Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 10.2. Investitsiya dasturni amalga oshirish ustidan nazorat


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

 
§ 10.2. Investitsiya dasturni amalga oshirish ustidan nazorat 
Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag‗ berish bitimiga 
tegishli barcha hujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit 
siyosatiga, qabul qilingan me‘yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib 
borishni o‗z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini 
baholash bo‗lib, uning balansini, foyda va zararlar to‗g‗risidagi hisobotini hamda 
mijozning moliyaviy – xo‗jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni tahlil qilish 
asosida amalga oshiriladi. 


223 
Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi 
manbai uning qaytarilishining ta‘minotini tekshirish hisoblanadi. Bugungi kunda 
respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu 
loyihalar davlat byudjeti mablag‗lari, halqaro moliya institutlari kredit liniyalari 
mablag‗lari hisobiga, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy 
investorlar tomonidan moliyalashtilar ekan, albatta, bu mablag‗larining qaytarilishi 
va ma‘lum miqdorda ularning foyda bilan ta‘minlanishi talab etiladi. Ushbu 
mablag‗larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va 
tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar
xususan, lizing, sug‗urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan 
loiyhalarning monitoringi olib boriladi. Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida 
ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning 
umumiy tizimi joriy qilingan. Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga 
oshiruvchi tashkilotlar o‗zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib
o‗zlariga xos bo‗lgan monitoring o‗tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosida 
faoliyat yuritadilar. 
Monitoringning mazmuni ―ko‗zgu‖ degan ma‘noni anglatadi. 
Monitoringni yuritishda quyidagilar ko‗zda tutiladi: 
1. Amalga oshirilmoqchi bo‗lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko‗zda 
tutilganligi. 
2. Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya‘ni mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonini boshidan oxirgacha kuzatib borish. 
3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va 
ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi. 
4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni 
amalga oshirish. 
Monitoring olib borish bosqichlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
- korxonaning moliyaviy – xo‗jalik faoliyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni 
yig‗ish va qayta ishlash; 


224 
- olingan ma‘lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy – xo‗jalik holatini 
tahlil etish; 
- tahlil natijalari bo‗yicha xulosalar qilish va takliflar berish. 
Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan O‗zbekiston 
Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan 
davlat monitoringi to‗g‗risidagi Nizomga va Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 15 
noyabrdagi 251 – sonli ―Investitsiya loyixalarini tasdiqlash va amalga oshirish 
monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordamida yuklarini va 
texnik ko‗maklashish mablag‗larini hisobga olish va nazorat qilish chora – tadbirlari 
to‗g‗risida‖ gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 
Dasturning davlat monitoringi: 

investitsiya 
loyihalarni 
va 
birinchi 
navbatda, 
markazlashtirilgan 
investitsiyalardan foydalangan holda ro‗yobga chiqarilayotgan investitsiya 
loyihalarini o‗z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta‘minlash; 
- loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy 
asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya 
qilish; 
- amalga oshirilayotgan loyihalar bo‗yicha axborot bazasini shakllantirish
- investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‗ladigan muammoli 
masalalarni kuzatib borish; 
- investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish
maqsadida amalga oshiriladi. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling