Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Tayanch so‟z va iboralar: 
Investitsiya dasturi, monitoring, investitsiya loyihalari, loyiha – smeta 
xujjatlari, texnik iqtisodiy asosnoma. 
O‟zini – o‟zi tekshirish uchun savollar: 
1. Investitsiya dasturining ahamiyati 
2. Investitsion loyihalar ustidan monitoring olib boorish tartibi 
3. Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi 


228 
XI BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINING MOLIYAVIY VA IQTISODIY 
SAMARADORLIGINI BAHOLASH 
 
§ 11.1. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mohiyati va 
ahamiyati 
§ 11.2. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usullari 
§ 11.3. Investitsiya loyihalarini baholashning oddiy va diskont usullari 

§ 11.1. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mohiyati va 
ahamiyati 
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash juda muhim jarayon 
hisoblanib, u o‗z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‗rsatkichlarni tahlil qilish va 
baholashni qamrab oladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash orqali 
mablag‗larni samarali joylashtirish yo‗llarining eng optimalini tanlash mumkin. Har 
qanday investitsiya loyihasini baholashning mazmuni bugungi harajatlarni loyihadan 
olinadigan daromadlar oqlaydimi? degan savolga javob topishdan iboratdir. Biroq, bu 
savol shunchalik oddiy bo‗lishiga qaramasdan, agar diqqat bilan ko‗rib chiqilsa, 
uning ko‗plab qirralari ochiladiki, ba‘zan unga bir xil ma‘nodagi javobni topish juda 
mushkul.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usuli – bu turli ob‘ektlarga 
uzoq muddatga kapital mablag‗larni qo‗yishning maqsadga muvofiqligini aniqlash 
usuli bo‗lib, bunda qo‗yilgan mablag‗lar kelajakda foyda keltirishi va o‗zini to‗liq 
qoplashi ko‗zda tutiladi. Har qanday investitsiya loyihasi, garchi u ko‗pgina ijobiy 
tavsiflarga ega bo‗lsada, unga qo‗yilgan mablag‗lar, ya‘ni qilingan investitsiya 
harajatlari loyiha mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan 
qoplanmasa, ko‗rilgan foyda darajasi ko‗zda tutilgan darajada bo‗lmasa, u amalga 
oshirilmay qoladi. Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy 
maqsad, aynan ko‗zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir. 
Iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda turli loyihalarga qo‗yilgan mablag‗larning 
foydaliligini (samaradorligini) taqqoslashga asoslangan baholash usullaridan keng 
foydalanadilar. Bunda investitsiya loyihalaridan ko‗riladigan samara mablag‗larni 


229 
bankka foiz hisobida qo‗yishdan yoki qimmatbaxo qog‗ozlar sotib olishdan keladigan 
daromad (foyda) bilan taqqoslanadi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda loyihadan ko‗riladigan 
daromadning ko‗pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning amalga 
oshirish muddatining qisqaligiga, loyiha bo‗yicha ishlab chiqariladigan mahsulotning 
sifatiga, bozorda tutgan o‗rniga, shuningdek, harajatlarning to‗g‗ri olib borilishiga 
ko‗proq e‘tibor beriladi. Shu bilan birga, baholashda pul oqimini to‗g‗ri ishlatilishi va 
nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital harajatlarni yerni ijaraga 
olish, u yerda bino va inshootlar qurish, mashina va jixozlar yaratish yoki sotib olish, 
mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi, joriy harajatlar esa, xom ashyo va 
materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi 
e‘tiborga olinadi hamda daromadlar asosiy faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab 
chiqarish harajatlarini pasaytirish, royalti, davlatning obligatsiyalari orqali keladigan 
daromadlarga e‘tibor qaratiladi. Investitsiya loyihalarini turli usullar bilan baholash 
mumkin, lekin barcha usullarda eng asosiy e‘tibor loyihalarning daromadlilik darajasi 
hamda ko‗riladigan foydaning xajmini aniqlashga qaratiladi. Investitsiya loyihalari 
samaradorligini baholashda aniq natijalarga erishish, ya‘ni loyihalashtirishni 
yakunlash, bozorga chiqish va undao‗z o‗rnini mustaxkamlash, belgilangan foydaga 
erishish, qilingan investitsiya harajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun 
belgilangan muddat ham ayniksa muhimdir. Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot 
va konstruktorlik ishlarining samaradorligi ham hisobga olinadi. Buning muhimligi 
shundan iboratki, tadqiqot va ilmiy izlanish ishlarining qisqa bo‗lishi bir tomondan 
mablag‗larning kam sarflanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam 
muddatda loyiha amalga oshirilib, bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va 
hech bo‗lmaganda, qisqa muddat ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda 
monopol mavqega ega bo‗lishi mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‗lgan 
siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‗zgarishini hisobga olgan holda 
baholanishi lozim. Hozirgi paytda investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish 
uzluksiz jarayon bo‗lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter texnikasidan keng 


230 
foydalanilmoqda. Bunda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‗rsatkichlari 
hamda tashqi iqtisodiy muhitni belgilovchi omillar hisobga olinib, loyihaning 
matematik modeli tuziladi va shu model asosida loyihaning harajatlar va daromadlar 
oqimi aniqlanadi, samaradorlik ko‗rsatkichlari hisoblanadi, ishlab chiqarish 
natijalarining yillik balansi tuziladi hamda tashqi va ichki omillar ta‘siri tahlil 
qilinadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish va moliya 
korporatsiyalari ana shunday modellardan foydalanadilar. Shuningdek, bunday 
modellardan investitsiya loyihalarini o‗rganuvchi va samaradorligini aniqlovchi turli 
maslahatchi firmalar ham foydalanadilar. 
O‗zbekiston Respublikasida Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotida qo‗lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi 
zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo‗lga qo‗yilishi, buning 
ta‘sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani
yaratilayotgan mahsulot va ko‗rsatilayotgan xizmat turlarining ko‗payib, sifatining 
tubdan yaxshilanib borishiga eng muhim va asosiy omil bo‗lib xizmat qilmoqda. 
Birgina misol, 2008 yilda boshlangan, bugungi kunga qadar salbiy ta‘sir va oqibatlari 
saqlanib qolayotgan, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlardao‗zining yangi 
―xuruji‖ni namoyon etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat ayrim 
mamlakatlar, balki dunyoning deyarli barcha qit‘alarida iqtisodiy siyosatning zaif 
jihatlarini, ayniqsa, bank-moliya tizimining ―mo‗rt‖ bo‗g‗inlarini oshkor etib qo‗ydi. 
Ana shunday murakkab bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyoti, bizning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot modelimiz yana bir bor hayot sinovidan muvaffaqiyatli o‗tib, 
o‗zini to‗la oqladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‗zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun 
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e‘tiborga loyiq.
Shuning bilan birga 2019-2021 yillarda respublikamizda investitsiya siyosatini 
takomillashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‗yicha qator ijobiy ishlar 
amalga oshirildi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi real sektorga, 
yani ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga va texnikg‗texnologik qayta 


231 
qurollantirishga yo‗naltirildi. Xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish 
natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko‗plab yangi 
ish o‗rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari 
faoliyatining samaradorligi ortdi.
Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini oshirish 
bo‗yicha hal etilishi lozim bo‗lgan muammolar ham talaygina. Xususan, jalb etilgan 
investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‗zgarishlarni amalga oshirish 
uchun yetarli bo‗lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar katta qismining bir 
nechta mintaqalarda to‗planib qolganligi respublikamiz mintaqalarida mavjud tabiiy-
iqtisodiy salohiyatdan to‗liq foydalanish imkoniyatlarini cheklab qo‗ymoqda. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya 
siyosati markaziy o‗rinni egallashini tasdiqlaydi. Shu bois O‗zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to‗liq aks ettirilishini 
taqozo etmoqda. Faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik 
va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan 
yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O‗zbekistonning o‗ziga 
xos taraqqiyot yo‗lini o‗zida mujassam etgan Harakatlar strategiyasining eng muhim 
jihatlaridan biri sifatida faol investitsiya siyosati olib borilishi uchun yo‗l ochib 
berildi.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling