Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlar Summasi, mlrd. soʻm,%
- Aktivlar - jami 100
- Majburiyatlar - jami 100
5.2.1-jadval
AT “Agrobank” aktivlari va majburiyatlarining muddatiga koʻra tarkibi, 2017-yilning 1-yanvar holatiga koʻra
majburiyatlar jami majburiyatlarning 36,4 foizini tashkil etgani holda, muddasiz aktivlarning jami aktivlar hajmidagi salmogʻi 20,0 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, jami aktivlarning 30,3 foizini 365 kundan ortiq muddatga ega boʻlgan aktivlar tashkil etgani holda, jami majburiyatlarning atigi 5,8 foizini 365 kundan ortiq muddatga ega boʻlgan majburiyatlar tashkil etgan. Bu esa, ―Agrobank‖ da transformatsiya riskining sezilarli darajada chuqurlashganligini koʻrsatadi. Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik miqdorining katta ekanligi. Kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik muammosining chuqurlashib ketishi ushbu masalani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida aks etishiga sabab boʻldi. Mazkur Qarorda respublikamiz tijorat banklari tomonidan berilgan va 2017-yilning yakuniga kelib muddati tugaydigan 7220 mlrd. soʻm miqdoridagi kreditni qaytarish grafigiga qatʻi rioya qilgan holda qaytarishni taʻminlash va 2017-yilda 290 mlrd. soʻm miqdoridagi, 2018-yilda esa, 460,4 mlrd. soʻm miqdoridagi muddati oʻtgan kreditlarni undirish talabi qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining past darajada va rivojlanmaganligi. 47
Taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari tijorat banklarida yuzaga kelgan balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilishda muhim oʻrin tutadi. Markaziy banklar banklardagi balanslashmagan likvidlilik muammosini hal qilish maqsadida teskari REPO operatsiyalaridan faol foydalanadilar. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalari mavjud emas. Buning sababi shundaki, respublikamiz Markaziy banki oʻzining ochiq bozor operatsiyalarining obyektlari sifatida faqat Hukumatning qimmatli qogʻozlarini tan oladi. Hukumatning qimmatli qogʻozlari esa, Davlat budjeti profisit bilan bajarilayotganligi sababli, 2013-yil 1-yanvardan boshlab emissiya juda kam miqdorda qilinyapti. Respublika Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari mavjud emas. Bu esa, Markaziy bankga qayta moliyalash siyosati orqali bank tizimining likvidliligiga taʻsir etish imkonini bermaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling