Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklari passivlarining tarkibiy tuzilishi


Download 1.01 Mb.
bet10/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

2.2. Tijorat banklari passivlarining tarkibiy tuzilishi

Tijorat banklarining passivlari talab qilib olinish darajasiga koʻra quyidagi tarkibiy qismlarga boʻlinadi:





  1. talab qilib olinadigan depozitlar;




  1. boshqa banklarning ―Vostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul

mablagʻlari;





  1. muddatli depozitlar;




  1. jamgʻarma depozitlar;




  1. bankning qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan mablagʻlar;




  1. boshqa banklardan olingan kreditlar;




  1. regulyativ kapital.

Transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining likvidliligiga jiddiy ziyon yetkazadi. Respublikamiz tijorat banklarida transaksion depozitlardan toʻgʻridan toʻgʻri, yaʻni muddatli depozit shartnomasi tuzmasdan turib, resurs sifatida foydalanish hollari mavjud. Buning natijasida, tijorat banklarining faoliyatidagi likvidlilik va kredit riski kuchaymoqda. Chunki transaksion depozit nobarqaror passiv hisoblanadi va shu sababli, istalgan vaqtda hisobraqam egasi tomonidan talab qilib olinishi mumkin. Kredit esa, muddatli boʻlib, uni muddatidan oldin qaytarib olish mumkin emas. Bundan tashqari, transaksion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining depozit bazasiga salbiy taʻsir qiladi.


Tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi ishtiroki:





  1. Emitent sifatida;




  1. Investor sifatida;




  1. Vositachi sifatida.

17
Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqaradi:4

  1. Emission qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, opsionlar)




  1. Noemission qimmatli qogʻozlar (depozit sertifikatlari, jamgʻarma sertifikatlari)

Qimmatli qogʻozlarni emissiya qilish 5 bosqichdan iborat:





  1. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish




  1. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlash




  1. Chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish




  1. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish




  1. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Tijorat banklariga qimmatli qogʻozlarni chiqarishga ruxsat beradigan organlar:





  1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki




  1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.

Tijorat banklari ustav kapitalini shakllantirish uchun oddiy va imtiyozli aksiyalarni muomalaga chiqaradi.


Bankning barcha aksiyalari tartib raqami va chiqarilgan vaqtidan qatʻi nazar bir xil nominal qiymatga ega boʻlishi shart.


Muomalaga chiqarilgan aksiyalar toʻliq sotib boʻlinmagunga qadar yangi aksiyalarni muomalaga chiqarishga ruxsat etilmaydi.


Qimmatli qogʻozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va Boshqaruv raisi hamda Bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.


Qimmatli qogʻozlar prospektida quyidagi maʻlumotlarning boʻlishi shart:





  1. Emitent toʻgʻrisidagi maʻlumotlar




  1. Emitentning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʻlumotlar




  1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони 2005 йил 24 апрелдаги ―Акциядорлик жамиятларда замонавий корпоратив бошқарув услубларини жорий этиш чоралари тўғрисида‖ги фармони.

18

  1. Qimmatli qogʻozlarni oldingi emissiyasi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar Sessiya – sertifikat boʻyicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs

foydasiga voz kechish.


Sedent – sertifikat boʻyicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechayotgan tomon.


Sessionariy – sertifikat boʻyicha talab qilib olish huquqini oluvchi tomon. Bazel standartiga koʻra, tijorat banklarining regulyativ kapitali 3 qismdan


iborat:




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling