Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini)


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

8.1-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini (maftunkorligini) 
baholashning BERI indeksi 
BERI INDEKSI 
xorijiy investitsiyalar 
uchun hudud jozibadorli-
gini
 (maftunkorligini) 
baholash 
Xorijiy investitsiyalar va 
foydaga munosabati (6 %) 
Siyosiy barqarorlik
(12 %) 
Milliychilik imkoniyati: 
eksproporsiyadan reze-
dentlar uchun 
afzallikkacha (6 %) 
Devalvatsiya
(6 %) 
Iqtisodiy o‗sish 
sur‘atlari
(10 %) 
Valyuta 
ayirboshlanishi 
(10 %) 
Shartnomalarni 
bajarish imkoniyati 
(6 %) 
Ekspertlar xizmatlari-
dan foydalanish 
imkoniyatlari
(2 %)
Transport va 
aloqaning tashkil 
etilganligi (4 %) 
Uzoq muddatli 
kreditlash 
imkoniyatlari va 
xorijiy investorlarning 
sarmoyaga o‗z 
ulushini kiritish 
shartlari (8 %) 
To‗lov balansi holati 
(6 %) 
Byurokratik tadbirlar–
davlat boshqaruvi 
darajasi (4 %) 
Ish haqi va mehnat 
samaradorligiga 
harajatlar (8 %) 
Qisqa muddatli kreditlash 
imkoniyatlari
(8 %) 
Mahalliy boshqaruv va 
sherikchilik 
(4 %) 


178 
– davlat organlari va jamoat tashkilotlarining munosabatlari (0,04); 
– qisqa muddatli kreditlarni olish shartlari (0,08); 
– uzoq muddatli kreditlar, xususiy kapitalni olish, foydalanish shartlari (0,08). 
Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obro‗ qozongan 
tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya 
muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» 
xizmati matbuotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy 
mamlakatlarga investitsiya qo‗yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi.
Hozirda bu xizmat ko‗rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi 
mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko‗rsatkichni qamrab oluvchi mezon 
(ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori 
ballga ega bo‗lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini 
hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta‘siri ham hisobga olinadi. Bu 
tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan 
o‗zgarishlarni ham baholaydi. Bir vaqtning o‗zida, investitsiyalar samaradorligini 
aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga 
ega. 
Qolaversa, 
iqtisodiyot 
bo‗yicha investitsiyalar taqsimotining to‗g‗ri 
yo‗nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR 
(incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qo‗yilgan 
mablag‗larning kelgusi yilda YAIMning o‗sishiga ta‘sirini aniqlashga imkon beradi 
va YAIMda investitsiyalar salmog‗ining keyingi yildagi YAIMning qo‗shimcha 
o‗sish sur‘atiga nisbatini ifodalaydi.
ICOR koeffitsiyenti investitsiya resurslarining samarali ishlatilishini belgilab 
beruvchi ko‗rsatkich hisoblanib, u qanchalik kichik bo‗lsa, shunchalik ahamiyatli 
hisoblanadi va aksincha
74
. Investitsiyalar iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash bilan birga 
kelgusida investitsiyalash manbalarini yaratish uchun ham xizmat qiladi. Shu sababli 
yalpi investitsiyalarning YAIMga nisbatan ulushi YAIMning o‗sish sur‘atidan 4-8 
marotaba ko‗p bo‗lishi lozim. Umuman yalpi investitsiyalarning aholi jon boshiga 
74
Siddiqov A. Sanoat ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan investitsiya mablag‗lari samaradorligi. // «Bozor, pul va kredit», 
2004. №7-8. – B. 48. 


179 
to‗g‗ri kelgan miqdorini va uning o‗tgan yilga nisbatan o‗sish darajasini aniqlash 
investitsiyalar samaradorligini real baholashning muhim sharti hisoblanadi. 
Shuningdek, muayyan bir tarmoq bo‗yicha yalpi investitsiyalarning samaradorligini 
aniqlashda joriy davrda tarmoqda band bo‗lgan kishilar boshiga nisbatan to‗g‗ri 
kelgan o‗rtacha investitsiyalar miqdorini hisoblash muhimdir.

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling