Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Banklarning joriy likvidliligini baholash


Download 1.01 Mb.
bet24/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Banklarning joriy likvidliligini baholash.



  1. AQSh amaliyoti: JLK= BZ: D Bu yerda:



JLK –joriy likvidlilik koeffitsiyenti BZ - birlamchi zahiralar
D - depozitlar


min: 0,10 yoki 10%



  1. Yaponiya amaliyoti: JLK = (BZ + IZ): D Bu yerda:



JLK – joriy likvidlilik koeffitsiyenti BZ - birlamchi zahiralar


IZ - ikkilamchi zahiralar D - depozitlar


min: 0,30 yoki 30%



  1. Fransiya amaliyoti:



JLK = (LA + Ya30kQA): (JD + Ya30kTM) Bu yerda:


LA –likvidli aktivlar


Ya30kQA- yaqin 30 kun ichida qaytariladigan aktivlar JD joriy depozitlar


Ya30kTM – yaqin 30 kun ichida toʻlanadigan majburiyatlar


min:1,0 yoki 100%.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli ―2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning


42
ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida‖gi va 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonlli ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi Qarorlarida Bazel qoʻmitasining bank nazorati boʻyicha yangi talablarini mamlakat bank amaliyotiga joriy etish boʻyicha aniq vazifalar qoʻyildi.

Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-avgustda 2709-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan) ―Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi hamda Markaziy bankning 2015-yil 13-iyundagi 14/3-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyuldagi 2693-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan) ―Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi yoʻriqnomalari qabul qilindi.


Hozirgi davrda respublika tijorat banklarining likvidligini baholash va boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/14-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida‖gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.


Mazkur Yoʻriqnomaga koʻra, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining joriy likvidligiga nisbatan iqtisodiy meʻyor oʻrnatilgan. Ushbu iqtisodiy meʻyorning eng past darajasi 30% boʻlib, u joriy aktivlarning summasini (toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan bankning likvidli aktivlari va qoʻyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati oʻtgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling