Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Tijorat banklarining kredit siyosatini mezonlari
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
7.2. Tijorat banklarining kredit siyosatini mezonlari
Har qanday tijorat bankining kredit siyosatining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat boʻladi: kredit qoʻyilmalari hajmining oʻsishini, riski yuqori boʻlgan operatsiyalarni odilona diversifikatsiyasini, oʻrta va uzoq muddatli kredit qoʻyilmalar hajmining koʻpaytirilishini va ularning samaradorligini taʻminlashga yoʻnaltirilgan boʻladi. Shuningdek, kredit siyosati investitsion kreditlar salmogʻini oshirish, imkon darajada iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ishlab chiqarish 69 korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kabi asosiy yoʻnalishlarini ham oʻz ichiga qamrab olishi lozim. Kredit siyosati bankning oʻziga xos ―kredit manbai‖ni yaratadi va u bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari oʻzgarganda bankning huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qatʻi kredit siyosati asosida berilgan bank kreditlari umumiy kreditlash faoliyatini rivojlanishi va kreditlarni samarali ishlashi uchun zamin yaratadi. Bankning kredit siyosati qoidalariga rioya etishning asosiy maqsadlari: foyda olishni taʻminlash, risklarni boshqarish bank faoliyati meʻyorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi. Barcha talablar darajasida ishlab chiqilgan kredit siyosatiga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos boʻladi. Bu esa oʻz navbatida, uning qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini koʻpaytiradi va faravonligini oshiradi. Tijorat bankini kredit siyosatida kredit portfelini boshqarishning asosiy yoʻnalishlari qilib quyidagilar belgilab olinadi: kredit risklari darajasiga taʻsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash,ularni baholash va bartaraf etish; qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy axvolini aniqlash kredit riskini bashorat qilish; muammmoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni soʻndirish choralarini ishlab chiqish; kredit qoʻyilmalarini diversifikatsiya qilish, ularni likvidliligini va daromadliligini taʻminlash; kredit olgan mijoz bilan doimo aloqada boʻlib turish; kichik va oʻrta tadbirkorlikni, dehqon va fermer xoʻjaliklarni moliyaviy qoʻllab quvvatlash. Bank tomonidan, xoʻjalik subyektlarini aylanma mablagʻlari yetishmasligi, mavjud mablagʻlarni meʻyoridan ortiqcha tayyor mahsulot qoldiqlariga jalb qilinishi, mablagʻlarni tayyor mahsulot sifatida qotirib qoʻyish sabablarini oʻrganib borishi, zararga ishlayotgan va bankrotlik alomatlari koʻzga tashlanayotgan 70
Kredit siyosatida bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlash va belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari boʻyicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qoʻylmalarni moliyalashtirish va boshqa tarmoqlarga kredit berish, kredit turlari boʻyicha: ―kredit liniyalarini ochib va ochmay‖ kreditlash yoki kreditlashning boshqa usullarini qoʻllashni belgilab berishi mumkin. Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim, kredit xodimlari kredit portfelidagi barcha maʻlum boʻlgan salbiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida rahbariyatni xabardor qilishi lozim. Qarzdor yoki garovchining ahvoli yomonlashishini oldindan aniqlash ehtimoliy yoʻqotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati kreditlarning barcha toifalari boʻyicha ―toʻlovsizlik‖ tushunchasining aniq ifodalanishi, foizlarni oʻstirmaslik mezonlari, shuningdek, bank boshqaruvi va Kengashini tegishli hisobotlariga nisbatan talablarni oʻz ichiga olishi lozim. Kredit siyosatida qarzlarni qaytarishga doir izchil, bosqichma-bosqich chora-tadbirlar koʻrilishini talab qilish kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi aʻzolariga yuklatilgan. Odatda tijorat bankini kredit siyosatining yoʻnalishlari quyidagilardan tashkil topadi: bankning oʻrni va obroʻsini moliyaviy-borqaror banklar singari yaxshilash; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga muvofiq darajada oʻz kapitalining yetarliligini taʻminlash; bankni samaradorligi va barqarorligini qoʻllab-quvvatlagan holda uni daromadlarini maksimallashuvini taʻminlovchi aniq kredit va investitsiya siyosatini oʻtkazish; 71
strategik jihatdan muhim boʻlgan shahar tumanlarida yangi omonat kassalarini ochish bilan bogʻliq boʻlgan bank tarmogʻini kengaytirish. Kreditlash jarayonida bank siyosati bank oldidagi majburiyatlarni bajara oladigan yangi mijozlarni kredit resurslari bilan taʻminlash, yuqori sifat darajasidagi kreditlarni taqdim etishni kengaytirish hisoblanadi. Tijorat banki foydaliligini hisobga olgan holda xalqaro standartlar miqyosida mijozlarga sifatli kredit xizmatini taqdim etishga erishiladi. Shuning uchun bank kredit siyosatini asosiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan: kreditlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishni barcha darajalari boʻyicha javobgarlikni taqsimlash; bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari uchun aniq belgilangan shartlarning mavjudligi; maxsus kreditlash tamoyillari – muddatlilik, toʻlovlilik, qaytarib berishlilik, taʻminlanganlik va rentabellik asosida beriladigan kreditlarni nazorat qilish; bank boshqaruvini umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat yoʻnalishlari siyosati (yaʻni depozitlar boʻyicha, investitsiya boʻyicha, aktivlar va passivlarni boshqarish boʻyicha va hokazo)ning uzviy bogʻliqligi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling