Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 9.3. Kapital qurilishda loyihalashtirish va tanlovni tashkil etish
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2-jadval Loyihalashtirish ishlarini bosqichlar bo„yicha tashkil etish sxemasi 83 Ishlar bosqichi Asos
- 2-bosqich. Loyihaviy ishlar
- 3-bosqich. Loyihani ekspertizadan o„tkazish va tasdiqlash
§ 9.3. Kapital qurilishda loyihalashtirish va tanlovni tashkil etish
Qurilish ob‘ektlarini loyihalashtirish jarayoni, qoida tariqasida 3 bosqichga bo‗linadi. Ob‘ektlarni loyihalashtirish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Loyihalashtirishni tashkil etishning taxminiy sxemasini 9.2-jadval asosida ifodalash mumkin. 9.2-jadval Loyihalashtirish ishlarini bosqichlar bo„yicha tashkil etish sxemasi 83 Ishlar bosqichi Asos Ijrochilar 1-bosqich. Loyiha oldi ishlari 1.1. Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) ishlab chiqish Kapital qo‗yilmalarning rejasi. Qaror (qurilishni amalga oshiruvchi tashkilotning buyruqlari) Buyurtmachi yoki uning topshirig‗iga ko‗ra loyihaviy yoki ilmiy-tadqiqot tashkiloti 1.2. Loyihalashtirish uchun shartnomalar tuzish Buyurtmachining taklifi Buyurtmachi yoki loyihaviy tashkilot 2-bosqich. Loyihaviy ishlar 2.1. Qidiruv-izlanish Buyurtma va shartnoma Loyihaviy tashkilot 2.2. Bosqichlar bo‗yicha loyihani ishlab chiqish Loyihalashtirish uchun belgilangan vazifalar (buyurtma), loyihani ishlab chiqish va shartnoma tuzish uchun yo‗riqnoma Loyihaviy tashkilot 3-bosqich. Loyihani ekspertizadan o„tkazish va tasdiqlash 3.1. Loyihani ekspertizasi Loyihani ishlab chiqish tartibi bo‗yicha yo‗riqnoma va loyihani ekspertiza qilish bo‗yicha yo‗riqnoma Loyihaviy tashkilot, loyihalar ekspertizasi bo‗limi 3.2. Loyihani tasdiqlash Loyihani ishlab chiqish tartibi bo‗yicha yo‗riqnoma Loyihaviy tashkilot, tegishli muassasa tomonidan loyihaning tasdiqlanishi Qurilishning amalga oshirilishi tegishli tartibda tasdiqlangan loyihaviy hujjatlarsiz amaldagi qonunchilikka ko‗ra ta‘qiqlanadi. Kapital qurilishni 83 www.ziyonet.uz ma‘lumotlari asosida 203 loyihalashtirishda loyiha oldi hujjatlari, loyiha hujjatlari, dastlabki TIA yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash, yakuniy TIA yoki texnik-iqtisodiy hisoblash, ishchi loyiha, smeta, ish hujjatlari, loyihalovchi, yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi), qurilishlarning aniq ro‗yxati, qurilishlarning titul ro‗yxati, mablag‗ bilan ta‘minlovchi organ, ijro hujjatlari, qurilish maydoni, vaqtinchalik inshootlar, biriktiriladigan ishlar, shartnoma narxini bo‗lib chiqish kabi tushunchalar qo‗llaniladi. Shuni ta‘kidlash joizki, kapital qurilishda loyihalashtirishning markaziy qismini loyihaning TIA egallaydi. Taniqli xorijlik iqtisodchi olimlardan V.Berens, P.Xavraneklar fikricha: ―texnik-iqtisodiy asoslash – bu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo‗yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar bilan ta‘minlovchi vosita‖ 84 . Rossiyalik olim V.Zolotogorov: ―texnik-iqtisodiy asoslash – bu investitsiya loyihasining samaradorligi va maqsadliligini ko‗rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa ko‗rsatkichlarni aks ettiruvchi hisob- analitik hujjatlar to‗plami‖ 85 , deya tavsiflaydi. Umuman aytganda, birinchidan, loyihani TIA uning samaradorligi va afzalligini ta‘minlash uchun olib borilgan izlanishlar natijasida olingan tahliliy ma‘lumotlarni, baholash va hisob-smeta ko‗rsatkichlarini, texnik va tashkiliy qarorlarni o‗zida mujassam etuvchi hisob- analitik hujjatlar to‗plami hisoblanadi. Tanlovlar iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo‗lib, bunda buyurtmachi biror ob‘ektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar yetkazib berish bo‗yicha tanlov e‘lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va xohlovchilarni shu tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy g‗oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari ko‗rsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi ―tender‖ deb ataladi. O‗zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek, ilgari to‗xtatib qo‗yilgan ob‘ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‗liq ishlar va 84 Berens V., Xavranek P.M. Rukovodstvo po otsenke effektivnosti investitsiy: Per. s angl. perer. i dopoln. Izd-vo. – M.: «Interekspert», «Infra-M», 1995. – S. 6. 85 Zolotogorov V.A. Investitsionnoye proyektirovaniye: Ucheb.pos. – Mn.: «Ekoperspektiva», 1998. – S. 33. 204 xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar harid qilish, asbob-uskunalar sotib olish Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan tanlov savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‗tkazish tartibi va shartlarini ushbu qarorda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‗g‗risida‖gi Nizom belgilaydi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling