Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.4 - rasm. Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash bosqichlarining 
o„zaro bog„liqligi 
Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va 
oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi. 
Tanlov savdolari quyidagilarga bo‗linadi: 
– ochiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanmaydi; 
– yopiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanadi. 
Yopiq tanlov savdolari o‗tkazish to‗g‗risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan qabul qilinadi. Ochiq yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning malakasi 
oldindan aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan yohud ikki bosqichli bo‗lishi 
mumkin. Talabgorning malakasini oldindan aniqlash tanlov savdolarining birinchi 
turi, tanlov savdolarining g‗olibini aniqlash – uning ikkinchi turi hisoblanadi. 
Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov savdolarini 
o‗tkazishda talabgorlarning umumiy ro‗yxati tuziladi, talabgorning malakasi oldindan 
Loyiha strategiyasi va marketing 
konsepsiyasi (
1-bo‗lim

Sotish dasturi 
(2-bo‗lim) 
Loyihaning joylashuv joyi, 
maydoni va atrof-muhit
(4-bo‗lim) 
Ishlatiluvchi moddiy resurslar
(3-bo‗lim) 
Loyihalashtirish va texnologiyalar 
(5-bo‗lim) 
Loyihani amalga oshirishga 
tayyorlash (8-bo‗lim) 
Korxonaning tashkiliy 
tuzilmasi (6-bo‗lim) 
Mehnat resurslari 
(7-bo‗lim

Moliyaviy tahlil, moliyalash manbalarini tanlash 
va investitsiyalarni baholash
(9-bo‗lim) 


205 
aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar o‗rtasida tanlov savdolari 
o‗tkaziladi. 
Ikki bosqichli tanlov savdolari: 
– buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va o‗ziga xosligini 
shakllantirish imkoniyatiga ega bo‗lmagan; 
– shartnomada ishlarni ularning rentabelligini ta‘minlash uchun etarli bo‗lgan 
yoki tadqiq etish yoki ishlab chiqishga sarflangan harajatlar qoplanishini 
ta‘minlaydigan hajmlarda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtmachi 
ilmiy-tadqiqotlar, eksperimentlar o‗tkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan 
shartnoma tuzish niyatida bo‗lgan hollarda o‗tkaziladi. 
Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o‗tkaziladi: 
– birinchi bosqichda konseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va 
tuzatilishi kerak bo‗lgan, tanlov hujjatlarida ko‗rsatilgan shartlar asosida ishlab 
chiqilgan oferta bahosi ko‗rsatilmagan holda taqdim etiladi. Tanlov savdolari 
predmeti parametrlari bo‗yicha oferent bilan muzokaralar olib borilishiga yo‗l 
qo‗yiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida 
qatnashishga yo‗l qo‗yiladigan ofertalar tanlab olinadi; 
– ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan 
parametrlari hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda ko‗rsatilgan holda ofertalari 
tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o‗tgan qatnashchilarning takliflari va 
buyurtmalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling