Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a. B., Ruzibayeva n. X., Аzimova r. I


Download 4.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/204
Sana20.10.2023
Hajmi4.69 Mb.
#1713912
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   204
Bog'liq
Investitsiya va innovatsiyalar O\'quv qo\'llanma A B Bektemirov, N

4.
HUQUQIY 
OMILLAR 
1. Investitsiya faoliyati huquqiy asoslarining mustahkamlik darajasi 
2. Investitsiya 
faoliyatini 
bevosita 
ta‘minlovchi huquqiy asosning 
mustahkamlik darajasi 
3. Investitsiya faoliyatining me‘yoriy asoslari (farmonlar, qarorlar, qonunlar, 
nizomlar, yo‗riqnomalar va h.k. ) 
Milliy xususiyatlarga xos investitsiya dasturlari va loyihalarni ishlab chiqish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun quyidagi qo‗shimcha chora-tadbirlarni 
bajarish lozim bo‗ladi: 
– iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni proporsional jalb etishning 
umumlashgan aniq dasturini ishlab chiqish; 
– tarmoq xususiyati va iqtisodiyot rivojiga qarab erkin iqtisodiy hududlar tashkil 
etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag‗batlantirish; 
– tarmoqlardagi mas‘ul xodimlarning xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi 
faolligi va mas‘ulligini oshirish; 
– tarmoqlarda aloqa, telekommunikatsiyani rivojlantirish orqali investorlarning 
erkin va to‗liq axborotlar olishini ta‘minlash.
O‗zbekistonda xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay investitsiya muhitini 
yaratish va xorijiy investorlarni respublikaga ko‗proq jalb etish maqsadida ularga 
uchun qator soliq va bojxona imtiyozlari belgilangan. Har bir mamlakatdagi 
investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Huddi ana shu 
omil xorijlik investorlarning boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida 
resurslarni kiritish imkoniyatini beradi. Bunday muhit uzoq muddatli investitsiya 
rejalarini amalga oshirishda juda muhimdir.
 


176 
§ 8.2. Investitsiya muhitini baholash usullari 
Har qaysi investor ma‘lum bir mamlakat va uning hududiga investitsiya 
kiritishdan avval o‗sha mamlakat va hududning investitsiya muhitini baholash, uning 
jozibadorligini aniqlashga kirishadi. Albatta, bunda yuqorida ko‗rib o‗tilgan omillar 
o‗rganiladi, tahlil qilinadi va shu asosda investitsiya qarorlari qabul qilinadi.
Xorijiy investor uchun yuqorida qayd qilingan barcha omillar muhimdir. 
Shuning uchun ham rivojlangan ko‗pgina mamlakatlarda investitsiya loyihalarini 
baholaydigan, investitsiyalar qo‗yilishiga talab bo‗lgan davlatlarning investitsiya 
muhitini o‗rganadigan va aniq xulosa va ma‘lumotlarni investorlar uchun taqdim 
etuvchi maxsus firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shvesariya, Germaniya 
kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy 
va ijtimoiy holatini baholash uchun har biri «0» dan «4» gacha bo‗lgan (0-qoniqarsiz 
va 4-o‗ta qulay) 4 balli shkala bo‗yicha baholanadigan 15 ta muhim ko‗rsatkichni 
hisobga oladigan «BERI»
71
(business environment risk index)ni qo‗llaydi.
Quyidagi 8.1-rasmda ular investitsiya qarorlarini qabul qilish bo‗yicha 
ahamiyatidan kelib chiqib aks ettirilgan. 8.1-rasmdan ko‗rinadiki, «BERI» indeksiga 
kirgan ko‗rsatkichlar orasida siyosiy barqarorlik (0,12 ball) eng katta ahamiyatga ega. 
Tahlillar ko‗rsatishicha, G‗arb ekspertlari, aynan, harbiy harakatlar yoki ichki 
vaziyatning keskinlashuvi yuz bergani bois, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy 
nobarqarorlik tufayli Gruziya, Moldava va Tojikistonga reytinglarda so‗nggi o‗rinlar 
berishgan, ya‘ni ular «BERI» indeksining eng past ko‗rsatkichi darajasiga ega.
Mazkur usulning mohiyati shundaki, obro‗li ekspertlarni
72
tanlash asosida va ularga 5 
balli (0 dan 4 ballgacha va ularning yig‗indisi 1 ga teng) shkalada 15 ta asosiy 
mezonlar bo‗yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash 
mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat
73

– siyosiy barqarorlik (0,12); 
– xorijiy investitsiyalarga bo‗lgan munosabat (0,06); 
71
Shu nomdagi firma tomonidan ishlab chiqilgan. 
72
Odatda, ekspertlarning umumiy soni taxminan 100 nafardan iborat bo‗ladi. 
73
Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‗quv qo‗llanma. – T.: «Moliya», 2010. – 
B. 155-156.


177 
– milliylashtirilishi xavfi (0,06), agar mamlakat qonunchiligida mulkni haq 
to‗lamasdan ekspropriatsiya qilish ko‗zda tutilgan bo‗lsa, 0 ball qo‗yiladi; 
– valyutaning devalvatsiya qilinish ehtimoli va darajasi (0,06); 
– to‗lov balansining holati (0,06); 
– biznesning byurokratlashish darajasi (0,04); 
– iqtisodiy o‗sish sur‘ati (0,1); 
– valyutaning erkin almashinuv darajasi (0,1); 
– shartnoma majburiyatlarini bajarish soni (0,06); 
– mehnat unumdorligi darajasi va ish haqi harajatlari (0,08); 
– yuridik va marketing maslahatlarini olish, malakali mutaxassislarni jalb qilish 
imkoniyati (0,02); 
– aloqa va transportni tashkil qilish (0,04); 

Download 4.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling