Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini


Download 1.01 Mb.
bet39/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

7.3. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini



oshirish, ularning risk darajasini boshqarishga qoʻyiladigan talablar

Tijorat banklarini kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish va ularning risk darajasini boshqarishni takomillashtirishga alohida eʻtibor qaratiladi.


Kreditlarning daromadliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar va ularni prognoz darajalari kredit siyosatida aniq koʻrsatilishi kerak.


Tijorat banklari kreditlarining daromadliligini baholashda quyidagi koʻrsatkichlardan keng foydalaniladi:


1. Xar bir soʻmlik kredit qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi.


72
Ushbu koʻrsatkichni hisoblash uchun kreditlardan olingan foizli daromadlar summasi kredit qo‘yilmalari summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga koʻpaytiriladi.


Shunisi xarakterliki, ushbu koʻrsatkichning meʻyoriy darajasini mavjud emasligi. Shu sababli, uni baholash uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlili usulidan foydalaniladi. Ushbu usuldan foydalanganda, birinchidan, xar 1 soʻmlik kredit qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi boshqa banklarning shu koʻrsatkichi bilan taqqoslanadi; ikkinchidan, ushbu koʻrsatkichni joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi.





  1. Tijorat banklari kredit qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻati oʻrtasidagi mutanosiblik koʻrsatkichi.

Mazkur koʻrsatkichdan foydalangan holda, tijorat banklari kredit


qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻati oʻrtasidagi mutanosiblikni mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun kredit qoʻyilmalarining oʻsish surʻati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻati har biri tahlil davri uchun taqqoslanadi. Agar kredit qoʻyilmalarini oʻsish surʻati kreditlardan olingan foizli daromadlarning oʻsish surʻatidan baland boʻlsa, mazkur ikkala koʻrsatkich oʻrtasidagi mutanosiblik taʻminlanmagan hisoblanadi.





  1. Kreditlardan olingan foizli daromadlarni tijorat banki yalpi daromadi hajmidagi salmogʻini oʻzgarishi.

Kreditlar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida eng yuqori salmoqni egallaydi. Shu sababli, kreditlardan olingan foizli daromadlarni tijorat banki yalpi daromadi hajmidagi salmogʻi ham yuqori boʻlishi lozim.


Odatda, kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi hajmidagi salmogʻi kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmogʻiga mutanosib boʻlishi shart.


Kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdorini qisqa muddatli davriy oraliqlarda keskin tarzda oʻsishi ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, mazkur daromadlarni keskin oʻsishi kreditlarning foiz stavkalarini yoki kredit qoʻyilmalarini


yuqori surʻatlarda oʻsishi natijasida xosil boʻladi.

73
Tijorat banklarini Kredit siyosatida kreditlarni daromadlilik darajasini taʻminlash masalasi kreditlarni risk darajasini boshqarish masalasi bilan birga koʻrib chiqiladi.


Kreditlarni risk darajasi va daromadliligi oʻrtasida toʻgʻri mutanosiblik mavjud. Yaʻni, kreditning foiz stavkasi qanchalik yuqori boʻlsa, uning risk darajasi shunchalik yuqori boʻladi.


Kredit siyosatida kredit riskini baholash mezonlari va boshqarish usullari oʻzining aniq ifodasini topgan boʻlishi kerak.


Xalqaro bank amaliyotida kredit riski darajasiga baho berish uchun quyidagi uch koʻrsatkichdan keng foydalanilmoqda:





  1. Muddati oʻtgan kreditlarni brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi. Ushbu koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi 3% qilib belgilangan.

Agar muddati oʻtgan kreditlarni brutto kreditlar hajmidagi salmogʻi 3 foizdan

oshmasa, u holda, berilgan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik meʻyoriy hisoblanadi.





  1. Muddati oʻtgan kreditlarni yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy darajasi. Ushbu koʻrsatkichni yuqori meʻyoriy darajasi 5% qilib belgilangan.




  1. Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari

darajasi.


Ushbu koʻrsatkichni hisoblash uchun kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari summasi tijorat banki aktivlarining oʻrtacha summasiga boʻlinadi.


Mazkur koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi qilib 1% belgilangan. Respublikamiz tijorat banklarini kreditlash amaliyotidagi ayrim muammolarni


mavjudligi koʻzga tashlanmoqda. Xususan, mamlakatimiz bank tizimida kreditlash shakllaridan toʻlaqonli tarzda foydalanilmayotganligi, mijozlarni kreditga layoqatliligi baholash tizimida sezilarli kamchiliklarni mavjudligi, tijorat banklari kredit siyosatini tadqiqot qilishini, kredit siyosati asosida kreditlash jarayonini olib borish asoslarini oʻrganishini, kredit riski va uni boshqarish, kreditlash jarayonidagi boshqa mavjud


kamchiliklarni aniqlash xamda ularni bartaraf etish yoʻllarini amalda qoʻllagan xolda


74
banklar tomonidan beriladigan kreditlarni samaradorligini oshirish mumkinligini taqazo etadi .


Ikkinchi guruhga, kreditlash jarayonida mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashdagi tashkiliy va iqtisodiy muammolarni kiritish mumkin. Tashkiliy muammolarga kredit oluvchini kreditga layoqatliligini aniqlashda kredit ta‘minotining obyekti va uning likvidligini aniqlashdagi muammolarni kiritish mumkin. Aksariyat holatlarda bank mutaxassislari mijozning toʻlovga qodirligini kredit ta‘minotining mavjudligini inobatga oladi. Biroq, kredit taʻminotini kreditni qaytishini asosiy omili ekanligini inobatga olmaydilar va uning likvidligini kredit muddatiga nisbatan aniqlamaydilar. Natijada mijoz kreditni qaytara olmasa bank tomonidan kredit ta‘minotining musodara qilinishi tijorat banki uchun oʻziga xos unumsiz sarflarni keltirib chiqaradi.


Ushbu muammolar natijasida tijorat banklarini kreditlar hisobidan olingan daromadlarni tushishiga, daromadni pasayishi natijasida bank likvidliligiga salbiy taʻsir qilishi, muammoli kreditlarni koʻpayishi natijasida tijorat bankini nosogʻlom bank maqomini olishiga xam olib keladi.


1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling