2.3. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning zarurligi
Tijorat banklarning aktiv va passivlarini boshqarish zaruriyati rivojlangan mamlakatlar bank tizimida 1960-yillardan keyin vujudga kelgan. Dastlab, banklarda aktivlarni oʻzaro mutanosiblikda joylashtirish, bank foydasi barqarorligini taʻminlash, banklarda risk darajasini kamaytirish kabi masalalar ularning aktivlarini boshqarish zaruriyatini keltirib chiqardi.
1980-yillarga kelib banklarda integrasiyalashuv jarayonining chuqurlashuvi, moliyaviy resurslarning mamlakatlararo suzib yuruvchanligiga sharoitining yaratilganligi va iqtisodiyotning tobora globallashuvi bank likvidliligini taʻminlash va zarur miqdorda foydasini shakllantirish uchun faqatgina bank aktivlarini boshqarish kifoya boʻlmay qoldi.
20
Xalqaro moliya bozorlarida resurslarga boʻlgan raqobatning kuchayishi, bank riskli aktivlari va muddatli majburiyatlari oʻrtasidagi nomutanosiblik holatlari, bank oʻz majburiyatlarini toʻliq va belgilangan muddatda bajarish bilan bogʻliq masalalar bank passivlarini boshqarishga boʻlgan zaruriyatni keltirib chiqardi.
Hozirgi davrda bank aktivlari va passivlarini boshqarish faol rivojlanish bosqichiga kirdi, bugungi kunga kelib aktivlar va passivlarni boshqarish nafaqat banklarda, balki yirik kompaniya va firmalarda ham keng qoʻllanilmoqda.
2.4. Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishning zamonaviy bosqichida tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha belgilangan
vazifalar va chora-tadbirlar
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha ―Harakatlar strategiyasi‖ da tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishni takomillashtirish boʻyicha bir qator vazifalar va chora-tadbirlarni belgiladi, jumladan quyidagi vazifalarni:
ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish;
valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini
taʻminlash;
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish;
banklarning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash;
istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbikorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |