Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
§ 7.4. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanish istiqbollari quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baxolanadi
- Rentabellik darajasi quyidagi koeffitsiyentlar yordamida aniqlanadi
- Investitsion hatarlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topgan
§ 7.4. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari Mamlakatimizga ichki va tashqi manbalar hisobidan investitsiyalarni jalb etish hisobiga iqtisodiyotni modernizatsiyalash jadal sur‘atlar bilan davom etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlar tajribalariga tayangan holda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi uch prioritetli yo‗nalishga alohida e‘tibor berilmoqda: - import o‗rnini bosish strategiyasini rivojlantirish; - tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash; - ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish. Investitsiyalarni jalb etishda e‘tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo‗ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSH va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o‗ziga tatbiq qilishga intilgan. Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo‗naltirish bo‗lib hisoblanadi 53 . Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo‗naltirilmoqda. Xususiy sektorning o‗zida investitsiyalarning yillik o‗rtacha o‗sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog‗i 50 foizdan 53 http://www.ved.gov.ru/articles sayti ma‘lumotlari asosida 157 ortiq bo‗lib, so‗nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSH dollaridan oshib ketgan. Malayziyada sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan: - investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo‗shimcha qiymatga ega bo‗lgan mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg‗or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish; - sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko‗maklashishб sanoatga ilg‗or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni yanada kengaytirish; - sanoatning o‗sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish, milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish; - ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish va ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash, iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida strategik hamkorlik va markazlashuvni rag‗batlantirish. Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo‗lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo‗llab-quvvatlash yo‗nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko‗rsatuvchi investorlar foyda solig‗idan dastlabki 5 yil davomida to‗liq ozod qilinadi. Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor yo‗nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag‗batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga tayanadi. Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko‗rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo‗ladi. Ushbu ikkala yo‗nalish bir-biri bilan uzviy bog‗liq va o‗zaro bir-birini to‗ldirib turadi. 158 Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to‗plangan bo‗lib, undan O‗zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora- tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me‘yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga erishilmoqda. Yuqorida keltirilgan ayrim chet el mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo‗nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi investitsiya siyosatining tajribasi o‗zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg‗or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz alohida ta‘kidlab o‗tganidek, "O‗zbekiston o‗zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‗yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda" 54 . Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg‗or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo‗lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo‗naltirilayotganining guvohi bo‗lamiz. Iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlarining investitsion faolligi yalpi talabning, kelajakda esa, milliy ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasining indikatori hisoblanadi. Biroq, investitsion jarayonlarni jadallashtirish uchun iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlarida iqtisodiy vaziyatni aniq tasavvur qila olish kerak. Investorlar, har doim, investitsiya qilinayotgan ob‘ektning salohiyatini va uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini hisobga oladilar. Iqtisodiyot sektorlarining investitsion jozibadorligi ko‗plab omillarga bog‗liq va u alohida xususiyatga ega. Iqtisodiyot sektorida yuzaga kelgan vaziyatni baholash birinchi galda xal qilinishi lozim bo‗lgan muammolarni, 54 Karimov I.A. "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari"//T.:O‘zbekiston, 2009, 9-bet. 159 nomutanosibliklarni aniqlaydi. Muammoli nuqtalarga o‗z vaqtida e‘tiborning jalb qilinishi xorijiy investorlar uchun ob‘ektlar jozibadorligini oshirishga yordam beradi. Amaliyotda investorlarning maqsadi, vazifalari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda u yoki bu mamlakatda muammolarning ahamiyati nuqtai nazaridan iqtisodiyot sub‘ektlaridagi investitsion vaziyatni baholash bo‗yicha bir qancha uslubiy yondashuvlar mavjud. MDH, jumladan Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarda bu sohadagi ishlar Hukumat topshirig‗iga ko‗ra Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, TACIS, USAID, British & American Tobacco, Ernst & Young kabi ko‗plab xorijiy tashkilotlar, xalqaro auditorlik kompaniyalarining ekspertlarini jalb qilgan holda amalga oshirilgan. Iqtisodiyotning real sektoridagi vaziyatni taqqoslama hisob- kitoblar yordamida tahlil qilish uchun turli tahliliy hisoblash va algoritmik matematik usullardan foydalanilgan. Mazkur hisob-kitoblar uchun xorijiy tajribalar natijasida ishlab chiqilgan uch omilli modeldan, investitsion jozibadorlik muammolari bilan shug‗ullanuvchi ko‗plab xorijiy va mahalliy auditorlik, konsalting firmalarining yuqori malakali mutahassislari takliflaridan foydalanildi. Real sektordagi iqtisodiy vaziyatni investitsion jozibadorlik darajasi bo‗yicha baholash integrallashgan hisob- kitoblar asosida quyidagi ko‗rinishda o‗z ifodasini topgan: 1 - rivojlanish istiqbollari, 2 - faoliyat samaradorligi 3 - investitsion hatarlar. Mazkur elementlarning har biri alohida indikatorlarni guruhlash yordamida tartibga solingan yahlit ko‗rsatkichlarni o‗zida aks ettiradi. 1. Rivojlanish istiqbollari quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baxolanadi: - sektorning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‗rni. Ushbu ko‗rsatkich asosini mamlakatda amalga oshirilayotgan tarkibiy siyosatni hisobga olgan holda sektorning YAIMdagi joriy va kelajakdagi ulushi va asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining respublika bo‗yicha asosiy ishlab chiqarish fondlarining jami balans qiymatidagi ulushi tashkil etadi; - sektorning iqtisodiyotdagi o‗zgarishlarga chidamlimligi. Mazkur ko‗rsatkich darajasi tarmoq ishlab chiqarish hajmining YAIMdagi o‗sish sur‘atlari dinamikasi, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar dinamikasi asosida aniqlanadi; 160 - sektorning ijtimoiy ahamiyati. Mamlakatdagi jami ish bilan band bo‗lgan aholiga nisbatan tarmoqda band bo‗lganlarning ulushi, tarmoqdagi o‗rtacha yillik ish xaqining mamlakat bo‗yicha o‗rtacha yillik ish haqiga nisbati olinadi; - sektor rivojlanishining moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanganlik darajasi. Tahlillar uchun shaxsiy va banklarning moliyaviy resurslari hisobiga amalga oshiriladigan kapital qo‗yilmalarning salmog‗i, sektorga kapital qo‗yilmalarning mamlakat iqtisodiyotiga qo‗yilayotgan kapital qo‗yilmalarga nisbatan korrelyatsion dinamikasi ko‗rsatkichlari olinadi; - iqtisodiyot sektorining davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash darajasi. Mazkur ko‗rsatkichni miqdoriy baholash uchun davlatning tarmoqqa kiritayotgan kapital qo‗yilmalar miqdorining yalpi kapital qo‗yilmalardagi ulushi olinadi. 2. Rentabellik darajasi quyidagi koeffitsiyentlar yordamida aniqlanadi: - sektor aktivlarining rentabelligi – aktivlardan keladigan foyda darajasi haqida ma‘lumot beradi; - mahsulotlarni sotish rentabelligi – foydaning sotilgan mahsulotlar hajmiga nisbatan mosligini va uning iqtisodiyot sektoridagi tannarhini ko‗rsatadi; - joriy harajatlar rentabelligi – mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga ketgan harajatlar nuqtai nazaridan mazkur mahsulotga belgilanadigan eng maqbul narx haqida ma‘lumot beradi; - sektorga ajratilayotgan kapital qo‗yilmalarning rentabelligi - qo‗shilgan qiymatning o‗sishi va bir yil oldingi kapital qo‗yilmalarning bir biriga bog‗liqligini ko‗rsatadi. 3. Investitsion hatarlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topgan: - to‗lovga qobillik darajasi – Kuk koeffitsiyenti asosida baholanadi, bu koeffitsiyent bank kreditlari qay darajada shaxsiy mablag‗lar hisobiga qoplanishini ko‗rsatib beradi; - ijtimoiy mavqei darajasi – sektordagi ish haqining mamlakatdagi yashash minimumiga nisbatan muvofiqligi tushuniladi; 161 - xususiy kapitallar rentabelligining o‗rtacha tarmoq ko‗rsatkichining variatsion koeffitsiyenti – moliyaviy (investitsion) hatar darajasi dinamikasining an‘anaviy o‗lchov darajasi hisoblanadi. Iqtisodiy holat elementlari ko‗rsatkichlari o‗lchovi turli miqdor va kenglikka ega bo‗lgani hamda olinadigan natijalarni yagona masshtabga keltirish uchun ko‗rsatkichlarni darajalash uslubiyotidan foydalanilgan. Mazkur uslubiyot investitsion jozibadorlikni baholashning har bir ko‗rsatkichi bo‗yicha [0,1] intervalda teng taqsimlashga asoslangan. Baholash ko‗rsatkichining eng past darajasiga 0, eng katta darajasiga 1 beriladi. Shunday qilib, qolgan ko‗rsatkichlar interval ichida, ya‘ni o‗z darajasiga mos ravishda 0 va 1 orasida taqsimlanadi. Integral ko‗rsatkichlar sifatida investitsion jozibadorlikni baholash elementini o‗rtacha darajasidagi ko‗rsatkichlari qabul qilinadi. Shuning uchun ham, investitsion jozibadorlikni baholash elementlari darajasini ko‗rsatkichlarining qiymatlari turli omillar tizimini majmuaviy baxolash imkonini beradi. Iqtisodiyot sektorlarining investitsion jozibadorligini baholash unsurlari har xil ma‘lumotlar berganligi uchun investitsion qarorlar qabul qilishda turli xil rol o‗ynaydi. Shu sababli asosiy elementlarning ahamiyati ekspert yo‗li bilan ya‘ni, baholashni tasniflovchi xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Real sektor tarmoqlarining investitsion jozibadorligini baholash uchun asosiy elementlarning quyidagi koeffitsiyent ko‗rsatkichlari tavsiya etiladi: - tarmoq rivojlanishi istiqbolining darajasi – 0,2; - iqtisodiyot sektorining rentabellik darajasi – 0,65; - tarmoqdagi investitsion xatarlar darajasi – 0,15. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, investitsion jozibadorlikni baholash ko‗rsatkichlari agarda summada o‗lchanayotgan bo‗lsa 1,0 yoki foizda 100 foiz tashkil etishi lozim. Investitsion jozibadorlikni baholashning asosiy elementlari ahamiyatining nisbati umumiy harakterga ega, chunki u I.A. Blankning mualliflik konsepsiyasi hisoblanadi. Iqtisodiyot real sektorining investitsion jozibadorligini baholashning absolyut integral darajali ko‗rsatkichlarini hisoblash quyidagi tenglama yordamida amalga oshiriladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling