Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I
Download 4.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N
Mahsulot innovatsiyasi – korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini
yangilash jarayonini namoyon etadi. Texnologiya innovatsiyasi – ishlab chiqarish imkoniyati (potensial) yangilash jarayonidir. Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi. Shunday qilib hozirgi sharoitda faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni 359 ta‘minlaydi. Doimiy izlanishga, yangilikni kiritishga, raqobatbardoshlikni yo‗lga qo‗yishga, muntazam modernizatsiyalarni ta‘minlashga, fan va texnika yutuqlari natijalarini joriy etib borishga qaratilgan tadbirkorlik albatta o‗z taraqqiyotiga erisha oladi. O‘zbekiston iqtisodiyotida faqat innovatsion tadbirkorlik raqobatga bardosh bera oladi, rivojlana oladi, taraqqiyotga erisha oladi, chunki uni innovatsiyalar yuksaltira oladi. Novatorlik asosida innovatsiya faoliyatiga tayanib tadbirkorlikni tashkil etish, oddiy biznesni yuritishdan farqli ravishda rivojlanishni ta‘minlaydi. § 17.3. Xo„jalik yurituvchi sub‟ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati. Innovatsiya strategiyasining mohiyati Mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirish davlatning ustuvor vazifalaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Shu bois ham iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‗zgartirish, diversifikatsiya qilish masalalariga hozirda davlatimizning ustuvor vazifsia sifatida qaralmoqda. Hozirgi zamonaviy sharoitda har qanday ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning asosida nazariya yotibdi, bu fikrimizni nemis klassigi Immanuil Kant (1724-1804)ning ―nazariyasiz amaliyot ko‗rdir‖ 117 degan so‗zlari ham tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan, O‗zbekistonda milliy innovatsion rivojlanishning nazariy asosiga xizmat qiladigan asosiy yo‗nalishlarini aniqlab olishini lozim topdik. Zamonaviy sharoitda har qanday mamlakatning innovatsion rivojlanishining milliy tizimini tashkil etuvchi va uni rag‗batlantiruvchi ikkita muhim omil mavjud: ―innovatsion muhit‖, ―innovatsion infratuzilma‖ni shakllantirish hamda uni amaliyotga joriy etish omilidir. Bizning nazarimizda, ―innovatsion iqtisodiyot‖ni uzluksiz ishlab chiqarish va raqobatni ta‘minlashga xizmat qiladigan xo‗jalik yuritishning zamonaviy usuli sifatida qabul qilish lozim. O‗zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo‗l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi, ularga: 117 Иммануил Кант. ―Трактаты и письма. — М.: «Наука», 1980, Стр. 523. 710 с. 360 - mustaqil xo‗jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi; - ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo‗lgan mulkchilik huquqlarining ta‘minlanishi; - erkin tadbirkorlikni ta‘minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi; - yetarli moliyaviy mablag‗, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo‗lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo‗l ura bilish va hokazolarni kiritish mumkin. Hozirda barcha xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar teng huquqli bo‗lib, raqobat muhitida o‗z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo‗lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo‗jalik yuritish sub‘ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo‗lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo‗jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta‘minlash xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat‘iy nazar, tadbirkor bo‗lishni, rivojlanish yo‗lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo‗jalik yurituvchi sub‘ektdan izlanuvchi ijodkor bo‗lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo‗lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo‗jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ‗ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo‗lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo‗lishni, barcha innovatsiyalarini o‗z faoliyatiga kiritib boruvchi bo‗lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shu bois ham har qanday xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt o‗z faoliyatini oddiy yo‗l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida yengiladi, ko‗zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda 361 yengiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt o‗z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o‗zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo‗nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o‗z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko‗p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko‗pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o‗zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo‗nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o‗z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko‗p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko‗pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi. Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy 362 yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo‗lishga, o‗rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog‗liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir. Download 4.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling