Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- X BOB. RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH § 10.1.
- § 10.1. O„zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari
Tayanch so„z va iboralar Buyurtmachi, pudratchi, texnik-iqtisodiy asosnoma, loyihani ekspertizasi, oferent, ochiq tanlov savdolari, kapital qurilish, kapital qo‗yilma, qurilish industriyasi, asosiy fondlar. O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar 1. Kapital qo‗yilmalarning iqtisodiy mohiyati 2. Qurilishning bosqichlari 3. Kapital qurirlishda loyihalashtirish 4. Kapital qo‗yilmalar samaradorligini baholash 5. Kapital qurilishda nazorat ishlarining mohiyati 6. Qurilish industriyasi tushunchasining mohiyati 7. Qurilishning tashkiliy shakllari. 215 X BOB. RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH § 10.1. O‗zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari § 10.3. Muhim investitsiya takliflarining yig‗ma ro‗yxati asosida investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va tasdiqlash jarayoni. Rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish ustidan nazorat § 10.1. O„zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni, asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari Investitsiya dasturi (keyingi o‗rinlarda dastur deb ataladi) – bu Respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xom- ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‗li bilan Respublikaning ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‗zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‗naltirilgan bir – biri bilan o‗zaro bog‗langan chora – tabdirlar kompleksidir. ―O‗zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‗ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Prezident qarori (PQ-4563-son, 09.01.2020 y.) qabul qilindi. Qaror bilan O‗zbekistonning 2020–2022 yillarga mo‗ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan: - 850,5 trln so‗m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‗zlashtirish; - 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o‗rinlari yaratish. Qarorga ko‗ra, O‗zbekiston nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish bo‗yicha 2020 yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasidagi loyihalar ―2020 yil uchun O‗zbekistonning Davlat byudjeti to‗g‗risida‖gi Qonun bilan belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi. Shuningdek, qiymati 50 mln. AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‗lmagan 216 investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini byudjet mablag‗lari hamda moliyalashtirishning boshqa ichki manbalari hisobidan qurish tartibi mazkur investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‗llaniladi: - loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi; - urbanizatsiya agentligining loyihani so‗ralayotgan yer uchastkasida joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‗g‗risidagi xulosasi mavjudligi; - loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda). Investitsiya dasturini shakllantirishning asosiy tamoyillari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: - investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish; - belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat sohalarni qo‗llab quvvatlash; - ijtimoiy ahamiyatga ega bo‗lgan tarmoqlarni (ta‘lim, soliqni saqlash) birinchi navbatda, moliyalashtirish; - mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshligigi darajaga yetkazishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo‗llab quvvatlash; - transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish; - tarkibiy o‗zgarishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga muvofiq mablag‗ qo‗yishning o‗zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish; - investitsiya loyihalarni investitsiya dasturining aniq ro‗yxatiga oldindan belgilangan mezonlar asosida kiritish; 217 - ilgari boshlangan ob‘ektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish. Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish ko‗rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‗naltirilganlik, butlovchi buyumlar va kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy mezonlar hisoblanadi. Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‗yicha joriy narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ko‗rsatiladi. Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va o‗ta muhim loyixalar alohida, katta bo‗lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar). Investitsiya dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishi bo‗yicha barcha ishlarni O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtirib boradi. Investitsiya dasturi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi. O‗zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qurilishni mablag‗ bilan ta‘minlash va uni kreditlash ishlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Kapital qurilishda xo‗jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora – tadbirlari to‗g‗risidagi qarorida ko‗rsatilgan tartibda asosan amalga oshiriladi. Unga muvofiq investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablag‗ bilan ta‘minlash har qaysi ob‘ekt bo‗yicha ajratilgan kapital quyilmalar limitlar doirasida qat‘iy amal qilgan holda O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq mo‗ljalli ro‗yxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro‗yxati asosida amalga oshiriladi. O‗zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu davlat tomonidan xorijiy investitsiyalarni qo‗llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo‗lgan davlat tomonidan rag‗batlantiriluvchi yo‗nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora – tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish 218 va ular kiritgan mablag‗larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir. Ustuvor yo‗nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchi ustuvor yo‗nalish – ommaviy turar joy qurilishi; ikkinchi ustuvor yo‗nalish – zamonaviy kommunikatsiya vositalari, transport va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish; uchinchi ustuvor yo‗nalish - yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jaxon bozorlarida raqobatbardosh, import mollarining o‗rnini bosa oladigan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish; to‗rtinchi ustuvor yo‗nalish – zahiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar. Mineral boyliklarni yer ostidan qazib olish va tabiiy xom – ashyoni to‗liq va kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan – texnika yutuqlaridan foydalanish; beshinchi ustuvor yo‗nalish – fermerlik va dexqon xo‗jaliklari tarmog‗i, ishlab chiqarish, qayta ishlash, qadoqlash, transportirovka qilish, sotish va shifobaxsh qo‗shilmalari bo‗lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‗yicha andozalarga amal qilgan holda nazorat qilish texnologiyasini o‗zlashtirib olgan qayta ishlovchi va savdo korxonalarning ko‗magi asosida ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini chiqarish hisoblanadi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat investitsiya dasturini shakllantirish orqali yo‗naltirilayotgan investitsiyalarning barcha shakllarini faol jalb qilishda: mamlakatning hududiy va tarmoq tizimini takomillashtirish nuqtai-nazardan investitsiyalashga ta‘sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion muhitni yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport qilishni ko‗paytiruvchi korxonalar uchun imtiyozlarni kengaytirish; investitsiya loyihalarini iqtisodiyotning makro va mikro darajasidagi ehtiyoj va imkoniyatlarni hisobga olib, ishlab chiqish asosida xorijiy kredit liniyalarining investitsiyalaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. 2017 yilgi Investitsiya dasturiga umumiy qiymati 50 milliard AQSH dollariga teng 545 investitsiya loyihasi kiritilgan bo‗lib, yil davomida 7,3 milliard dollarlik 219 sarmoyalarni o‗zlashtirish belgilangan. Bu haqida shu yilning 30 may kuni bo‗lib o‗tgan 30 may kuni videoselektor yig‗ilishida ma‘lum qilingan. Shuningdek, 2017 yilda umumiy qiymati 2,4 milliard dollarga teng bo‗lgan 170 yangi ishlab chiqarish ob‘ektini ishga tushirish mo‗ljallanmoqda. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida umumiy qiymati 73,5 million dollarlik 9 loyihani amalga oshirish ishlari yakunlangani alohida qayd etildi. Investitsiya dasturiga kirmagan hududlar miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan 19 trillion 300 milliard so‗mlik mingdan ziyod yirik loyihalar amalga oshirilayotir. Bugungi kunda ularning 39 tasi bo‗yicha ob‘ektlar ishga tushirilgan. O‗tkazilgan o‗rganish va tahlillardan ayon bo‗lmoqdaki, ayrim istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‗lib, ularning moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan natijalar bo‗yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‗g‗risida‖gi qarori asosida Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi tizimida 2017 yilning 1-choragida 11 ta loyiha bo‗yicha 15,558 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‗larini o‗zlashtirish rejalashtirilgan. Hukumat kafolati ostida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar bo‗yicha hisobot davrida 35,598 mln. AQSH dollari (2,3 karra) miqdorida kredit mablag‗lari o‗zlashtirilgan. Jumladan: 1. ―Xorazm viloyatidagi Toshsoqa tizimidagi magistral sug‗orish kanallarini qayta tiklash‖ loyihasining umumiy qiymati 144,2 mln. AQSH dollariga teng bo‗lib, 90,37 mln. dollari Islom Taraqqiyot Banki krediti, qolgan qismi esa O‗zbekiston hukumatining ulushidir. Hisobot davrida 2,062 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‗ o‗zlashtirildi. 2. ―Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash‖ loyihasining umumiy qiymati 406,29 mln. AQSH dollariga teng bo‗lib, Osiyo Taraqqiyot Banki krediti 216,75 mln. dollarni, Yaponiyaning JICA fondining mablag‗i 108,97 mln. dollarni, O‗zbekiston hukumatining ulushi esa 80,57 mln. dollarni tashkil etadi. Hisobot davrida 0,67 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‗ o‗zlashtirildi. 220 3. ―Janubiy Qoraqalpog‗istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash‖ loyihasining umumiy qiymati 376,714 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 115,924 mln. dollari O‗zbekiston hukumatining ulushi va 260,79 mln. dollari Jahon bankining qarz mablag‗laridir. Hisobot davrida 0,087 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‗lar o‗zlashtirildi. 4. ―Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Xazarbog‗-Oqqopchig‗ay kanallar tizimini qayta tiklash)‖ loyihasining umumiy qiymati 122,72 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 33,17 mln. dollari O‗zbekiston hukumatining ulushi va qolgan qismi Islom taraqqiyot bankining qarz mablag‗laridir. Hisobot davrida 0,24 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‗lar o‗zlashtirildi. 5. ―Farg‗ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich‖ loyihasi Idoralararo tender komissiyasining 2013 yil 31 dekabrdagi 115-sonli bayoni asosida amalga oshirilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 iyuldagi 3-sonli bayoni topshirig‗iga asosan loyihaning narxi tuproq ishlari hisobiga (263,7 mln. AQSH dollaridan 219,5 mln. AQSH dollarigacha) optimallashtirildi. Hozirda loyihaning ushbu optimallashtirilgan texnik iqtisodiy asoslari Jahon banki tomonidan qo‗rib chiqilmoqda va 2017 yilning iyun oyida Direktorlar kengashi tasdig‗iga kiritilishi kutilmoqda. 6. ―Qashqadaryo viloyatidagi ―Do‗stlik 1-2-3‖ nasos stansiyasini qurish‖ loyihasining umumiy qiymati 21,23 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 14,2 mln. dollari O‗zbekiston hukumatining ulushi va qolgan qismi Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining qarz mablag‗laridir. Loyiha bo‗yicha 2017 yilning yanvar-mart oylarida kredit mablag‗larini o‗zlashtirish ko‗zda tutilmagan. Loyiha tasdiqlangan tarmoqli jadval asosida amalga oshirilmoqda. 7. ―O‗zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‗ini rivojlantirish‖ loyihasining umumiy qiymati 219,28 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 150,0 mln. dollari Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki ulushi, 34,20 mln. dollari O‗zbekiston hukumatining ulushi, qolgan qismi esa loyiha tashabbuskorlarining ulushidir. 2017 yil uchun jami 34,6 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‗lar 221 o‗zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‗lib, shundan hisobot davrida jami 31,75 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‗lar o‗zlashtirildi yoki rejaga nisbatan 365 foizni tashkil etdi. 8. ―O‗zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‗ini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash (Surxondaryo viloyatida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish)‖ loyihasining umumiy qiymati 28,33 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 20,44 mln. dollari Xalqaro qishloq xo‗jaligi taraqqiyoti jamg‗armasi ulushi, 1,67 mln. AQSH dollari O‗zbekiston Hukumatining ulushi, 5,24 mln. dollari benifitsiarlar ulushidir. Hisobot davrida jami 0,788 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‗lar o‗zlashtirildi. 9. ―Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni kengaytirish‖ loyihasining umumiy qiymati 39,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 23,8 mln. AQSH dollari Xalqaro qishloq xo‗jaligi taraqqiyoti jamg‗armasining ulushidir. Loyiha bo‗yicha 2017 yilning yanvar-mart oylarida kredit mablag‗larini o‗zlashtirish ko‗zda tutilmagan. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling