Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


§ 9.4. Buyurtmachi va pudratchining huquq va majburiyatlari. Qurilish-montaj


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

§ 9.4. Buyurtmachi va pudratchining huquq va majburiyatlari. Qurilish-montaj 
ishlarining smeta qiymati tarkibi va tuzilishi 
Kapital qurilish tizimida buyurtmachi va pudratchilarning ma‘lum huquqlar va 
majburiyatlarga ega. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: talabgorning malakasini 
oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o‗tkazish to‗g‗risida qaror qabul 
qilish; rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o‗tkazish 
shakli, turi va sanasini belgilash; tanlov savdolari tashkilotchisi funksiyasini amalga 
oshirish (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan tashkilotga berishi mumkin); mustaqil 


206 
ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari 
predmetining boshlang‗ich qiymatini belgilash. 
Buyurtmachining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
– barcha ishlar bajarib bo‗linganidan keyin belgilangan narxning hammasini 
pudratchiga to‗lashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin 
narxning tegishli qismini to‗lashi; 
– pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda 
tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz 
uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi ma‘lumotlarni oshkor qilmasligi; 
– loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va 
shartlarda pudratchiga xizmat ko‗rsatishi; 
– tayyor bo‗lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va 
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan 
birga qatnashishi; 
– pudratchiga bog‗liq bo‗lmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini 
bajarish uchun boshlang‗ich ma‘lumotlar o‗zgarishi bilan bog‗liq qo‗shimcha 
harajatlarni pudratchiga to‗lashi; 
– tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining 
kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga 
nisbatan qo‗zg‗atilgan da‘vo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi 
shart. 
Pudratchining majburiyatlari. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga 
muvofiq pudratchi: 
– ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlang‗ich ma‘lumotlarga 
muvofiq bajarishi; 
– tayyor bo‗lgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, 
shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning o‗zini-
o‗zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi; 
– tayyor bo‗lgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini 
shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi; 


207 
– buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga 
bermasligi shart. 
Kapital qurilishda buyurtmachi tomonidan quyidagilar ta‘minlanadi: yer 
uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish 
hududini tayyorlash, loyiha oldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining 
(ob‘ektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov 
hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan o‗tkazish va 
tasdiqlash; loyihalovchi va pudratchini (bosh pudratchini) tanlov savdolari orqali 
tanlash; ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar 
tuzish; qurilish ob‘ektini Davlat arxitektura qurilish nazorati organlarida ro‗yxatdan 
o‗tkazish; pudratchiga qurish uchun birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarni berish; 
buziladigan, ko‗chiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek, 
ob‘ekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni ko‗chirish; moliyalashtirish
pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd 
etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish; texnik kuzatish va 
ob‘ekt qurilishi ustidan texnik nazorat qilish; qurilishi tugallangan ob‘ektni 
belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish; kafolatli davrda aniqlangan 
nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish. 
Pudratchi tomonidan quyidagilar ta‘minlanadi: ish hujjatlarini ishlab chiqish va 
uning texnologiya qismini buyurtmachi bilan kelishgan holda qurilish jarayonida 
(ob‘ekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) ekspert kuzatish; ish hujjatlarini 
(ob‘ekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va ob‘ekt 
qurilishining aniq shartlari bilan bog‗liqlikda hajmlar va muddatlarda ishlab 
chiqarishga berish; ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq hamda belgilangan 
standartlarga, qurilish me‘yorlari va qoidalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan 
loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish; shartnomaga muvofiq qurilishni asbob-
uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash; 
Buyurtmachi va pudratchi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq 
boshqa funksiyalarni ham bajaradi. Buyurtmachi bilan pudratchi o‗rtasidagi 
vazifalarni aniq taqsimlash, shuningdek, ularning mulkiy javobgarligi darajasi qonun 


208 
hujjatlariga va tanlov savdosi shartlariga muvofiq aniq bir pudrat shartnomasini 
tuzishda aniqlashtiriladi. Ob‘ektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat 
standartlari hisobga olingan holda «Davarxitektqurilish» qo‗mitasi organlarining 
xulosasi asosida buyurtmachi tomonidan ta‘minlanadi. Qurilishning qiymati va uni 
moliyalashtirish hajmlarini aniqlash, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi 
o‗rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishga oid hujjat smetani anglatadi va u 
tayyor qurilish mahsulotining bahosini ifodalaydi.
Pudrat shartnomasida bajariladigan ishning bahosi yoki uni aniqlash usullari 
ko‗rsatiladi. Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlarini va 
unga to‗lanadigan haqni o‗z ichiga oladi. Ishning bahosi smeta tuzish yo‗li bilan 
aniqlanishi mumkin. Ish pudratchi tomonidan tuzilgan smeta bo‗yicha bajarilgan 
taqdirda, smeta buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab kuchga ega 
bo‗ladi va pudrat shartnomasining bir qismi bo‗lib qoladi. Ishning bahosi (smeta) 
taxminiy yoki qat‘iy bo‗lishi mumkin. Pudrat shartnomasida bunday ko‗rsatma 
bo‗lmasa, ishning bahosi (smeta) qat‘iy hisoblanadi. Qurilish shartnomasida 
quyidagilar aks ettiriladi: tomonlarning majburiyatlari, etkazilgan zararlarni qoplash 
tartibi; mavjud muammolarni hal qilish yo‗llari, xo‗jalik sudiga da‘vo arizasini 
kiritish tartibi; shartnoma ishtirokchilarining malakasini tasdiqlash. 
Smeta asosida qurilish ishlari harajatlari: texnologik, energetik, ko‗tarma-
transport va boshqa uskunalar, korxona faoliyat ko‗rsatishi uchun zarur bo‗lgan 
boshqa asboblar va ishlab chiqarish inventarlari haridi harajatlari; ushbu uskunalarni 
o‗rnatish ishlari harajatlari; qurilish maydonini o‗zlashtirish harajatlari; texnik va 
mualliflik nazoratini amalga oshirish harajatlari; loyiha hujjatlarini ishlab chiqish 
harajatlarini o‗z ichiga oluvchi kapital qo‗yilmalar hajmi aniqlanadi. Qurilish-montaj 
ishlarining smeta qiymati buyurtmachilar va pudratchilar, uskunalar etkazib 
beruvchilar bilan shartnomalar tuzish va shartnoma bahosini aniqlash hamda ular 
o‗rtasida hisoblashishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
Smeta qiymati ko‗rsatkichlari ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
ob‘ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‗yicha loyihaviy echimlar variantlarini 
baholash va ulardan iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofig‗ini tanlash uchun zarur 


209 
bo‗ladi. Bundan tashqari, smeta qiymati qurilishni tashkil etish va ishlarni bajarish 
variantlarini taqqoslash, konstruktiv va bajariladigan ishlar hajmini aniqlash hamda 
qurilish materiallari va uskunalarni tanlash uchun ishlatiladi.
Loyihaning smeta qismi o‗z tarkibiga qurilish bo‗yicha yig‗ma smetani va 
ob‘ekt qurilishi bo‗yicha smetani hamda bajarilgan ish turlarini qamrab oladi. Bino 
va korxona qurilishi bo‗yicha yig‗ma-smeta qurilishni moliyalashtirishni amalga 
oshirishdagi asosiy hujjat hisoblanadi.
Yig‗ma-smeta quyidagi harajat turlarini o‗zida aks ettirishi lozim: qurilish 
maydonini tayyorlash; ishlab chiqarish ahamiyatiga oid asosiy ob‘ektlar; ishlab 
chiqarish va xizmat ko‗rsatish ahamiyatiga oid yordamchi ob‘ektlar; transport 
xo‗jaligi va aloqa ob‘ektlari; elektroenergetika ob‘ektlari; kanalizatsiya, issiqlik va 
gaz ta‘minoti, suv ta‘minoti; korxona hududini obodonlashtirish; vaqtinchalik bino va 
inshootlar; loyihaviy va qidiruv ishlari; boshqa ishlar. 
Qurilish uchun yig‗ma-smetada kutilmagan ishlar va harajatlar uchun quyidagi 
miqdorlarda mablag‗lar zaxirasi ko‗zda tutiladi: yakka tartibdagi ob‘ektlar qurilishini 
ko‗zda tutuvchi sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport inshootlari va korxonalarini 
qurishdagi barcha harajatlar umumiy qiymatining 5 foizi miqdorida; barcha tarmoq 
korxonalarining namunaviy loyihalari bo‗yicha ob‘ektlar barpo etilishidagi barcha 
harajatlar umumiy qiymatining 3 foizi miqdorida. Hozirgi iqtisodiy sharoitda qurilish 
ob‘ektlari smeta qiymatini aniqlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 
1. TIA tarkibidagi loyiha oldi bosqichida TIA ko‗rsatkichlarining hisob-
kitoblari natijasida ob‘ektlar barpo etilishidagi taxminiy harajatlar aniqlanadi. 
2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida loyihalashtiruvchilar 
amalga oshirilgan hisob-kitoblar va smeta me‘yorlarini qo‗llash natijasida ob‘ekt 
qurilishining smeta qiymatini aniqlaydi, shu jumladan, lokal smetalari, alohida 
bajariladigan ishlar uchun harajatlar qiymati va qurilish qiymatining yig‗ma-smeta 
hisob-kitobi. Ob‘ektning smeta qiymatini aniqlashda quyidagi ko‗rsatkichlar 
qo‗llaniladi: bevosita harajatlar – BX; ustama harajatlar – UX; rejali jamg‗arma – RJ 
(smeta foydasi). Unga ko‗ra, qurilish mahsulotining (ob‘ektining) smeta bahosi (SB) 
quyidagi tenglik bilan ifodalandi: 


210 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling