Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

2 
– bandlar soni; 
𝑋
3
– korxona soni.
Aniqlangan regressiya tenglamasiga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak, tarmoqqa 
kiritilayotgan investitsiya hajmi va bandlar sonini bir-birlikka oshirish hisobidan 
qurilish tarmog‗ida bajarilgan ishlar hajmini mos ravishda 0,2 va 0,34 birlikka 
qo‗shimcha oshirish mumkin. Korxonalar sonini hozirgi sharoitda ko‗paytirish 
tavsiya qilinmaydi chunki, ular sonini bir foiz oshirish tarmoqda bajarilgan ishlar 
hajmini 0,1 foiz kamayishiga olib kelishi aniqlandi. Bu borada hukumatimiz 
tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va qabul qilingan farmon hamda dasturlarda:
- qishloq joylarida sanoat ishlab chiqarish va qurilishini jadal rivojlantirish 
hamda lokalizatsiyalashtirish;
- qishloq hayotini tubdan yuksaltirish, aholi punktlarini me‘moriy jihatdan 
loyihalashtirish;
- qishloq uylari va ijtimoiy inshootlarini namunaviy loyihalash, qishloq 
obektlarini barpo etish;
- zamonaviy uylar qurish, qishloq vrachlik punktlari, sport inshootlari, 
maktablar bo‗limini rivojlantirish, qurish, qishloq infratuzilmasini barpo etish kabi 
vazifalar belgilanganligi va ularni izchillik bilan amalga oshirilganligi bilan izohlash 
o‗rinli.
2019 yilning yanvar-martida 11179,7 mlrd. so‗m yoki 2018 yilning yanvar-
martiga nisbatan 105,9 foiz qurilish ishlari bajarildi. Qurilish ishlari bo‗yicha yuqori 
o‗sish sur‘atlari quyidagi hududlarda kuzatildi: Navoiy viloyatida – 142,7 foiz va 
o‗tgan yilning mos davriga nisbatan o‗sish sur‘ati 30,7 foiz punktga ko‗paydi, Buxoro 
viloyatida 131,3 foiz (54,7 foiz punkt), Surxondaryo viloyatida 125,5 foiz (33,3 foiz 
punkt) va Farg‗ona viloyatida 121,6 foiz (9,8 foiz punkt) ko‗paydi. Iqtisodiyotning 
nodavlat sektoridagi qurilish ishlari hajmi 2018 yilning yanvar-martiga nisbatan 1,6 
foiz punktga kamaydi. O‗zbekiston Respublikasi bo‗yicha jami qurilish ishlari 


197 
nodavlat sektorining ulushi 94,8 foizni tashkil etdi, jumladan, Surxondaryo viloyatida 
– 98,3 foiz darajaga yetdi, Namangan viloyatida– 95,0 foiz, Toshkent viloyatida – 
97,8 foiz, Farg‗ona viloyatida– 97,4 foiz, Qoraqalpog‗iston Respublikasi – 97,2 foiz
va Jizzax viloyatida – 96,7 foizni tashkil etdi. (9.2-rasm). 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling