Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

2. Texnik ko‘mak. 
Ushbu yordamning maqsadi aniq loyihalarni tayyorlash va 
amalga oshirish, siyosatni shakllantirish, xodimlar tayyorlash va inson resurslarini 
rivojlantirish yoki muassasaviy ko‗makni ta‘minlash maqsadida texnik bilimlar 
olishni moliyalashtirishdan iboratdir. 
3. Lizing. 
ITB sanoatni moliyalashtirish holatlarida ishlab chiqarish liniyalari 
uchun zarur bo‗lgan mashina va asbob-uskunalar, elektr energiyasi ishlab chiqarish, 
kemasozlik va boshqa shu kabi alohida va bir toifadagi tarkibiy qismlarni o‗zida 
ifodalaydigan aktivlarni sotib oladi va keyin ma‘lum bir vaqt mobaynida uni 
oluvchiga lizingga beradi. 
4. Bo‘lib to‘lashga sotish. 
ITB ma‘lum bir loyiha uchun zarur mashina/ 
uskunalarni sotib oladi, keyinchalik ularni benefitsiar (mijoz)ga bank va benefitsiar 
o‗rtasida o‗zaro kelishilgan ustamani qo‗shgan holda, qayta sotadi. 


114 
5. Istisno’. 
Ushbu usul aksar infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda 
qo‗llanadi. 
6. Moliyalashtirish liniyalari. 
ITB kichik va o‗rta, ayniqsa sanoat sektoridagi 
korxonalarning o‗sishiga ko‗maklashuvchi milliy taraqqiyot moliya muassasalari 
(NDFI) yoki islomiy banklar (IB) uchun moliyalashtirish liniyalari taqdim etadi. 
7. Kapitalda ishtirok etish(equity). 
ITB iqtisodiy va moliyaviy jihatdan 
yashovchan hisoblangan qishloq xo‗jaligi va sanoat ishlab chiqarishi loyihalarining 
hissadorlik kapitalida ishtirok etadi. 
8. Murobaha. 
Ushbu usul tashqi savdoni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. 
Bank so‗ralayotgan tovarni sotib oladi va uni benefitsiarga qayta sotadi. Importni 
moliyalashtirish holatida moliyalashtirish davri 30 oygachani tashkil etadi: eksportni 
moliyalashtirish holatida esa ushbu davr 120 oygacha uzaytirilishi mumkin. 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling