Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balans 90 000000,0
- 3.2.3-jadval Kredit va bankning “Nostro” vakillik hisobraqami qoldigʻining oʻzgarishi
- Aktiv Summa Passiv
Aktiv
|
Summa |
Passiv | ||||
Summa | ||||||
Kassa |
40 |
000 000,0 |
Muddasiz depozit |
40 |
000 000,0 | |
Kredit |
50 |
000 000,0 |
Bank vakillik hisob |
50 |
000 000,0 | |
|
|
|
varagʻi |
|
| |
Balans |
90 |
000000,0 |
|
90 |
000000,0 |
TBAPBning fond usuli uzoq muddat davomida oʻzining ijobiy samarasini berdi, biroq:
– moliya bozorlarida raqobatning kuchayishi va foiz stavkalarining beqarorligi;
– banklarning tizimli toʻlov qobiliyatini yoʻqotishi;
– bank omonatchilarining kelishilgan muddatidan ilgari depozitlarni talab qilishi;
– boshqa fors-major holatlar TBAPBning fond usuli ahamiyatini yoʻqotishiga olib keldi.
3.2.3-jadval
Kredit va bankning “Nostro” vakillik hisobraqami qoldigʻining oʻzgarishi
Aktiv |
Summa |
Passiv |
|
Summa | ||
Kredit |
40 |
000 000,0 |
Kassa |
|
40 |
000 000,0 |
Kredit |
50 |
000 000,0 |
Bank vakillik |
hisob |
50 |
000 000,0 |
|
|
|
varagʻi |
|
|
|
Balans |
90 |
000000,0 |
|
|
90 |
000000,0 |
TBAPBning dastlabki rivojlanish bosqichida ushbu usul keng qoʻllanilgan, keyinchalik esa aktivlar va passivlar oʻrtasidagi nomutanosiblik bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelganda boshqarishning gep-tahlil usuli keng qoʻllanilgan.
29
Banklarning aktivlari va passivlarini boshqarishda gep-tahlilining qoʻllanilishida uning muddatli depozit mablagʻlari va riskka tortilgan aktivlari oʻrtasidagi farq darajasiga eʻtibor qaratiladi. Masalan, bankning 12 oyga jalb qilingan muddatli mablagʻlari 100,0 mln. soʻm, 12 oyga bergan kreditlari, yaʻni riskka tortilgan aktivlari esa 120,0 mln. soʻmni tashkil etiladi. Bu holatda, bankning aktivlari va passivlarini gep-tahlili asosida boshqarganda, bankning 20,0 mln. soʻmlik majburiyatni bajarmaslik ehtimoli mavjudligi koʻrinib turibdi. Chunki, 20,0 mln. soʻm riskka tortilgan aktivlarning summasi muddatli mablagʻlar hisobidan emas, balki talab qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan.
Buni quyidagi misolda batafsil koʻrib chiqamiz. Masalan, balansdagi muddatsiz depozit hisobidan 40 mln. soʻm kreditni yillik 14 foiz toʻlov asosida kreditga berdi, bankning marjasi (foydasi) 14 foizni tashkil etmoqda, chunki muddatsiz depozitni qabul qilish shartida foiz toʻlovi koʻzda tutilmagan.
Albatta, ushbu operatsiya natijasida bank foydasi yuqori boʻlsa-da, muddatsiz depozit hisobidan berilgan kreditning risk darajasi ham yuqori boʻladi, chunki muddatsiz depozit sohibi kutilmagan paytda mablagʻni qaytarish talabi bilan bankka murojaat qilishi mumkin. Biroq riskli aktiv va muddatsiz depozit oʻrtasida muddatlari boʻyicha vujudga kelgan nomuvozanatlik gep-tahlili yordamida boshqariladi. Bu holat (gep-tahlili) da TBAPBning fondli usulida mavjud boʻlgan muammolardan tashqari quyidagi muammolar vujudga kelishi mumkin:
– kredit oluvchi oʻz vaqtida kredit summasini qaytara olmasligi;
– depozit sohibi muddatidan ilgari depozitni talab qilishi;
– boshqa koʻzda tutilmagan ziddiyatli holatlar yuzaga kelishi mumkin. TBAPBning gep-tahlili usulini qoʻllaganda moliya bozorida foiz stavkalari
5-10 yillik davrga tahlil etilib, foiz stavkalarining eng past, eng yuqori, barqaror yoki tez oʻsib boradigan, yoki pasayadigan stavkalarida bir necha (odatda, 10 tagacha) ssenariylar ishlab chiqiladi.
TBAPBning gep-tahlili boʻyicha ishlab chiqilgan har bir ssenariy bank balansi barqarorligi va likvidligiga taʻsir darajasi aniqlanadi. TBAPB boʻyicha
30
ishlab chiqilgan ssenariylarning ichida bank foyda darajasi past, risk darajasi va zarar koʻrish xavfi yuqori boʻlganlari boʻyicha bank balansi korrektirovka qilinadi, shundan soʻng eng maʻqul ssenariy tanlanib, riskli operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilinadi.
TBAPBning fond va gep-tahlili usullaridan likvidlilik riskini baholashning ayrim instrumenti sifatida foydalanish mumkin. Biroq ushbu usullar likvidlilik riskini samarali boshqarish imkoniyatini bermaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, TBAPBning usullari va yoʻllari hozirgi kunga kelib jiddiy oʻzgarishlarga yuz tutdi. Ayniqsa, 1980-yillarda bank muassasalari TBAPBda asosan aktivlar va passivlarning bozor qiymatiga eʻtibor qaratadigan boʻlsa, 1990-yillardan keyin aktiv va passivlarni bozor riski orqali boshqarishning asosiy obyektiga aylandi.
Zamonaviy sharoitda TBAPBning anʻanaviy (fond usuli, aktivlarni taqsimlash usuli) usullari asosida banklarning quyidagi operatsiyalari boshqariladi: 1-chizma
TBAPBning noanʻanviy usullari sifatida xedjerlash va sekyuritizatsiyalashni taʻkidlash lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida TBAPBning ushbu usullari juda keng va samarali qoʻllanilmoqda.
Xedjirlash – bu kelgusida bozor riski va foizlarining oʻzgarish ehtimolini aniqlash va undan himoyalanish maqsadida muddatli sugʻurta kontraktlarni tuzish tizimidir. Bir soʻz bilan aytganda, TBAPBda vujudga kelish ehtimoli boʻlgan risklarni kamaytirish va bartaraf etish hamda moliyaviy yoʻqotishlarning oldini olish maqsadida xedjerlash qoʻllaniladi.
Kurslar (baho)ning oʻzgarishi natijasida vujudga keladigan risklarni sugʻurtalash maqsadida tuzilgan shartnoma ―xedjv‖ boʻlib, xedjerlashni amalga
31
oshirayotgan xoʻjalik subyekti ―xedjer‖ hisoblanadi. Ushbu usul moʻtadil bahoni belgilash va daromad olish yoki moʻljaldagi xarajatni qilish imkoniyatini beradi. Albatta, riskli operatsiyalarni xedjerlash ular bilan bogʻliq risklarni batomam yoʻqotib yuborish imkoniyatini bermaydi, balki ushbu xedjerlashda risk transformatsiyasi yuz berib, vujudga kelishi mumkin boʻlgan riskni vositachi oʻz zimmasiga oladi. Xedjerlashda operatsiyalarning ikkita holati inobatga olinadi: 1) kurs (baho)larning oshishini xedjerlash; 2) kurs (baho)larning pasayishini xedjerlash.
Aktivlarni boshqarishda qoʻllaniladigan sekyuritizatsiyalash mexanizmi 1990-yillarda AQShda vujudga keldi. Sekyuritizatsiyalash juda tez muddatda bank aktivlarini boshqarishda va moliya bozorlarida risklarni pasaytirishda olamshumul ahamiyatga ega boʻldi. Mohiyatiga koʻra sekyuritizatsiyalash, bankka daromad keltiruvchi aktivlarni zudlik bilan sotish imkoniyatini beruvchi obligatsiya yoki boshqa qimmatli qogʻozlarning emissiyasi orqali likvid mablagʻlarga aylantirish tartibidir.
Biroq, sekyuritizatsiyalash aktivlarni boshqarishning bevosita risk bilan bogʻliq usullaridan biri boʻlib, risk darajasining yuqori yoki past boʻlishi emitentning mahalliy va xalqaro moliya bozorlardagi moliyaviy holati va nufuziga bogʻliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham:
ma'muriyatiga murojaat qiling