Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet25/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

JLK

Mazkur meʻyoriy talabning bajarilishi Markaziy bank tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinadi va tijorat banklarining likvidligini taʻminlashda muhim


43
oʻrin tutadi. Uning kamida 30% boʻlishini taʻminlash uchun tijorat banklari joriy likvidli aktivlar va joriy majburiyatlar oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlashlari zarur. Buning uchun esa, ular aktivlar va passivlarning optimal tarkibini shakllantirishlari zarur.


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-sonli ―Tijorat banklarining likvidligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi yoʻrqnomasiga asosan respublikamiz tijorat banklarining faoliyatiga sof barqaror moliyalashtirish meʻyori va likvidlilikni qoplash meʻyori koʻrsatkichlarining kiritilishi, fikrimizcha, birinchidan, tijorat banklarining likvidligini barqaror tarzda saqlab turish imkonini beradi; ikkinchidan, banklar faoliyatida mavjud boʻlgan transformatsiya riskiga barham beradi; uchinchidan, resurssiz kreditlash holatining yuzaga kelishiga imkon bermaydi.


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bazel-III standarti talablaridan kelib chiqqan holda, sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffitsiyenti va likvidlilikni qoplash meʻyori koʻrsatkichlarini aniqlash metodikalarini tasdiqladi. Unga koʻra, sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffitsiyenti barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning zaruriy summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Likvidlilikni qoplash meʻyorii koʻrsatkichi yuqori likvidli aktivlarni keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi.


Mazkur koeffitsiyentni joriy etilishi tijorat banklari passivlarining barqarorligini taʻminlash bilan birga, ularning likvidlilik darajasini oshirishga ham xizmat qiladi.



  • 5.2. Tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etuvchi omillar

Banklarda likvidlilikni boshqarishga ichki va tashqi omillar taʻsir qiladi.




Ichki omillarga quyidagilar kiradi:

1) Bank aktivlarining sifati (bank kredit portfeli tarkibida riskli aktivlar va ularga hisoblangan toʻlovlarning oʻz vaqtida qaytarilishi);


44

  1. Jalb qilingan mablagʻlarning sifati (uzoq muddatli moliyaviy resurslar ulushining yuqoriligi);




  1. Jalb qilingan mablagʻlar va riskli aktivlar oʻrtasida oʻzaro muvozanatning taʻminlanishi;




  1. Bank boshqaruvini tashkil etilganligi va uning moliya bozordagi imidji. Banklarning likvidligini samarali boshqarishga uning kapitallashuv

darajasining yuqori darajada taʻminlanganligi muhim hisoblanadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitali va qoʻshilgan kapital miqdori va sifatining yuqoriligi bank likvidligi taʻminlashda muhim moliyaviy manba sifatida xizmat qiladi. Bank kapitalining darajasi qanchalik yuqori boʻlsa uning likvidligini taʻminlanganligi shu darajada yuqori boʻladi.


Bundan tashqari bank aktivlari (kredit portfeli)ning yuqori sifatga ega boʻlishi uning likvidligiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Markaziy bankning 2015-yil 14-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2696-son bilan roʻyxatga olingan ―Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi‖ Nizomiga muvofiq aktivlar beshta mezon asosida tasniflanadi. Xususan, bank aktivlari:





  1. Standart aktivlar;




  1. Substandart aktivlar;




  1. Qoniqarsiz aktivlar;




  1. Shubhali aktivlar;




  1. Umidsiz aktivlarga tasniflanadi.

Banklarning likvidligini boshqarishga taʻsir etuvchi tashqi omillar:





  1. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holat;




  1. Banklararo va qimmatli qogʻozlar bozorining rivojlanganlik darajasi;




  1. Markaziy bankning pul-kredit siyosati (asosan qayta moliyalash stavkasi, ochiq bozor siyosati va majburiy zahira stavkasi bevosita taʻsir qiladi);




  1. Markaziy bank tomonidan samarali nazorat faoliyatini tashkil etilganligi.

45
Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holatning barqarorligi mahalliy va xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, investorlar va boshqa iqtisodiy hamkorlarning banklarga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga bu esa oʻz navbatida likvidlilik holatiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Bu siz banklar kuchli depozit bazasini shakllantirish va yuqori rentabellik koʻrsatkichlariga erishish imkoniyatiga ega boʻlmaydi.

Mamlakatda barqaror banklararo va qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat yuritishi banklarning likvid mablagʻlarga boʻlgan talabini zudlik bilan qondirish imkoniyatini beradi.


Banklarning likvidligini boshqarish ularning balansidagi qoldiqlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Bank likvidligi taʻminlangan boʻlishi uchun bank vakillik hisobvaragʻida naqdsiz pullarga, kassada tegishli miqdorda naqd pullarga ega boʻlishi zarur.


Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining likvidliligini taʻminlashga salbiy taʻsir koʻrsatayotgan omillar quyidagilardan iborat:


1. Tijorat banklarida transformatsiya riskining chuqurlashib ketganligi.


Maʻlumki, transformatsiya riski tijorat banki aktivlarining joylashtirish muddati jalb qilingan resurslar muddatidan katta boʻlishi natijasida yuzaga keladi. Ushbu riskni qisqa muddat ichida bartaraf qilinmasligi bankda balanslashmagan likvidlilik muammosining chuqurlashishiga olib keladi.


Qayd etish joizki, respublikamiz yirik tijorat banklarining barchasida transformatsiya riski mavjud.


Biz quyida AT ―Agrobank‖da transformatsiya riski darajasiga baho beramiz (5.2.1-jadval).





Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling