Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
6.1 – jadval
O„zbekistonda faoliyat olib borayotgan erkin iqtisodiy zonalar № EIZ faoliyat yo„nalishi EIH nomi 1 EIZ sanoat tarmoqlari (9ta) ―Navoiy‖, ―Angren‖, ―Jizzax‖, ―Urgut‖, ―Gijduvon‖, ―Qo‗qon‖, ―Xazorasp‖, ―Namangan‖ va ―Sirdaryo‖ EIZ 2 EIZ farmotsevtika tarmoqlari (7 ta) ―Nukus-farm‖, ―Zomin-farm‖, ―Kosonsoy-farm‖, ―Sirdaryo-farm‖, ―Boysun-farm‖, ―Bo‗stonliq-farm‖ va ―Parkent-farm‖ EIZ 3 EIZ qishloq xo‗jalik tarmoqlari (2 ta) ―Baliq ishlab chiqaruvchi‖, ―Buxoro-agro‖ EIZ 4 EIZ turistik tarmoq ―Chorvoq‖ ETZ 5 EIZ transport logistika soxasi ―Termiz‖ EIZ 6 EIZ sport invertarlarini ishlab chiqarish bo‗yicha ―Sport‖ EIZ Qonunchilikka muvofiq, O‗zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining umumiy ko‗rinishda asosiy yo‗nalishlari va maqsadlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yaratish uchun, yuqori narxli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni taminlash, hududning ishlab chiqarish va resurs potensialidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda, ya‘ni ish o‗rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish bo‗yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish; - tashqi bozorda talabgir va yuqori narxli import o‗rnini bosadigan mahsulotlarni zamonaviy ishlab chiqarishni yaratish bo‗yicha mahalliy va xorijiy investorlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri jalb qilish; - mahalliy xom-ashyo va materiallar bazasida butun respublika va erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‗rtasida sanoat kooperatsiyasining rivoji va tor kooperativ aloqalar asosida yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish jarayonini chuqurlashtirish; - ishlab chiqarish, injener kommunikatsiyasi, yo‗l-transport, ijtimoiy infrastruktura va logistika xizmatlarini jadal o‗sishini ta‘minlash; - ilmiy ishlab chiqarish markazlarini yaratish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovida ishtirok etish va boshqalar. Erkin iqtisodiy zonalarda soliq imtiyozlari xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‗batlantiruvchi asosiy vositalardan biridir. Erkin iqtisodiy zonalarda 137 investitsiyaviy faoliyatni rag‗batlantirishning muhim vositasi korxona daromadidan to‗lanadigan soliqlar uchun imtiyozlar berish, amortizatsiya ajratmalarining muddatlarini kamaytirish va soliq kreditlari taqdim etishdir. Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy hududlarni me‘yoriy asoslarini shakllantirish va tashkil etish, ular joylashadigan hududlarga bo‗lgan talablar, ushbu hududlardagi mavjud sharoit bo‗yicha turli xil qarashlar mavjud. Hozirgi davrda jahon miqyosida 200 ga yaqin mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlar faoliyat yuritmoqda va ularning umumiy soni esa 4500 atrofida. Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu iqtisodiy hududlarda ishlayotgan ishchilarning umumiy soni 80 mln.dan ortiq bo‗lib, bu nihoyatda katta ko‗rsatkich hisoblanadi. Bugungi kunda Erkin iqtisodiy hududlarning jahon savdosidagi ulushi 40 foizni tashkil etadi. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling