Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish
Download 1.01 Mb.
|
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча
Quyidagi chora-tadbirlarni:
21
naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida toʻlovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy qilish va tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanmani qisqartirish; bank kassalariga naqd pul tushumlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida‖gi qarorida bir qator vazifalar belgilandi: Tijorat banklarini ularga xos boʻlmagan funksiyalardan ozod qilish maqsadida tijorat banklarining quyidagi vazifalari bekor qilindi: xoʻjalik yurituvchi subyektlarining muddati oʻtgan debitor va kreditor qarzdorligi shakllanishi ustidan nazorat qilish; xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan olingan naqd pullarni maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bekor qilish; II. Tijorat banklari faoliyatiga umumeʻtirof etilgan zamonaviy meʻyorlar, standartlar va baholash koʻrsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash koʻrsatkichlarini yanada takomillashtirish. III. Bank nazoratining xalqaro prinsiplari asosida tijorat banklari kapitalining yetarliligi, likvidliligi va barqarorligi boʻyicha talablarning bajarilishini taʻminlash; IV. Bazel qoʻmitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish; V. Banklarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish va banklarni ilgʻor bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish; VI. Aholining bank-moliya xizmatlari sohasida moliyaviy savodxonligini va huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish; 22
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi ―Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida‖gi PQ-3272-sonli Qarorida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish (oʻrta muddatli); majburiy zahira talabnomalarini takomillashtirish, ochiq bozorda REPO operatsiyalarini amalga oshirish; isteʻmol baholari indeksini hisoblashni takomillashtirish; inflyatsiyaning omilli tahlilini amalga oshirish; pul-kredit siyosatining shaffofligini oshirish tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishi; pirovard natijada, tijorat banklari faoliyatining barqarorligini oshirish imkonini beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzyoyev 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojatnomasida, Oʻzbekiston bank tizimini yangi xalqaro darajaga koʻtarish uchun quyidagi strategik vazifalar belgilab berildi5: 2020-yildan boshlab har bir bankda keng koʻlamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi va bu borada banklarning kapital resurs bazasi hamda daromadlarini oshirishga alohida eʻtibor qaratish. Bank tizimida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlaydigan ―loyihalar fabrikasi‖ faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Banklarning xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishini yoʻlga qoʻyish. Yuqoridagi meʻyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar va chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi tijorat banklari aktivlarining sifatini oshirish va passivlarining barqarorligini taʻminlash imkonini beradi. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил24 янарвдаги Олий Мажлисга Мурожатномаси. ―Халқ сўзи‖ 2020 йил 24 январ 23 Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling