Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

Tayanch so„z va iboralar 
Xususiy tadbirkorlik, kapital aylanmasi, xom-ashyo, kichik biznes, bozor 
kon‘yunkturasi, xususiy investitsiyalar, xususiy mulk, shaxsiy va jalb qilingan 
mablag‗lar, iqtisodiyotning real sektori, sanoat korxonasi, real sektorning tarmoq 
infratuzilmasi. 
 
O„zini – o„zi tekshirish uchun savollar 
 
1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasining mohiyati 
2. Iqtisodiyotning real sektorini tarkibiy tuzilishi 
3. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish omillari 
4. Xususiy investitsiyalarni iqtisodiy mohiyati 
5. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlatning ishtiroki 
6. 
Xususiy 
investitsiyalar 
yordamida 
iqtisodiyotning 
real sektorini 
rivojlantirishning xorij tajribalari 
65
World Economic Outlook: October 2001. IMF, 2001. 
66
World Economic Outlook: September 2003. IMF, 2003 
67
World Economic Outlook: Rebalancing Growth. April 2015


171 
VIII BOB. INVESTITSIYA FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA 
INVESTITSIYA MUHITINING O„RNI 
 
§ 8.1. Investitsiya muhiti va unga ta‘sir etuvchi omillar 
§ 8.2. Investitsiya muhitini baholash usullari 
§ 8.3. O‗zbekiston Respublikasida qulay investitsiya muhitini muntazam 
ravishda yaxshilab borish vazifalari 
 
§ 8.1. Investitsiya muhiti va unga ta‟sir etuvchi omillar
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy isloxatlarning asosiy negizida 
mamlakatimizga xorijiy kapital okimi va investitsiyalarni jalb qilish utvor vazifa 
sifatida qarolmoqda, bir qancha chora-tadbirlari ishlab chiqib amalda foidalanib 
kelinmoqda. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining 
o‗sish sur‘atlari investitsiya muhitiga ko‗p jihatdan bog‗liqdir. Investitsiya muhitining 
jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko‗paytirishning muhim omili 
hisoblanadi. Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi 
investitsiyalarni jalb qilishning ko‗lami, yo‗nalishlari va samaradorligi, bevosita
investitsiya muhitiga bog‗liqdir. Iqtisodchi olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, 
N.Mo‗minovlar investitsiya muhiti to‗g‗risida quyidagilarni ta‘kidlab o‗tadilar: 
―Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo‗yilmalarining qaltislik darajasini va 
ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan 
iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig‗indisidir. Investitsiya muhiti 
kompleks, ko‗pqirrali tushuncha bo‗lib, milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar 
(inqiroz, o‗sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o‗sish 
sur‘atlari, inflyatsiya sur‘atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik 
darajasi kabi ko‗rsatkichlarga ega‖
68
. Shuningdek, mamlakatdagi investitsiya 
jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, me‘yoriy-huquqiy, ijtimoiy va 
boshqa shart-sharoitlar majmui investitsiya muhitini anglatadi.  
―Investitsiya muhiti‖ va ―investitsiya iqlimi‖ sinonim tushunchalar sifatida 
ishlatiladi. Bu xususda iqtisodchi olimlardan D.G‗ozibekov va T.Qoraliyevlar 
68
Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‗quv qo‗llanma. – T.: «Moliya», 2010. – 
B. 153.


172 
tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: ―Investitsiya iqlimi juda keng ma‘noda 
ishlatiladigan tushuncha bo‗lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha 
muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma‘lum bir 
mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir 
qatorda, o‗z kapitalini kiritmoqchi bo‗lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti 
va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi‖
69
.
Investitsiya muhitining holatini investitsiya faoliyatini amalga oshirishning 
maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, 
huquqiy, siyosiy, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning umumlashtiruvchi 
xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki 
uning ma‘lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va 
xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, tashkiliy-huquqiy, 
ekologik, madaniy va boshqa shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. U muayyan 
hududga investitsiyalar kiritishning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini 
belgilaydigan shart-sharoitlarning mavjud ijobiy va salbiy tomonlarini anglatadi.
Investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin 
bo‗lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o‗zida aks ettirgan voqelikdir. 
Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish 
uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyatini 
jadallashtirish va pirovardida, iqtisodiyotni yuksaltirish, ijtimoiy muammolarni hal 
etish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini yaratishdan iborat.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling