Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


 - rasm. O„zbekiston Respublikasi qurilish tarmog„iga kiritilgan investitsiya


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

9.2 - rasm. O„zbekiston Respublikasi qurilish tarmog„iga kiritilgan investitsiya 
dinamikasi 
Jami qurilish ishlaridan 79,7 foiz yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish 
va korxonalarni texnik qayta qurollantirish ishlariga to‗g‗ri keldi, shuningdek, 20,3 
foizini kapital, joriy ta‘mirlash va boshqa pudrat ishlari tashkil etdi. Hisobot davrida 
bino va inshootlar qurilishi bo‗yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi 8559,7 mlrd. 
so‗mni yoki 2018 yilning mos davriga nisbatan 100,9 foizni, mos ravishda, fuqarolik 
qurilishi ob‘ektlari bo‗yicha qurilish hajmi 1306,3 mlrd.so‗mni (yoki 133,9 foizni), 
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bo‗yicha qurilish ishlari hajmi 1313,7 mlrd. so‗m 
(yoki 119,5 foizni) tashkil qildi. Qurilishi ishlarining asosiy qismi iqtisodiyot faoliyat 
turi bo‗yicha bino va inshootlar qurilishga to‗g‗ri keldi, uning ulushi o‗tgan yilning 
mos davriga nisbatan jami qurilish ishlari hajmining 76,6 foizni tashkil etib, 3,6 foiz 
punktga kamaydi. Iqtisodiyot faoliyat turi fuqarolik qurilishi ob‘ektlari bo‗yicha 11,7 
foizni tashkil etdi, yoki 2,4 foiz punktga ko‗paydi, mos ravishda ixtisoslashtirilgan 
qurilish ishlari 11,7 foiz (yoki 1,2 foiz). 


198 
Ushbu holat mamlakatda aholini uy-joy masalasiga qaratilayotligi va tarmoqqa 
kiritilayotgan 
investitsiyaning 
ko‗proq qismini aholi mablag‗lari tashkil 
yetayotganligidan deb izohlash o‗rinli. Ta‘kidlash joizki, hozirgi kunda fan-texnika 
taraqqiyoti ta‘siri ostida qurilish ishlab chiqarishida sifat o‗zgarishlari yuz bermoqda, 
ularning zamirida esa qurilishning bino va inshootlarni sanoatda tayyorlangan va 
tayyorlik darajasi yuqori bo‗lgan detallar va qismlardan yig‗ishdan iborat uzluksiz 
mexanizatsiyalashgan jarayonga o‗tishi yotadi. 
Hozirgi kunda tarmoqda faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalar sonini oshirish 
mumkin emas, chunki, ular sonini bir foiz oshirish tarmoqda bajarilgan ishlar hajmini 
0,1 foiz kamayishiga olib kelishi aniqlandi. Shu bois hozirgi kunda qurilish ishlab 
chiqarishining harakteri ham tubdan o‗zgardi. Og‗ir qo‗l mehnati yirik va mayda 
mexanizatsiya vositalari tomonidan tobora siqib chiqarilmoqda. Quruvchi-
montajchilarning qurilish maydonchalaridagi mehnati industrial mehnatning bir 
turiga aylanib bormoqda. Bizningcha, qurilish ishlab chiqarishining texnik 
jihozlanganlik darajasi ortib borgan sari, jonli mehnat sarflari kamayib, yengillashib 
boradi, bundan tashqari, uning unumdorligi ortadi, qurilishning muddatlari qisqarib, 
uning sifati yaxshilanib boradi.
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, 
qurish bilan bog‗liq harajatlar kapital sarflar yoki kapital qo‗yilmalar deyiladi. 
Kapital qo‗yilmalar bilan harajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Harajat, albatta, 
shu davrda daromad keltirishi kerak. Kapital qo‗yilma bir necha yillardan keyin 
daromad keltira boshlaydi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling