Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet41/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

3. Garov obyektini baholash.

1. Garov obyekti bozor bahosida baholanishi kerak.


Ammo bank garov obyektini sotayotganda uning bozor bahosi oʻzgarishi mumkin. Yoki bozor bahosida sotib oladigan xaridor topilmaydi. Natijada bank garov obyektini bozor bahosidan past narxda sotishga majbur boʻladi.





  1. Garov obyekti davriy ravishda qayta baholanib turilishi lozim.




  1. Garov obyekti qiymatini baholash tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

76
4. Garovni baholashda uni baholash va sotish xarajatlari hisobga olinishi

kerak.



4. Koʻchmas mulkni baholash usullari.


4.1. Xarajat usulida yer uchastkasini sotib olish va kelgusida amalga oshiriladigan qurilish xarajatlari hisobga olinadi. Bunda investor oladigan daromad miqdori ham hisobga olinadi. Aniqlangan qiymatdan eskirish summasi ayirib tashlanadi.


4.2. Bozor usulida kuchmas mulkni bozorda sotilish bahosi hisobga olinadi. Lekin bunda bozor bahosiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Chunki, birinchidan, bir-biriga 100% oʻxshaydigan obyektlar juda kam; ikkinchidan, mulkni haqiqiy bozor bahosini faqat uni sotganda bilish mumkin.


4.3. Daromad usulida ushbu koʻchmas mulkni kelgusida foydalanish natijasida olinadigan sof daromad miqdori hisobga olinadi.

Ushbu usuldan foydalanishda quyidagi maʻlumotlarga eʻtibor qaratiladi:


– xuddi shunday obyektni ijaraga berishdan olinayotgan daromad;


– obyektning bekor turib qolishi natijasida koʻriladigan yoʻqotishlar;


– obyektni boshqa maqsadlarda ishlatish natijasida olinadigan daromadlar.




5. Kafolat xati va sugʻurta polisi.

Bank ajratilgan kreditning qisman yoki toʻligʻicha qaytarilmasligining oldini olish yuzasidan toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan moliyaviy barqaror sugʻurta kompaniyalarining sugʻurta polisini qabul qilishi mumkin. Bank, Qarzdor va Sugʻurta kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan Sugʻurta shartnomasida kredit qaytarilmagan taqdirda Sugʻurta kompaniyasining majburiyatlari aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.


Bundan tashqari, qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hamda toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan tijorat banki va Sugʻurta kompaniyalarining kredit qaytarilishini taʻminlovchi Kafolat xatini taqdim etishi mumkin. Tijorat banki tomonidan taqdim etilgan kafolat xati ushbu tijorat bankining Boshqaruv raisi yoki u vakolat bergan oʻrinbosarlari hamda bosh muhosibi tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi shart. Agar, kafolat berish xuquqi filial


77
vakolatiga berilgan boʻlsa, u holda bunday vakolat beruvchi hujjat nusxasi bilan filial boshqaruvchisi va bosh muhosibi tomonidan imzolangan va muxrlangan kafolat xati qabul qilinishi mumkin.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling