Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


-BOB: TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATI


Download 1.01 Mb.
bet37/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

7-BOB: TIJORAT BANKLARINING KREDIT SIYOSATI



  • 7.1. Bankning kredit siyosati va unga qoʻyiladigan talablar




  • 7.2. Tijorat banklarining kredit siyosatini mezonlari




  • 7.3. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarni daromadliligini oshirish, ularni risk darajasini boshqarishga qoʻyiladigan talablar




  • 7.4. Kredit siyosatida kreditlarni garov ta’minotiga qoʻyiladigan talablar




  • 7.1. Bankning kredit siyosati va unga qoʻyiladigan talablar

Bankni kredit siyosati-kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavvakalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati bilan xodimlarini kreditlar protfelini samarali boshqarishga doir koʻrsatmalar bilan taʻminlovchi hujjatdir. Kreditlash bank ishining oʻzagi boʻlib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin. Iqtisodchilar tomonidan jahon banklarining sinishi (bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish shuni koʻrsatadiki, banklarning sinishiga sabab – bank aktivlari sifatini (eng avvalo kreditlarni) pastligidir. Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bogʻliq boʻlib quyidagi asosiy elementlardan iborat boʻladi:





  • tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati, kreditlashtirish jarayonini mavjudligi;




  • kredit portfelini optimal boshqarishni yoʻlga qoʻyilganligi;




  • kreditlarni muntazam nazorat qilishni tashkil qilinganligi;




  • bank tizimida ishlaydigan xodimlarni tayyorgarlik darajasi.

―Kredit siyosati‖ hujjati kreditlarni boshqarish jarayonini poydevorini tashkil etadi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan ―Kredit siyosati‖ kreditlarni oqilona boshqarishni samarali yoʻllaridan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu hujjat bankni kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan standartlar va parametrlarda


66
kredit berish, qarzlarni hujjatlashtirish va boshqarish boʻyicha maʻsuliyatli boʻlgan bank xizmatchilari qoʻllanma sifatida foydalanishlari lozim.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ―Infilatsion taregetlash rejimiga bosqichma bosqich oʻtish orqali pul kredit siyosatini takomilashtirish toʻgʻrisida‖gi 2019-yil 18-noyabr PF 5877-sonli farmonida 2020-yilning 1-yanvariga qadar pul bozori foiz stavkalariga taʻsir koʻrsatuvchi bozor instrumentlari, shu jumladan Markaziy bank obligatsiyalari, overnayt depozitlar, doimiy tusdagi depozit auksionlari, davlat qimmatli qogʻozlari va xorijiy valyuta garovi ostida kredit auksionlari va overniyt kreditlari‖ni joriy etishni chora tadbirlarini koʻrsatishni taʻminlashni yuklatilgan.


Tijorat banklarini kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishni asosi boʻlib hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarini kredit berish, bankni kredit portfelini boshqarish bilan bogʻliq, obyektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini toʻgʻri tuzish va olib borish, barcha boʻlimlar tomonidan bu siyosatni maqsadini aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini toʻgʻri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini toʻgʻri aniqlashga asos hisoblanadi.


Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni kamaytirishga (qulay) yaxshi imkon beradi.


Kredit siyosatini zarurligi shundaki, bankni katta yoki kichikligidan, unda kam yoki koʻp xodim ishlashidan qatʻi nazar, bankda bu siyosat boʻlishi lozim. Chunki bu siyosat kredit boʻyicha unifisirlashgan umumiy qoida va tamoyillarni bajarilishini, operatsiyalar bajarilishini ketma-ketligini taʻminlaydi. Bankni kredit siyosati bankni hamma xodimlari – kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil boʻlishi lozim. Shuning uchun ham, kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va yechimlar toʻplami deyiladi.


Kreditlash siyosati va uning samaradorligi toʻgʻri kredit narxlari belgilangan sharoitda muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin.


Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarini mablagʻlarini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini aniq bilishi lozim.


67
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, kimga, qaysi sharoitlar bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning shunday turlari borki, bank kredit bera turib ular boʻyicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun xar bir faoliyat risk bilan bogʻliq ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bankni kredit siyosati uni faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavfli holatlarni oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar oʻrtasidagi nisbatni, bank majburiyatlari bilan kapitali oʻrtasidagi va boshqa koʻrsatkichlarni meʻyorida boʻlishini taqazo etadi. Oqilona kredit siyosati beriladigan kreditlarni sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit siyosatini asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarni yetarliligi, risklarni sifat darajasi boʻyicha turkumlashuvi, kredit portfelini balansi, majburiyatlarni tarkibiy qismlarini ajratish kabi elementlarini oʻz ichiga olmogʻi lozim.

Bank kredit siyosatini mazmuni quyidagilardan iborat:





  • Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori, sifati va boshqalar) masalalari;




  • Bank raiskining kredit faoliyati uchun javob beradigan oʻrinbosar, kredit qoʻmitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar roʻyxati (eng koʻp kredit summasi va turlari);




  • Bankni kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish boʻyicha jami majburiyatlari;



Kreditlar boʻyicha arizalarni tekshirish va tegishli qaror chiqarish bayoni;



  • Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida shartnoma va boshqalar);




  • Kredit hujjatlarini saqlanishi va tekshirilishi uchun maʻsul xodimning javobgarligi, (kim va qanday holatda ularni olish huquqi);




  • Kreditni taʻminlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishni asosiy tartibi;

  • Barcha kreditlarni sifatini belgilaydigan meʻyorlar bayoni;

68

  • Eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va koʻrsatish (yaʻni kredit summalari va bank yalpi aktivlariga eng yuqori nisbati);




  • Bank xizmat koʻrsatadigan mintaqa, kredit qoʻyilmalarining asosiy qismi, joriy etiladigan tarmoq, sohasi yoki sektorlari;

  • Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili.

Qolgan hujjatlarda taʻqiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari tavsiflanadi. Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha darajalarda meʻyorida amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga toʻgʻri qarorlar chiqarish, ortiqcha risklardan xolos boʻlish, bank kreditlarini toʻgʻri baholash


imkoniyatini beradi.


Bankning kredit siyosati bank resurslari, ularni joylashtirilish bilan chambarchas bogʻliq. Bank resurslarini asosiy qismini jalb qilingan mablagʻlar, jumladan yuridik va jismoniy shaxslarni depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan resurslar ichida banklararo kredit xam alohida oʻrinni egallaydi. Depozitlar boʻyicha belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank tomonidan beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bogʻliq boʻladi. Kredit siyosatini aniq va mukammal tayyorlash va izohlash xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy tashkil etish uchun asos boʻlib hisoblanadi. Bank tomonidan toʻplangan resurslarni toʻgʻri va oqilona joylashtirish bankning kredit siyosatini sifatiga bogʻliq boʻladi. Kredit siyosati sifatiga va xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini toʻgʻri joylashtirish va oldindan koʻzlangan daromad olish imkoniyatini beradi.




1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling