Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
-BOB: TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari
4-BOB: TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI
BOSHQARISHNING ASOSIY YOʻNALISHLARI 4.1. Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari 4.2. Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari 4.1. Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi: Aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish; Aktivlarning daromadliligi va risk darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash; Pul oqimlariga boʻlgan barcha ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan darajada likvidlilikni saqlash; Aktivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan ―Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖da ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini taʻminlash, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʻatlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi6. 6Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли фармони. Ўзбекистон 34 ―Harakatlar strategiyasi‖da bank tizimi oldiga qoʻyilgan vazifalarning ijrosini ta‘minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-sonli ―Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi qarorlari qabul qilindi. Ayni vaqtda, respublikamiz tijorat banklari aktivlarini boshqarishni takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan: Tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida daromad keltirmaydigan aktivlarning (kassadagi naqd pullar, tijorat banklarining milliy valyutadagi va xorijiy valyutadagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul mablagʻlari) salmogʻining nisbatan yuqori ekanligi. Taraqqiy etgan mamlakatlar tijorat banklarining aktivlari tarkibida salmogʻiga koʻra ikkinchi oʻrinni (birinchi oʻrinni kreditlar egallaydi) bankning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalari egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlarining tarkibida esa, salmogʻiga koʻra ikkinchi oʻrinni kassali aktivlar egallaydi. Bu esa, aktivlar daromadlilik darajasining past ekanligidan dalolat beradi. Muddati oʻtgan kreditlar miqdorining katta ekanligi. Ayniqsa, davlat dasturlari doirasida berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik miqdori katta. 3. Milliy valyutaning qadrsizlanish surʻatining yuqori ekanligi. Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2017. – № 6 (766). – 32-б. 35 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling