Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

so„mga teng jami 92 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 
Yuqorida ko‗rib chiqilgan holatlar tahlili shundan dalolat beradiki, bank 
kreditlari iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi muhim moliyaviy manba hisoblanadi. 
Bu moliyaviy manbalar mamlakat iqtisodiyotining o‗sishi, mehnat unumdorligining 
oshishi, aholining ish bilan bandligini ortishi va biznes ko‗lamining kengayishga 
xizmat qilishi mumkin. Mamlakatimizda real sektorning yanada taraqqiy topishi 
uchun tijorat banklari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash ko‗lamining 
oshirilishi va milliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud ichki va tashqi imkoniyatlardan 
samarali foydalanganlari holda o‗z faoliyatlarini maqsadli va oqilona tashkil etishni 
talab qiladi. 
§ 7.2. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi 
Makroiqtisodiyotning real sektorida turli tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish, taqsimlash, sotish va iste‘mol qilish yuz bersa, moliyaviy sektorda 
iqtisodiy sub‘ektlarning talab va taklifni shakllantiruvchi pulga oid o‗zaro 
munosabatlari amalga oshiriladi. Moddiy tovar ta‘minoti hamda bozor 
sub‘ektlarining bozor tizimi rivojlanishi uchun sharoitlar yaratuvchi iqtisodiy o‗zaro 
munosabatlari yig‗indisini o‗z ichiga oluvchi tizim real sektor infratuzilmasi deb 
nomlanadi. Uning tarkibiga, birinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi moddiy 
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‗ullanuvchi korxonalar va 
kompaniyalar birlashtiriladi. Bunga sanoat, transport, savdo, telekommunikatsiya, 
marketing kampaniyalari kiradi. Ikkinchidan, noishlab chiqarish infratuzilmasi – 
moddiy mahsulot ishlab chiqarmaydigan va haridor bilan sotuvchi o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlar shakllanishiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatmaydigan tashkilotlardan 
iborat. Ular o‗z ichiga tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ta‘sir ko‗rsatuvchi 
yangi g‗oyalar, asbob-uskunalar, texnologiyalarning rivojlanishiga yordam beruvchi 
ilmiy tashkilotlar va kompaniyalar, qonunlar va normativ hujjatlarni qabul qilish 
yordamida o‗zaro munosabatlarning shakllanishini tartibga soluvchi davlat 
tuzilmalari, turli xizmatlar ko‗rsatuvchi, tovarlarga bo‗lgan talabni yuzaga keltiruvchi 


147 
va haridor bilan sotuvchining aloqalarini o‗rnatuvchi ijtimoiy tashkilotlar (sog‗liqni 
saqlash, madaniyat, ta‘lim)ni qamrab olgan. 
Real sektorning tarmoq infratuzilmasi o‗zaro bog‗langan bo‗lib, ko‗pincha 
o‗zaro kesishadi va bir-birini almashtiradi. Real sektor tarmoqlariga 
elektroenergetika, oziq-ovqat sanoati, neft va gaz sanoati, qurilish materiallari sanoati 
va qurilish sohasi, qora metallurgiya, rangli metallurgiya, kimyo sanoati, neft-kimyo 
sanoati, agrar sanoat majmuasi, ko‗mir sanoati, yog‗och sanoati, yuk tashish va ishlab 
chiqarish aloqasi, yo‗lovchi tashish va noishlab chiqarish aloqasi, mashinasozlik va 
metallga ishlov berish, sog‗liqni saqlash, madaniyat, san‘at, ta‘lim, turizm, uy-joy 
kommunal xo‗jaligi, maishiy xizmat ko‗rsatish, fan va ilmiy xizmat ko‗rsatish, yengil 
sanoat, boshqa sanoat tarmoqlari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohasining 
boshqa tarmoqlari kiradi. 
Ular yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof iqtisodiy farovonlik, ya‘ni 
aholi turmushining sifatini namoyish etuvchi, atrof muhitning holatini tavsiflovchi 
ko‗rsatkichlar, milliy boylik – avvalgi va hozirgi avlod mehnati bilan ishlab 
chiqarilgan (ijtimoiy boylik) va resurslarni takror ishlab chiqarish jarayonida 
qo‗llanilgan (tabiiy boylik), muayyan vaqt mobaynida umumiy foydalaniladigan 
moddiy va nomoddiy ne‘matlarning umumiy hajmidan iborat. 
Iqtisodiyotning real sektorini tartibga solish sohasida davlat sanoat va tarkibiy 
o‗zgartirishlar siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tarkibiy o‗zgartirishlar 
siyosati – davlatning iqtisodiyotni o‗zgarib turuvchi bozor sharoitlariga 
moslashtirishda ishtirok etishi jarayonini o‗zida namoyon etadi. Davlatning vazifasi 
iqtisodiyotning muayyan tarkibiy qismlari (tarmoqlar va sektorlar, korxonalar, 
faoliyat yo‗nalishlari, iqtisodiy hududlar)ni qo‗llab-quvvatlash va yuzaga keladigan 
harajatlarni bartaraf etishdan iborat. 
Tarkibiy o‗zgarishlar, Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, ―Mamlakatimiz 
yalpi ichki mahsulotining 2016-2030 yillarda 2 barobar ko‗payishiga erishish uchun 
o‗rtacha yillik o‗sish sur‘atlari 4,8 foiz darajasida bo‗lishini ta‘minlash zarur. Agar 
keyingi 11 yilda bu ko‗rsatkich 8 foizdan yuqori bo‗lib kelganini hisobga oladigan 
bo‗lsak, bu vazifani amalga oshirish uchun mustahkam asos va zamin borligi yaqqol 


148 
ayon bo‗ladi‖. Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko‗p investitsiya qilindi, 
yoki 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‗pdir. O‗zlashtirilgan chet el investitsiya va 
kreditlar hajmi esa 11,3 foizga o‗sib, 3,7 milliard dollardan ko‗p bo‗ldi. 
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 
164 yirik ishlab chiqarish ob‘ekti ishga tushirildi.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari 
doirasida 2016 yilda 28 mingdan ko‗p loyiha amalga oshirildi. 2015-2019 yillarda 
tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan sanoat mahsulotlarining 
80 dan ortiq yangi turi o‗zlashtirildi. 
2016 yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 6145,8 milliard so‗mlik 
mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‗sish 2015 yilning shu davriga 
nisbatan 1,5 barobarni, import o‗rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard dollarni 
tashkil qildi. 2016 yilda mahalliy xomashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur 
qayta ishlash va tayyor iste‘mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish 
tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o‗sish sur‘atlariga erishildi. 
Xususan, to‗qimachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulotlari ishlab chiqarish 
111,7 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz, farmatsevtika mahsulot va preparatlari 
123,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa 
noruda meneral mahsulotlar 113,8 foizga oshdi. Sanoatni modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik yangilash loyihalari, shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot 
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan 
texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq 
etilishi natijasida respublika YAIMga energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik 
korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‗tgan yilga nisbatan 
o‗rtacha 10,6 foiz kamaytirishga erishildi. 
Umumiy tarzda aytganda, iqtisodiyotimizning real sektori – bu iqtisodiyotning 
asosiy moddiy ne‘matlar yaratuvchi qismidir. Mazkur sektorning barqaror o‗sish 
tendensiyalari, raqobatbardoshligining ijobiy tomonga o‗zgarib borayotganligi va real 


149 
sektor manfaatlarining moliyaviy sektor manfaatlari bilan muvofiqligi iqtisodiy 
rivojlanishga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatmoqda. 
Real sektordagi korxonalarni rivojlantirish hamda ular o‗rtasida raqobat 
muhitini shakllantirish, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini o‗sishida real sektor 
korxonalarining o‗ziga xos o‗ringa egaligi, ularning raqobatbardosh va sifatli 
mahsulotlar ishlab chiqarishga bo‗lgan intilishlarini yanada oshirdi. 
Bunda esa bevosita real sektor korxonalarini tubdan qayta tashkil etish va 
rivojlantirishning tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish 
asosida 
real 
sektor 
korxonalarida 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarni 
raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga bo‗lgan mas‘uliyatni o‗z 
zimmalariga olishni yuklab qo‗ydi. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‗ra, 2019 yilning 
yanvar-martida O‗zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy 
narxlarda 91 097,7 mlrd. So‗mni tashkil etdi va 2018 yilning yanvar-marti bilan 
taqqoslaganda 5,3 foizga o‗sdi. YAIM deflyatori indeksi 2018 yilning 
yanvarmartidagi narxlarga nisbatan 120,4 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga 
hisoblangan YAIM 2 734,4 ming so‗mni tashkil etdi va bu ko‗rsatkich o‗tgan yilning 
mos davriga nisbatan 3,4 foizga yuqoridir. 
Iqtisodiy o‗sish sur‘ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy 
dinamika bilan bog‗liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi 
qo‗shilgan qiymat (keyingi o‗rinlarda YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 88,7 
foizini tashkil etdi va 5,2 foizga o‗sdi (YAIM mutloq o‗sishiga ta‘siri 4,5 foiz punktni 
tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 11,3 foizni 
tashkil etdi va 5,8 foiz darajasida o‗sish qayd etildi (YAIM mutloq o‗sishiga ta‘siri 
0,8 f.p.). YAIM o‗sish sur‘atiga xizmatlar sohasi eng katta ta‘sir ko‗rsatdi (2,0 f.p.) 
va bu soha o‗tgan yilning mos davriga nisbatan 5,0 foizga o‗sdi. Shundan, savdo 
xizmatlari (avtotransport vositalarini ta‘mirlash xizmatlarini qo‗shgan holda) 4,2 
foizga, yashash va ovqatlanish bo‗yicha xizmatlar 3,7 foizga, tashish va saqlash 4,6 
foizga, axborot va aloqa 2,7 foizga va boshqa xizmatlar 5,7 foizga o‗sdi.
Sanoat tarmog‗ining qo‗shilgan qiymatida 6,8 foizlik o‗sish qayd etildi. Sanoat 
ishlab chiqarishining YAIM mutloq o‗sish sur‘atiga ijobiy ta‘siri 1,8 f.p. darajasida 


150 
baholandi. Sanoat tarmog‗idagi ijobiy dinamika tog‗-kon sanoati va ochiq konlarni 
ishlash tarmog‗i qo‗shilgan qiymatining 4,8 foizga, ishlab chiqaradigan (qayta 
ishlash) sanoat tarmog‗i qo‗shilgan qiymatining 7,6 foizga va boshqa sanoat 
tarmoqlarining 5,5 foizga o‗sishi hisobiga ta‘minlandi. 
O‗tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda YAIM tarmoqlari bo‗yicha 
tarkibida qishloq, o‗rmon va baliq xo‗jaligining ulushi 16,6 foizdan 14,9 foizga, 
qurilishning ulushi 6,6 foizdan 6,1 foizga kamaydi, sanoatning ulushi esa 30,3 
foizdan 33,9 foizga o‗sdi. Xizmatlar sohasining YAIM tarkibidagi ulushi 45,1 foizni 
tashkil etdi va o‗tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 1,4 f.p. ga kamaydi (7.1 - 
rasm). 
Darhaqiqat, real sektor korxonalari mamlakatda oziq-ovqat, yengil va og‗ir 
sanoat, metallurgiya sanoati, avtomobilsozlik sanoati, kimyo sanoati, qurilish 
materiallari sanoati, agrosanoat, elektr-energiya sanoati, to‗qimachilik sanoati, neft va 
gaz sanoati va boshqa sanoat tarmoqlarini qamrab olgan holda o‗z faoliyatini yuritib 
kelmoqda. Shu jihatdan, ―real sektor‖ tushunchasiga nazariy jihatdan ta‘rif beradigan 
bo‗lsak, real sektor – haqiqatda mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish tarmoqlari va unga 
xizmat ko‗rsatuvchi tarmoqlarni o‗z ichiga qamrab olgan tarmoq va sohalardir.
Yirik korxonalarda ishlab chiqiladigan mahsulotlarni raqobatbardoshligini 
oshirishga yo‗naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, ya‘ni, texnologik jarayonlarni 
hamda xom ashyo va materiallarni sarflash normalarini ratsionlashtirish, shuningdek, 
yo‗qotishlar va behuda harajatlarni bartaraf etish natijasida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar tannarxining o‗rtacha 10,1 foizga kamayishiga erishildi va umuman real 
sektorda sanoat korxonalari bo‗yicha mehnat unumdorligining 6,5 foizga oshganligi 
ta‘minlandi. 
Real sektorda muhim yuqori texnologik va zamonaviy ob‘ektlar hamda 
quvvatlar ishga tushirildi. 2019 yilning yanvar-mart oylarida O‗zbekiston 
Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami 
moliyalashtirish manbalari hisobidan 29885,1 mlrd. so‗mlik, (dollar ekvivalentida 3,6 
mlrd.AQSH doll.) yoki 2018 yilga nisbatan 129,9 foizga asosiy kapitalga 
investitsiyalar o‗zlashtirildi.
YAIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar – 32,8 


151 
foizni tashkil etib, 2018 yilning mos davridagi ko‗rsatkichiga nisbatan 4,4 foiz 
punktga o‗sish. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling