Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII BOB. IQTISODIYOT VA UNING REAL SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING O„RNI VA AHAMIYATI § 7.1.
Tayanch so„z va iboralar:
Offshor, erkin port, texnopolis, texnopark, tashqi savdo, moliyaviy markaz, erkin iqtisodiy hudud, erkin bojxona hududlari, erkin savdo hududlari, erkin ilmiy – texnik hududlar. O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar: 1. Erkin iqtisodiy hududlarning ahamiyati 2. Erkin iqtisodiy hududlarni rivojlanish bosqichlari 3. Erkin iqtisodiy hududlarni investitsiyalarni jalb etishdagi mohiyati 4. Erkin iqtisodiy hududlarni turlari 5. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning tashkiliy- huquqiy asoslari 6. Erkin iqtisodiy hududlar xo‗jalik ixtisosligi bo‗yicha turlari 7. Erkin iqtisodiy hududlarga beriladigan imtiyozlar va afzalliklar. 142 VII BOB. IQTISODIYOT VA UNING REAL SEKTORINI RIVOJLANTIRISHDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNING O„RNI VA AHAMIYATI § 7.1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati § 7.2. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi § 7.3. Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati § 7.4. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari § 7.5. O‗zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlardan ko‗zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi natijalari § 7.1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‗lish orqali barqaror iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta‘minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning real sektoriga turlicha ta‘rif beriladi va quyida biz ularning bir nechtasini ko‗rishimiz mumkin: 1. Iqtisodiyotning real sektori (inglizcha – Real sector of economy) – iqtisodiy va qonuniy belgilanmagan iqtisodiy atama hisoblanadi va ma‘lum hududdagi faoliyati mahsulot ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan kichik, o‗rta va yirik (industrial) korxonalarni birlashtiradigan iqtisodiyot sohasidir. 2. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning muhim sektori bo‗lib, to‗g‗ridan-to‗g‗ri mahsulot ishlab chiqarish, daromad olish va byudjet daromadlari tushumini ta‘minlaydi. Ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarish sohasi uning iqtisodiy atama sinonimlari hisoblanadi 49 . 49 Хасанов Р., Асатуллаев Х., Сувонқулов А., Хакимов Х. ―Реал сектор иқтисодиѐти ва уни прогнозлаш‖. Ўқув қўлланма. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. ТМИ. Т.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2013 й. 192-б. 143 3. Iqtisodiyotning real sektori – xom ashyo va boshqa ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi, yer va kapital) yoki ishlab chiqarish jarayoni orqali tovar va xizmatlar ishlab chiqarish tushuniladi. Bozor jamiyatning ishlab chiqarish va ishlab chiqarish omilini birlashtirishni anglatadi 50 . 4. Iqtisodyotning real sektori – bu iqtisodiyotda moddiy buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, moddiy boylikni yaratuvchi va xizmat ko‗rsatish sohalarini o‗z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit va birja faoliyati kirmaydi 51 . 5. Iqtisodyotning real sektori – korxonalar (nomoliyaviy korporatsiyalar), uy xo‗jaliklari va uy xo‗jaliklariga xizmat ko‗rsatuvchi institutlarni o‗z ichiga oladi. Fiskal (monetar) nuqtai nazardan qaraganda, uy xo‗jaliklari va uy xo‗jaliklariga xizmat ko‗rsatuvchi notijorat institutlar ma‘lum bir holatlarda ―boshqa ijtimoiy sektorlar‖ nomi ostidagi yagona subsektorlarga birlashadi 52 . Iqtisodiyotning real sektori – xom-ashyo, mehnat va kapitaldan ajralmagan holda xizmat ko‗rsatish, mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan iborat iqtisodiy sohadir. Iqtisodiyotda real sektorni samarali faoliyat yuritishida moliyaviy manba muhim o‗rin egallaydi. Iqtisodiyotning real sektori taraqqiyoti mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta‘minlash, boshqaruv mexanizmlarining yechimlarini tanlash kabi imkoniyatlarni beradi. Bu esa, istiqbolda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun joriy holatdagi iqtisodiy jarayonlarga ta‘sir etish yo‗llarini belgilaydi. Jahonda integratsiya va globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borishi milliy iqtisodiyot oldiga bir qator yangi vazifalarni qo‗ymoqda. Milliy iqtisodiyotning dunyo bozorida o‗z o‗rnini topishi, ya‘ni ma‘lum mavqeni egallashi uchun doimiy ravishda real korxonalarini texnik va texnologik jihatdan zamonaviylashtirib boorish lozim. Ushbu maqsadlarga erishish uchun milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida texnik va texnologik yangilanishni amalga oshirish kerak. Bunga, ishlab chiqarishda boshqaruvning yangi usullarini hamda fan va texnika yutuqlarini doimiy ravishda joriy etish orqaligina erishish mumkin. Mamlakatimizda ham o‘tgan yillarda fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy ishlab 50 http: //www.asianinsider.com/Economic/definition.asp. 51 Комов, Анализ системы кредитования реального сектора экономики России в 1 полугодии 2004 г. // Русское Экономическое Общество 2004 №141 ст. 7-8 52 file:///F:/REAL%20SEKTOR/sectors.pdf. 144 chiqarish texnologiyalarini va ishlab chiqarish boshqaruvini yangi usullarini amaliyotga joriy etish orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalarining ishlab chiqarish hajmini ko‗paytirishiga va moliyaviy barqarorligini oshirishiga juda katta e‘tibor berilmoqda. Zamonaviy informatsion texnologiyalar va nanotexnologiyalarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilishi mehnat resurslarining kasbiy malakasini oshirishni taqozo etish barobarida, ularning sifati sohaning raqobatbardoshligini va keyingi yillarda yuksak natijalarga erishishiga zamin bo‗ladi. So‗nggi yillarda iqtisodiyotning real sektorida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning katta qismi sanoat va qishloq xo‗jaligi tarmoqlarining hissasiga to‗g‗ri kelmoqda. O‗z navbatida, bu kabi yaratuvchanlik real sektorning YAIM tarkibida ham salmoqli o‗rin egallashini ta‘minlamoqda. Shu o‗rinda, real sektorning taraqqiyoti yana qanday imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin, degan savol tug‗ilishi tabiiydir. Mazkur sohaning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini o‗sishi uchun imkoniyat, ta‘lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivojida moliyaviy-moddiy asos beradi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi mamlakatda moddiy ishlab chiqarish sohalari uchun yaratilgan huquqiy-me‘yoriy sharoit bilan uzviy bog‗liqdir. Ya‘ni, mahalliy va xorijiy investitsion mablag‗larni real sektorga jalb etish uchun investorlarga huquqiy kafolat berilishi va uning ijrosini davlat tomonidan kafolatlanishi lozim. O‗zbekiston Respublikasida 2008 yil 28 noyabrdagi ―Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‗llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta‘minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‗g‗risida‖gi PF-4058-sonli, 2008 yil 18 noyabrdagi ―Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PF-4053-sonli Farmonlari asosida so‗nggi yillarda real sektor tarkibiga kiruvchi tarmoqlarda chuqur tarkibiy o‗zgarishlar amalga oshirildi va islohotlar davom etmoqda. Mamlakatimizning jahon bozorida mustahkam o‗rin egallashi va raqobat afzalliklariga ega bo‗lishini ta‘minlashda sanoat, agrosanoat majmuasi tarkibidagi sohalar hamda xizmat ko‗rsatish sohalarini rivojlantirish talab etiladi. 145 Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o‗zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda. Buni mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlanayotganligida ham ko‗rish mumkin. Iqtisodiyotning yetakchi sohalarini xususan, real sektorni kreditlash jarayonlarining jadallashuvi bir qator istiqbolli imkoniyatlarni yaratib beradi. Birinchidan, iqtisodiyotda pul massasining ortishi pirovardida ishlab chiqarish hajmining to‗g‗ri proporsional ravishda oshishiga sabab bo‗ladi. Ikkinchidan, iqtisodiyotdagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondiradi hamda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗rtasidagi to‗lovlarni amalga oshirishni tezlashtiradi. Uchinchidan, real sektorga ajratilgan bank kreditlari hajmining ortishi natijasida ishlab chiqarish hajmi ortadi hamda ichki bozor qo‗shimcha mahsulotlarga to‗yinadi. Bundan tashqari import hajmining kamayishi va aksincha, eksportning rivoj topishiga yordam berishi mumkin. To‗rtinchidan, kredit xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini boshlash, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshishiga xizmat qiladi. 2020 – 2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo‗nalishlari belgilab olindi. Keyingi ikki yilda mamlakatimizda 37 ta korxona faoliyatida raqamlashtirish keng tatbiq etiladi, real sektor tarmoqlarini raqamlashtirishda quyidagi ustuvor uch yo‗nalish belgilangan: - ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, moliyaviy- iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, moddiy-texnik resurslarni hisobga olish va boshqarish tizimlari (ERP); - ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimlarni yagona axborot kompleksga jamlash bo‗yicha dasturiy mahsulotlar; - mijozlar bilan munosabatlarni tartibga solish, mahsulotlarni elektron tizimlar orqali sotish, marketingni boshqarish tizimlari (CRM). 146 Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha 2023 yilga qadar umumiy qiymati 5,2 trln. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling