Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklari kredit portfelining risk darajasini oshib ketishining oldini olishda sinalgan, ishonchli yoʻli boʻlib, kredit portfelining diversifikatsiya darajasini taʻminlash hisoblanadi.
- VI. Shuningdek, tijorat banklarining kreditlarini boshqarishda tasniflangan kreditlar tarkibini yaxshilash usulidan ham foydalaniladi.
6.2. 1-jadval
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining regulyativ kapitali, depozitlari va kreditlari hajmi, trln. soʻmda.14
6.2.1-jadvalda keltirilgan maʻlumotlar koʻrsatadiki, 2012-2018-yillarda respublikamiz tijorat banklarining regulyativ kapitali va depozitlari hajmining oʻsish tendensiyasi kuzatilgan. Buning ustiga, 2018-yilda mazkur koʻrsatkichlarning 2012-yilga nisbatan yuqori darajadagi oʻsish surʻatlari kuzatilgan. Bu esa, oʻz navbatida, mazkur davrda kreditlar hajmini yuqori surʻatlarda oʻsishini taʻminlash imkonini bergan. Tijorat banklarining kreditlarini boshqarishda asosiy eʻtibor kredit portfelining risk darajasini pasaytirishga va risk darajasining oshib ketishining oldini olishga qaratiladi. Tijorat banklari kredit portfelining risk darajasini oshib ketishining oldini olishda sinalgan, ishonchli yoʻli boʻlib, kredit portfelining diversifikatsiya darajasini taʻminlash hisoblanadi. ЎР МБ нинг Статистик бюлетени-2018 йил 62 Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining kredit portfelini kreditlarning tarmoq xususiyatiga koʻra diversifikatsiya qilish keng qoʻllaniladi. Bunda me‘yoriy mezon sifatida 25% olingan. Yaʻni, tijorat banki tomonidan berilgan jami kreditlarning 25 foizdan ortiq qismi bitta tarmoqda toʻplanib qolmasligi kerak. VI. Shuningdek, tijorat banklarining kreditlarini boshqarishda tasniflangan kreditlar tarkibini yaxshilash usulidan ham foydalaniladi. Bunda asosiy eʻtibor tasniflangan kreditlar tarkibida shubhali va umidsiz kreditlar salmogʻini pasaytirish hisobidan yaxshi va standart kreditlar salmogʻini oshirishga qaratiladi. Respublikamizda toʻlovlarning maqsadli ketma-ketligi qoʻllanilayotgan hozirgi sharoitda davlat soliq xizmatiga solishtirish dalolatnomasisiz inkasso qoʻyish va soliq toʻlovlarini avans tariqasida undirish huquqining berilganligining tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni oʻz vaqtida undirishga toʻsqinlik qilayotganligi bu boradagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga berilgan xorijiy valyutalardagi kreditlarning qaytmasligi muammosi ham mavjud. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, ―xalqaro moliya institutlarining kreditlari, ayniqsa, loyihalar buyurtmachilari boʻlmish Respublika yoʻl jamgʻarmasi va ―Oʻzkommunxizmat‖ agentligi tomonidan samarasiz ishlatilmoqda. Chunki ularning faoliyatida tizim, nazorat va mas‘uliyat yoʻq‖15. Haqiqatdan ham, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi xatoliklar, suisteʻmolliklar tijorat banklari faoliyatiga va bank infratuzilmasiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltirmoqda. Shu oʻrinda taʻkidlash joizki, 2017-yilning 5-sentabridan boshlab amalga oshirilgan valyuta siyosatini liberallashtirish banklar faoliyati va bank infratuzilmasiga nisbatan salbiy taʻsirni yuzaga keltirdi. 15Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 28-бет. 63 2017-yilning 5-sentabridan boshlab, valyuta siyosatini liberallashtirish talablaridan kelib chiqqan holda, soʻmning 1 AQSH dollariga nisbatan nominal almashuv kursi 8100,00 soʻm qilib belgilandi. Bu esa, bungacha amal qilgan almashuv kursidan qariyb ikki barobar yuqoridir. Natijada, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining importni toʻlash va xorijiy valyutalardan olingan bank kreditlarini qaytarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarining keskin oshishiga olib keldi. Oqibatda, import hajmini qisqarishi va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytara olmaslik ehtimoli kuchaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling