygan muhitga 
ko‗chirish qiyin emas. Portfel investitsiyalar ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish va 
professional bilimlarni oshirish uchun katta mehnat talab etmaydi
60
. Kapitalni olib 
chiqishning tadbirkorlik shakli ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita aloqadorligi 
tufayli ko‗pincha ―ikkinchi iqtisodiyot‖ deb ataladi. Boshqa shakl ssuda kapitalining 
harakati milliy ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita aloqaga ega bo‗lmasdan qabul 
qiluvchi mamlakatdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga bilvosita tarzda ta‘sir qilishi 
mumkin
61
. Demak, kapitalning har bir guruhi yana quyi guruhlarga ajralib ketadi va 
ularni shartli ravishda eksport va import, deb hisoblash mumkin (7.2-jadval).
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta‘sirida 2008-yilda 2007-yilga nisbatan 
TTXIni jalb etish va chetga chiqarish hajmi jahon bo‗yicha tegishlicha 14,2 va 3,1 
foizga qisqargan. Ushbu ko‗rsatkich rivojlangan mamlakatlarda ham salbiy 
tendensiyaga ega bo‗lib, mutanosib ravishda 29,2 va 16,7 foizni tashkil etgan
62
. Bu 
davrda rivojlanayotgan va o‗tish iqtisodiyoti mamlakatlarida TTXI ni jalb etish va 
olib chiqish hajmi o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lgan. 
60
Мельянцев В. Экономический рост Китая и Индии: динамика, пропорции и последствия. //Мировая 
экономика и международные отношения, №9, 2007. С. 19-20. 
61
Ивасенко А. Г., Никонова Я. И. Иостранные инвестиции. -М.: КНОРУС, 2011. С. 184. 
62
Андрианов А. Ю., Валдайцев С. В., Воробьев П. В. Инвестиции: учебник. - М.: Проспект, 2007. С.563. 


169 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling