Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Rj – investitsion jozibadorlikning absolyut integral darajaviy ko‗rsatkichi j


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Rj – investitsion jozibadorlikning absolyut integral darajaviy ko‗rsatkichi
j – iqtisodiyotning sektori; 
Rkj – iqtisodiyot sektorining investitsion jozibadorlik elementi bo‗yicha integral 
darajaviy ko‗rsatkich;
f
k
 – iqtisodiyot sektorini umumiy baholashda elementlarning mosligi: bu yerda: 
§ 7.5. O„zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 
qaratilgan islohotlardan ko„zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi 
natijalari 
Milliy iqtisodiyotning o‗sish sur‘atlarini jadallashtirishda dolzarb masala 
hisoblangan aholini ish bilan ta‘minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini 
hal etishda ham etakchi o‗rin tutmoqda. Kichik biznesning ixchamligi, bozor 
kon‘yunkturasi o‗zgarishlari va iste‘molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi, 
iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror sharoitda yangi ish o‗rinlarini yaratish va aholi 
daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantirmoqda. Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik o‗zining iqtisodiyotimizdagi o‗ta muhim va salmoqli 
hissasi, roli va ta‘siri boshqa hech bir soha va yo‗nalish o‗rnini bosa olmaydigan katta 
ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o‗rin egallaydi
55
. Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta‘minlash orqali 
mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‗lgan 
o‗rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‗lib borishiga 
erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan 
ko‗paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy 
55
Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – taraqqiѐtimiz-ning muhim 
omilidir‖. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
yig‘ilishdagi ma‘ruzasidan. Xalq so‘zi, 2010 yil 8 dekabr. 


163 
ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo‗naltirilgan murakkab, yuksak 
texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o‗tish masalasiga alohida e‘tibor 
qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta‘lim va ishlab chiqarishning 
integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub‘ektlarining innovatsion rivojlanish yo‗llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va 
ishlab chiqarish o‗rtasida o‗zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo‗lgan e‘tibor 
yildan-yilga oshib bormoqda. Shunday ekan, bunday sharoitda, xususiy tadbirkorlik 
va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilarda 
namoyon bo‗ladi:
- xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta‘minlab, 
ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koorperatsiyani yaratadi, 
bularsiz yuksak samaradorlikni ta‘minlab bo‗lmaydi;
- bozor uchun zarur bo‗lgan raqobatchilik muhitini yaratadi, hamda o‗zgarib 
turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o‗zgartirib olish 
qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi;
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining 
kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish 
imkoniyatlari va b.q.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo‗lishi imkoniyatlarini 
yaratadi:
- izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o‗zlashtirish, ularni 
talabning tez o‗zgarib turish xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab 
chiqarish;
- tezkor texnik servisning ishonchligi va iste‘molchilar bilan mustahkam 
aloqalar o‗rnatish;
- ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni 
bozor talablariga, hamda bozor vaziyatlari o‗zgarishlariga muvofiq olib borish;
- ortiqcha ish kuchini o‗ziga singdirish;
- boshqarishning oddiyligi, katta ma‘muriy apparatning yo‗qligi, qurilish va 
loyiha quvvatlarini o‗zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o‗zini 
oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik;


164 
- xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‗liqroq va 
samaraliroq foydalanish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog‗liq barcha narsalar 
zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzulmasini muhim va tarkibiy qismini 
tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o‗rin ajratilib, ularga davlat tomonidan 
qo‗llab-quvvatlab kelinmoqda.
Kichik biznesni yanada rivojlantirish istiqbollarini quyidagilarda ko‗rish 
mumkin:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyati uchun yanada qulay 
muhit yaratish;
- huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo‗naltirilgan 
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; 
- moliya-xo‗jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini 
keskin kamaytirish, tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning 
moddiy-texnik shart-sharoitlarini ta‘minlash;
- soliq va boshqa to‗lovlar borasida engilliklar yaratish, hisobot topshirish 
tizimini takomillashtirish, kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
- xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish;
- ilg‗or ilm-fan yutuqlariga asoslangan KB va XTni rivojlantirishga keng yo‗l 
ochib berish, imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish;
Qaysi hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida 
ustuvorlikka erishilsa, shu hudud ijtimoiy-iqtisodiy tomondan barqaror rivojlanadi. 
Bu esa, o‗z navbatida, yangi ish joylari yaratish va shu orqali aholini bandligini 
shakllantirish muammosini hal etilishiga erishishni, aholi daromadlarini oshirishni 
hamda turli tarmoq sohalari o‗rtasida o‗zaro manfaatli aloqalarning mustahkamligini 
ta‘minlaydi. Kichik biznesning imkoniyatlaridan samarali foydalanish deganda tabiiy 
va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalanishni tashkil eta olish 
qobiliyati tushuniladi. Kichik biznesda tadbirkorlik g‗oyalari, muammolarning 


165 
echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta‘minlovchi asosiy 
motivatsiya – bu tadbirkorlik sub‘ektlarining o‗z daromadlarini oshirish, ularning 
moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma‘lumot darajasi 
va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o‗rta mulkdorlar qatlamiga 
mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi. 
Har bir iqtisodiy maydonning ichki iqtisodiy salohiyatini ro‗yobga chiqarish, 
undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo‗llash tizimli tarzda 
amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e‘tibor hududdagi muammolarni hal etishda 
kichik biznesning kengroq ishtirokini ta‘minlash imkoniyatini beruvchi ishlab 
chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim. Bunda kichik biznesdan 
hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o‗zgarishlarning manbai sifatida foydalanish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik 
qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida 
o‗tkazilgan iqtisodiy islohatlar o‗z samarasini ko‗rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy 
islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining 
tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish hamda shu 
bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy 
samaradorlik taminlanmoqda. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida ish 
yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. Ishlab 
chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo‗lgan, yuqori 
daromad va foyda olishga erishish yo‗lida tavakkalchilik bilan ish bajaradigan 
tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish 
bajarish va xizmat ko‗rsatish, ish o‗rinlarini yaratish, bandlikni ta‘minlashda eng 
ma‘qul bo‗lgan xo‗jalik yuritish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
qo‗llab quvvatlashning samarali mehanizimlari yaratilgan bo‗lib, ―Tadbirkorlik 
faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari to‗g‗risida‖, ―Raqobat 


166 
to‗g‗risida‖, yangi tahrirdagi ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‗g‗risida‖dagi qonun hujjatlarida taminlab berilgandir.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-308-sonli qarori shaxsiy 
yordamchi, dehqon va fermer xo‗jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil 
amalga oshirib borilishi, aholiga qo‗shimcha er maydonlari berilgani, chorva mollari 
sonining ko‗payishiga, ichki iste‘mol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan 
ta‘minlashga, shuningdek, ―Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‗jaliklarini davlat yo‗li 
bilan qo‗llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta‘minlashda ularning 
rolini 
kuchaytirish 
borasidagi 
chora-tadbirlar 
to‗g‗risida‖gi PF–1737-sonli 
Prezidentning farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori huquqiy shart-
sharoitlar yaratib bermoqda. Aholining kun sayin o‗sib borayotgan moddiy 
ne‘matlarga talab-ehtiyojlarini qondirish birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Ya‘ni, 
oziq-ovqat, sabzavot-poliz, chorva, baliq, parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
ko‗paytirish, bu mahsulotlarni qayta ishlab, ichki bozorni to‗ldirish va 
iste‘molchilarga taklif etish hozirgi kunning va undan keyin ham dolzarb amalga 
oshirib boriladigan ustuvor ahamiyat kasb etadigan chora-tadbirlar majmuini tashkil 
etadi. 
Xalqaro amaliyotda davlat kapitali ko‗proq ssuda shaklida, xususiy va uzoq 
muddatli kapital esa – tadbirkorlik shaklida namoyon bo‗ladi. Kelib chiqish 
manbalariga ko‗ra xalqaro kapital – bu davlat mablag‗lari yoki xususiy kapital 
ko‗rinishida bo‗ladi. Davlat kapitali banklar ichida rasmiy kapital deb ham ataladi. U 
davlat byudjetidan xorijga chiqariladigan yoki u yerdan yo bevosita hukumatlar 
qarori bilan, yoki hukumatlararo tashkilotlar qarori bilan qabul qilinadigan 
mablag‗lardir. Shakllariga ko‗ra – bu davlat qarzlari, ssudalar, grantlar (sovg‗alar), 
yordam ko‗rinishida bo‗lib, ularning xalqaro harakati hukumatlararo kelishuvlar bilan 
belgilanadi. Xalqaro tashkilotlarning kreditlari va boshqa mablag‗lari ham shular 
qatoriga kiradi. Biroq har qanday hollarda ham bu soliq to‗lovchilarning oluvchiga 
turli yo‗lar bilan yetib boradigan pullari hisoblanadi
56
. Xalqaro kapital 
56
Киреев А. П. Международная экономика. В 2 ч. Ч. I. Международная микроэкономика: движениетоваров и 
факторов производства. Учебное пособие для вузов. - М.: М еждународное отношения, 2000. С. 301. 


167 
migratsiyasining shakllari tadbirkorlik va ssuda kapitali ko‗rinishida bo‗ladi. 
Kapitalning tadbirkorlik shaklidagi migratsiyasi uchun quyidagi uchta majburiy 
belgilar xos bo‗ladi: 
- xorijda ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish yoki unda ishtirok etish; 
- xorijiy kapital qo‗yilmalarining uzoq muddatliligi; 
- xorijiy korxonaga yoki uning bir qismiga mulkchilik huquqiga ega bo‗lish
57

Yuqorida qayd etib o‗tilgan xususiyatlar va ishtirok etish maqsadlarining 
qanchalik amalga oshishiga bog‗liq holda tadbirkorlik kapitalini chetga chiqarishning 
ikki turi ajratiladi: to‗g‗ridan to‗g‗ri va portfel investitsiyalar (PI). TTXI – bu xorijiy 
kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo‗lib, investor tashkil qilayotgan firma 
aksiyalari yoki aksioner kapitaliga to‗la ega bo‗lish yoki kamida 10 foiz xo‗jalik 
faoliyatining ta‘sirchan nazorat qilinishini ta‘minlaydi
58

To‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalash shakllari va usullariga tegishli 
turlicha talqinlarning berilishi jiddiy muammolarni keltirib chiqardi (masalan, 
NAFTA va ASEAN ta‘riflari shular jumlasidandir) va amaliy muammolarni hal 
qilishda qator variantlar-opsiyalarning vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. Bu xalqaro 
investitsiyalash masalalari bo‗yicha muzokaralardagi, iqtisodiy diplomatiyadagi 
munozarali muammolardan biridir.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling