Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 9.2. Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
§ 9.2. Qurilish bosqichlari, qurilishda ishlab chiqarishning davomiyligi Qurilish mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‗yicha tugallangan va ishga tushirishga tayyor bo‗lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta‘mirlanishi, ularda ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Bu borada O‗zbekiston 199 Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi farmonida keltirilgan 82 : - ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat, qishloq xo‗jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash; - hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini o‗stirish yo‗li bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish; - yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xo‗jalik birlashmalarning mablag‗larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabi ustuvor vazifalar kelgusida sohada amalga oshirilishi lozim bo‗lgan islohot hamda ishlarni belgilab berdi. Bundan anglash mumkinki, qurilish tarmog‗i ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni kompleks yuksaltirishda katta rol o‗ynaydi. Qurilishning milliy xo‗jalik miqyosidagi ahamiyati va yetakchi rol o‗ynashi, aholining katta qismini ish bilan ta‘minlashi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning jadallashuviga, ijtimoiy mehnat unumdorligining o‗sishiga imkon yaratishini e‘tiborga oladigan bo‗lsak, ushbu sohani rivojlantirish mamlakat aholisining turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Keltirib o‗tilgan maqsadga erishish uchun tarmoq iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish yo‗llarini izlab topish va tadqiqotlar olib borish orqali investitsiyalarning tavakkalchilik hamda xatarlilik darajalarini aniqlash, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Kapital qurilishda qurilish muddatlarini qisqartirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki u kapital qo‗yilmalarning tezroq qoplanishini ta‘minlaydi. Masalan, qurilayotgan ob‘ekt qandaydir mahsulot ishlab chiqarishga mo‗ljallangan bo‗lsa, 82 O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida»gi farmoni 2017 yil 7 fevral 200 bunda qurilish muddatini qisqartirish evaziga qo‗shimcha mahsulot ishlab chiqarish, qurilish muddati tugagandan so‗ng qo‗shimcha foyda olish imkoniyati bo‗ladi. Kapital qurilish jarayonida uch bosqich ajratiladi. Uni quyidagi rasm orqali ifodalaymiz: Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling