8.2. Kredit portfelining sifatini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari kredit portfelining sifatini baholashda quyidagi koʻrsatkichlardan foydalaniladi:
Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari darajasi (KKZQMZAD).
KKZQMZAD = (ZAS / BAOʻS) x 100% (1)
bu yerda:
ZAS – zahira ajratmalari summasi;
BAOʻS – bank aktivlarining oʻrtacha summasi.
Ushbu koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy darajasi 1,0 foizni tashkil etadi.
83
Kreditlardan koʻrilgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zahira ajratmalari darajasi koʻrsatkichining meʻyoriy darajadan yuqori boʻlishi tijorat banki tasniflangan kreditlar tarkibining yomonlashganligidan dalolat beradi.
2. Muddati oʻtgan kreditlarning moʻtadil darajasi (MOʻKMD).
MOʻKMD = (MOʻKS / BK) x 100%
|
(2)
|
bu yerda:
MOʻKS – muddati oʻtgan kreditlarning oʻrtacha summasi; BK – brutto kreditlar.
Mazkur koʻrsatkichning yuqori meʻyoriy chegarasi 3,0 foiz qilib belgilangan.
Muddati oʻtgan kreditlarni yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan chegaraviy
darajasi.
Ushbu koʻrsatkich 2-formula orqali hisoblanadi va uning yuqori meʻyoriy darajasi 5,0 foizni tashkil etadi.
Har bir soʻmlik kredit qoʻyilmasiga toʻgʻri keladigan daromad darajasi
(KOFDS : KQS) x 100%
Bu yerda:
Do'stlaringiz bilan baham: |