Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini)
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
8.1-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini)
baholashning BERI indeksi BERI INDEKSI xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorli- gini (maftunkorligini) baholash Xorijiy investitsiyalar va foydaga munosabati (6 %) Siyosiy barqarorlik (12 %) Milliychilik imkoniyati: eksproporsiyadan reze- dentlar uchun afzallikkacha (6 %) Devalvatsiya (6 %) Iqtisodiy o‗sish sur‘atlari (10 %) Valyuta ayirboshlanishi (10 %) Shartnomalarni bajarish imkoniyati (6 %) Ekspertlar xizmatlari- dan foydalanish imkoniyatlari (2 %) Transport va aloqaning tashkil etilganligi (4 %) Uzoq muddatli kreditlash imkoniyatlari va xorijiy investorlarning sarmoyaga o‗z ulushini kiritish shartlari (8 %) To‗lov balansi holati (6 %) Byurokratik tadbirlar– davlat boshqaruvi darajasi (4 %) Ish haqi va mehnat samaradorligiga harajatlar (8 %) Qisqa muddatli kreditlash imkoniyatlari (8 %) Mahalliy boshqaruv va sherikchilik (4 %) 178 – davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04); – qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08); – uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08). Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obro‗ qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo‗yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi. Hozirda bu xizmat ko‗rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko‗rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega bo‗lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta‘siri ham hisobga olinadi. Bu tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan o‗zgarishlarni ham baholaydi. Bir vaqtning o‗zida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo‗yicha investitsiyalar taqsimotining to‗g‗ri yo‗nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qo‗yilgan mablag‗larning kelgusi yilda YAIMning o‗sishiga ta‘sirini aniqlashga imkon beradi va YAIMda investitsiyalar salmog‗ining keyingi yildagi YAIMning qo‗shimcha o‗sish sur‘atiga nisbatini ifodalaydi. ICOR koeffitsiyenti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab beruvchi ko‗rsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik bo‗lsa, shunchalik ahamiyatli hisoblanadi va aksincha 74 . Investitsiyalar iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash bilan birga kelgusida investitsiyalash manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli yalpi investitsiyalarning YAIMga nisbatan ulushi YAIMning o‗sish sur‘atidan 4-8 marotaba ko‗p bo‗lishi lozim. Umuman yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga 74 Siddiqov A. Sanoat ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan investitsiya mablag‗lari samaradorligi. // «Bozor, pul va kredit», 2004. №7-8. – B. 48. 179 to‗g‗ri kelgan miqdorini va uning o‗tgan yilga nisbatan o‗sish darajasini aniqlash investitsiyalar samaradorligini real baholashning muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, muayyan bir tarmoq bo‗yicha yalpi investitsiyalarning samaradorligini aniqlashda joriy davrda tarmoqda band bo‗lgan kishilar boshiga nisbatan to‗g‗ri kelgan o‗rtacha investitsiyalar miqdorini hisoblash muhimdir. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling