Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


IV. Tijorat banklarining 100% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlariga quyidagilar kiradi


Download 1.01 Mb.
bet33/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

IV. Tijorat banklarining 100% risk darajasiga ega boʻlgan aktivlariga quyidagilar kiradi:

4.1. Korporativ qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar;


4.2. Mijozlarga berilgan kreditlar;


4.3. Asosiy vositalar;


4.4. Boshqa aktivlar.


Quyidagi balansdan tashqari aktivlar yuqori riskli, yaʻni risk darajasi 100 foizga teng boʻlgan aktivlar hisoblanadi:


4.5. Bank tomonidan mijozlarning foydasiga ochilgan taʻminlanmagan akkreditivlar;


4.6. Bank tomonidan berilgan kafolatlar;


4.7. Forvard transaktsiyalari;


4.8. Bank tomonidan berilgan opsionlar va fyucherslar.


Bazel-1 tizimiga binoan risk darajasini oʻlchash standart koeffitsiyentlari aktivlarning keng toifalariga, chunonchi: davlat (suveren), bank va korporativ aktivlarga beriladi. Masalan, korporativ riskni qoplash uchun qarz oluvchining kredit sifatidan qatʻi nazar kapitalga 8% (yaʻni, riskni oʻlchash koeffitsiyentining 100% boʻlgan holda) miqdorida ajratmalar qilish nazarda tutiladi.



Tijorat banklari riskli aktivlari ichida asosiy oʻrinni kreditlar egallaydi. Shu sababli, kredit portfelini boshqarish riskli aktivlarni boshqarish tizimida muhim, oʻziga xos oʻrin egallaydi.


Tijorat bankining kredit portfeli – bu bank tomonidan berilgan va hali qaytarilmagan barcha kreditlarning yigʻindisidir.


Kredit portfeliga muddati oʻtgan kreditlar ham, sharti qayta koʻrib chiqilgan kreditlar ham, sud jarayonidagi kreditlar ham kiradi.


59
Kredit portfelining sifat koʻrsatkichlari:



  1. Muddati oʻtgan kreditlarning normal darajasi:



(Muddati oʻtgan kreditlar: Brutto kreditlar) x100%

Agar ushbu koʻrsatkichning darajasi 3 foizdan oshmasa, u holda kreditlar


boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning darajasi normal hisoblanadi.






  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling