Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklarining likvidliligini boshqarish usullari


Download 1.01 Mb.
bet28/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

5.4. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarish usullari

Bank likvidligini boshqarishning asosiy elementlari quyidagilar hisoblanadi:





  1. Lahzalik, joriy va uzoq muddatli likvidlilikni taʻminlash va holatini tahlil qilib borish;




  1. Qisqa muddatli likvidlilik bashoratini amalga oshirish;




  1. Bankning likvidligiga salbiy taʻsir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni tahlil qilish (mahalliy va xorijiy moliya bozorlaridagi holatni oʻrganish, bank omonotchilari va qarzdorlarining moliyaviy holatlarini doimiy tahlil etib borish va boshqalar);




  1. Bank likvidlilik mablagʻlari ortiqchaligi/taqchilligini aniqlash;




  1. Xorijiy valyutalar bilan bogʻliq operatsiyalarning bank likvidlilik darajasiga taʻsirini oʻrganish.

Banklarda likvidlilikni boshqarishda uchta iqtisodiy (lahzalik, joriy va uzoq muddatli) meʻyordan foydalaniladi. Ular bank aktivlari va passivlarini muddatlari, summalari, turlari va boshqa jihatlari nuqtayi nazardan likvidlilikni taʻminlashda qoʻllaniladi.


Yuqori likvidli mablagʻlar bankning majburiyatlarini toʻxtovsiz, toʻliq va zudlik bilan bajarish imkoniyatini beradi. Biroq, ushbu mablagʻlar (hukumat va Markaziy bankning qimmatli qogʻozlariga joylashtirilgan mablagʻlar bundan


50
istisno) bankka qoʻshimcha daromad keltirmaydi, aksincha saqlash, tashish va xavfsizligi taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni talab etadi.

Banklarning past likivdli aktivlari zarur boʻlganda zudlik bilan bankning majburiyatini qondirish imkoniyatini bermaydi, shuningdek, ularni yuqori likvid mablagʻlar (naqd pul)ga aylantirish jarayoni ancha qiyin boʻlib, hatto, har doim ham buning imkoniyati boʻlavermaydi. Banklarning past likvidli aktivlari tarkibiga quyidagilar kiradi:





  1. Boshqa banklardagi mablagʻlari;




  1. Berilgan kreditlar;




  1. Investitsiya, lizinga va ijarga joylashtirilgan mablagʻlar;




  1. Bino va inshoatlar.

Bankning boshqa banklardagi mablagʻlari va berilgan kreditlarni yuqori likvidli aktivlarga aylantirish boʻyicha ikkilamchi moliya bozorlari amal qilmaydi, depozitlarga joylashtirilgan va berilgan kreditlarning muddatlari tugagandan soʻng bankka qaytariladi. Shundagina bank ulardan yuqori likvidli mablagʻlar sifatida foydalanishi mumkin, ayrim hollarda berilgan kreditlar va unga hisoblangan foiz toʻlovlari oʻz vaqtida qaytmasligi oqibatida bankning moliyaviy holatini battar ogʻirlashtiradi.


Agar bank majburiyatlarni bajarish uchun yetarli darajada yuqori likvidli mablagʻlarga ega boʻlsa, u likvidligi taʻminlangan hisoblanadi. Biroq bu juda murakkab jarayon hisoblanadi, buning murakkabligi shundaki, birinchidan, jalb qilingan mablagʻlarning asosiy qismi likvid aktivlarga joylashtirilishi bankning likvidligini oshirishga xizmat qilsada, uning foyda darajasini pasayishiga sabab boʻladi.


Ikkinchidan, bank mijozlarning naqd pul va pul oʻtkazmalari boʻyicha ehtiyojlarini toʻliq aniqlash imkoniyati mavjud emas, shuningdek, bankning vakillik hisobvaragʻiga likvid aktiv sifatida kelib tushadigan mablagʻlar hajmini aniq summasini rejalashtira olmaydi.


Banklar likvid mablagʻlarni aktivlarni boshqarishning fond va taqsimlash usullari orqali taʻminlab borishlari mumkin, biroq jamiyatda roʻy beradigan koʻzda


51
tutilmagan holatlar unga bevosita va bilvosita taʻsiri natijasida likvid mablagʻlar bilan bogʻliq turli muammolar vujudga keladi. Xususan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar, mijozlarning bank tizimiga boʻlgan ishonchi va milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini pasayishi, bank mijozlari moliyaviy barqaroroligining zaiflashuvi va boshqa holatlar shular jumlasidandir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank likvidligini taʻminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar hajmini aniqlash juda qiyin. Bank likvid mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojini baholash uchun juda yuqori aniqlikdagi bashorat koʻrsatkichlariga ega boʻlishi lozim. Ayniqsa, banklar kredit portfeli talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit mablagʻlari hisobidan shakllantirilgan boʻlsa bankning likvidligini taʻminlash masalasi yanada murakkab boʻladi.


Bu jarayonni quyidagi shartli misol yordamida koʻrib chiqamiz. Misolning tushunarli boʻlishi uchun bankning shartli bitta mijozining hisobvaragʻi boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarni olamiz9.





  1. Bankning ―A‖ mijozi tomonidan sotilgan tovar moddiy qimmatliklari uchun bankdagi hisobvaragʻiga 100 mln. soʻm mablagʻ kelib tushdi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshirildi:














Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling