Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


-rasm. Milliy valyuta-soʻmning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal almashinuv kursi, soʻm (2017-yil dekabr 8120.07 soʻm, 2018-yil dekabr 8339.55 soʻm)


Download 1.01 Mb.
bet21/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

4.1. 1-rasm. Milliy valyuta-soʻmning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal almashinuv kursi, soʻm (2017-yil dekabr 8120.07 soʻm, 2018-yil dekabr 8339.55 soʻm)7

1-rasm maʻlumotlaridan koʻrinadiki, soʻm muomala kiritilgan 1994-yilning iyul oyidan 2017-yilning sentabr oyiga qadar boʻlgan davrda soʻmning AQSh dollariga nisbatan juda yuqori darajadagi qadrsizlanish surʻati (1157 marta!) kuzatilgan.


Bloomberg agentligi tomonidan oʻzbek soʻmi dunyo boʻyicha 2017-yilning eng qadrsiz valyutasi deya eʻlon qilindi. Oʻzbek soʻmidan oldingi oʻrinda kelgan Kongo frankining qadrsizlanish surʻati 27 foizni tashkil etdi.



  • 4.2. Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari

Tijorat banklari passivlarini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:





  1. Passivlarning optimal tarkibini shakllantirish;




  1. Depozitlarning yetarliligini taʻminlash;




  1. Regulyativ kapitalning yetarliligini taʻminlash;




  1. Passivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini taʻminlash;




  1. ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида (www.cbu.uz).

36

    1. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning investitsion jozibadorligini taʻminlash.

Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida salmogʻiga koʻra ikkinchi oʻrinni (birinchi oʻrinda depozitlar) bankning qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan pul mablagʻlari egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasida esa, tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida salmogʻiga koʻra ikkinchi oʻrinni regulyativ kapital egallaydi. Bu esa, banklarning qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.


Depozitlar tijorat banklarining passivlari tarkibida eng yuqori salmoqqa ega boʻlganligi sababli, uning yetarliligini taʻminlash tijorat banklarining kreditlash salohiyatini oshirish va investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.


Tijorat banklari kapitalining yetarliligini taʻminlash ularning toʻlovga qobiliyatliligini ta‘minlashning birlamchi zaruriy sharti hisoblanadi.


Tijorat banklari Markaziy bank bilan toʻgʻri REPO va teskari REPO operatsiyalarini amalga oshiradilar.


Toʻgʻri REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qogʻozlarni tijorat banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotishdir.


Teskari REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qogʻozlarni tijorat banklaridan qaytarib sotish sharti bilan sotib olishdir.


Teskari REPO bitimlari tijorat banklarining likvidliligini taʻminlashda muhim oʻrin tutadi.


Qimmatli qogʻozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va Boshqaruv raisi va Bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.


Qimmatli qogʻozlar prospektida quyidagi maʻlumotlarning boʻlishi shart:





  1. Emitent toʻgʻrisidagi maʻlumotlar




  1. Emitentning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʻlumotlar




  1. Qimmatli qogʻozlarni oldingi emissiyasi toʻgʻrisidagi maʻlumotlar

37
Shuningdek, tijorat banklari mijozlarning topshirigʻiga koʻra anderrayting operatsiyalarini amalga oshiradilar.

Tijorat banki tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning investitsion jozibadorligini taʻminlash ularni bozor baholarida sotish imkonini beradi. Bu esa, bankning resurs bazasini mustahkamlash nuqtayiy-nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.


Respublikamiz tijorat banklarining passivlarini boshqarishni takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan muammolar:


1. Tijorat banklarining resurs bazasining yetarli emasligi.


2018-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning salmogʻi 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini yetarli emasligini koʻrsatadi. Chunki, tijorat bankining depozit bazasi yetarli boʻlishi uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlardagi salmogʻi 30 foizdan oshmasligi kerak.





    1. Tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi.

2018-yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining passivlari miqdori 84 075 trln. soʻmni tashkil etdi. Shuning atiga 1,3 foizini tijorat banklarining qimmatli qogʻozlarini sotishdan olingan pul mablagʻlari tashkil yetdi8.



  1. Tijorat banklari kapitalining tarkibida devalvatsiya zahirasi va imtiyozli kreditlash fondining mablagʻlari kabi nobarqaror moliyalashtirish manbalarining mavjudligi.

Bazel standartining talablariga koʻra, devalvatsiya zahirasini tijorat banklarining kapitali tarkibiga kiritish mumkin emas. Respublikamiz tijorat banklarida esa, devalvatsiya zahirasi birinchi darajali kapital tarkibiga kiritilgan. Holbuki, birinchi darajali kapital faqat barqaror moliyalashtirish manbalaridan tashkil topgan boʻlishi kerak. Tijorat banki ogʻir moliyaviy ahvolga tushib




8www.cbu.uz сайти маълумотлари асосида муаллифлар томонидан ҳисобланган.
38
qolganida, birinchi darajali kapitaldan foydalanish yoʻli bilan ana shu ogʻir ahvoldan chiqib ketishi lozim.

4. Tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarning yetishmasligi.


Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini (70 foizdan ortiq qismini) qisqa muddatli resurslar tashkil etadi. Bu esa, tijorat banklarining uzoq muddatli aktiv operatsiyalari hajmini oshirishga toʻsqinlik qiladi. Holbuki, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha ―Harakatlar strategiyasi‖ da tijorat banklarining istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish vazifasi qoʻyilgan. Ushbu vazifani bajarish uchun esa, tijorat banklari yetarli darajada uzoq muddatli resurslarga ega boʻlishi lozim.


Tijorat bankining likvidliligi, bank tizimining likvidliligi, kapitalning yetarliligi, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi, transformatsiya riski, resurssiz kreditlash, sof barqaror moliyalashtirish meʻyori koeffisienti, barqaror moliyalashtirish mavjud summasi, barqaror moliyalashtirishning zaruriy summasi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling