Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


-BOB: TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI TA’MINLASH VA UNI BOSHQARISH


Download 1.01 Mb.
bet23/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

5-BOB: TIJORAT BANKLARI LIKVIDLILIGINI TA’MINLASH VA UNI BOSHQARISH



  • 5.1. Tijorat bankining likvidliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar




  • 5.2. Tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etuvchi omillar




  • 5.3. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash yoʻllari







  • 5.1. Tijorat bankining likvidliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar Tijorat bankining likvidliligi – bu bankning mijozlari va boshqa banklar

oldidagi toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajara olish qobiliyatidir. Bank tizimining likvidliligi – bu mamlakatdagi banklar orqali oʻtadigan


toʻlovlarning uzluksizligini taʻminlash imkoniyatidir.


Tijorat banklarining likvidliligini taʻminlash banklarning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini oshirish, milliy iqtisodiyotdagi toʻlovlarning uzluksizligini taʻminlashning zaruriy sharti ekanligi xalqaro va milliy bank amaliyotida isbotlangan. Xususan, mamlakat bank tizimida likvidlilik muammosining paydo boʻlishi beriladigan kreditlar miqdorining kamayishiga, banklar orqali oʻtadigan toʻlovlarning kechikishiga va oʻtmay qolishiga sabab boʻlishi amaliyotda oʻzining isbotini allaqachon topgan. Shu sababli, mamlakat bank tizimining likvidliligini taʻminlash masalasi har doim tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning asosiy masalalaridan biri boʻlib qolaveradi.


Taʻkidlash joizki, ―2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖ da tijorat banklarining kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini mustahkamlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʻatlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida eʻtirof etilgan.


Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va


41
barqarorligini oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida bank nazoratining xalqaro prinsiplari doirasida tijorat banklari kapitalining yetarliligi, likvidliligi va barqarorligi boʻyicha talablarni bajarish vazifasi qoʻyilgan.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling