Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

SB = BX + UX + RJ
Smeta qiymati – qurilish mahsuloti (ob‘ekti) uchun erkin bahoning shakllanishi 
va kapital qo‗yilmalarni aniqlashda asos bo‗lib xizmat qiladi. Kapital qurilishda 
xo‗jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish, shartnoma majburiyatlariga 
rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni 
qatnashchilarining javobgarligini oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 12 sentyabr 2003 yildagi ―Kapital qurilishda xo‗jalik 
munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi 395-sonli 
Qarorida O‗zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyoti 
barcha mulk shakllari uchun qabul qilindi. Ta‘kidlash joizki, shartnomaviy narxlar 
bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan material qiymatning kon‘yunkturasi, 
ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarining 
foydasini anglatadi.
Shartnoma O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, ―Xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa 
me‘yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. Ushu qarorda past rentabelli 
va zarar ko‗rib ishlayotgan pudrat-qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli 
investitsiya majburiyatlari mavjud bo‗lgan taqdirda ob‘ektlarni qonun hujjatlariga 
muvofiq bepul berishga ruxsat etildi. Shuningdek, markazlashtirilgan manbalar 
hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‗g‗risidagi 
Nizom, ob‘ektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat 
shartnomasi hamda ―O‗zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish 
tartibi to‗g‗risida‖gi Nizomlar tasdiqlandi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 oktyabrdagi 
―Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini 
takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 463-sonli Qarori qabul 
qilindi. Qarorda ―Davarxitektqurilish‖ qo‗mitasi amaldagi yakka tartibdagi va 
idoraviy smeta me‘yorlarini, ularning maqsadga muvofiqligini, asoslanganligini 
hamda qo‗mitaning me‘yoriy hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini 


211 
aniqlash maqsadida to‗liq xatlovdan o‗tkazilishi hamda xatlovdan o‗tkazish uchun 
―Davarxitektqurilish‖ qo‗mitasi ekspert komissiyalari tashkil etilishi hamda idoraviy 
smeta me‘yorlarini keskin qisqartirish chora-tadbirlari belgilab berildi.
Shuningdek, joriy shartnomaviy narxlarni belgilash uchun idoraviy smeta 
me‘yorlari faqat ular ―Davarxitektqurilish‖ qo‗mitasi bilan belgilangan tartibda 
majburiy ravishda kelishib olingan taqdirda kuchga ega bo‗lishi qayd etilgan. Kapital 
qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar haridining yagona tizimini yaratish, 
tanlov savdolarini tashkil etish va o‗tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish 
maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi 
―Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda: 
– markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari 
mablag‗lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog‗liq tovarlar, 
ishlar va xizmatlar haridi faqat tanlov savdolari natijalari bo‗yicha amalga oshirishi; 
– kapital qurilish bilan bog‗liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni harid qilishda 
tanlov savdolari majburiy o‗tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini 
o‗tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob berishlari; 
– sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o‗z vaqtida va to‗liq moliyalashtirish 
yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq 
buyurtmachi moddiy javob berishi, shuningdek, ko‗rsatib o‗tilgan sabablar natijasida 
soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to‗langan jarimalar va penyani 
pudratchiga to‗liq qoplashi;
– tanlov savdolari natijalari bo‗yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan 
shartlarning o‗zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o‗rtasida kelishuv mavjudligidan 
qat‘iy nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan ko‗rib 
chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan, deb hisoblanishi; 
– qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari bo‗yicha 
shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida 
tejalgan mablag‗lar pudrat tashkilotining tasarrufida qolishi belgilab qo‗yildi.


212 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling