Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bektemirov a., Omonov a. A., Xaydarov z. Sh., Niyozov z. D. Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish


Download 1.01 Mb.
bet42/142
Sana14.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1092889
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА лотинча

Qisqacha xulosalar

Bankning kredit siyosati - kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavvakalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati bilan xodimlarining kreditlar protfelini samarali boshqarishga doir koʻrsatmalar bilan taʻminlovchi hujjatdir. Kreditlash bank ishining oʻzagi boʻlib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin.


―Kredit siyosati‖ hujjati kreditlarni boshqarish jarayonining poydevorini tashkil etadi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan ―Kredit siyosati‖ kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yoʻllaridan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning kreditlashtirish faoliyatini andozalari va parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan standartlar va parametrlarda kredit berish, qarzlarni hujjatlashtirish va boshqarish boʻyicha maʻsuliyatli boʻlgan bank xizmatchilari qoʻllanma sifatida foydalanishlari mumkin.


Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha darajalarda meʻyorida amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga toʻgʻri qarorlar chiqarish, ortiqcha risklardan xolos boʻlish, bank kreditlarini toʻgʻri baholash imkoniyatini beradi.


Bankning kredit siyosati qoidalariga rioya etishni asosiy maqsadlari: foyda olishni taʻminlash, risklarni boshqarish, bank faoliyati meʻyorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi.


Tayanch soʻz va iboralar

Kredit siyosati, kreditlash, kredit portfeli, andozalar, parametrlar, qarzlarni hujjatlashtirish, kredit faoliyatini maqsadi, kredit siyosatinng zarurligi, kredit


78
ta‘minoti, muammoli kredit, kredit risklari, kreditga layoqatlilik, kafolat xati va sugʻurta polisi.
Oʻz-oʻzini nazorat qilish va muhokama uchun savollar



  1. Bankning kredit siyosati tushunchasi.




  1. Bank kredit siyosatining ustuvor yoʻnalishlari.




  1. Banklarning kredit siyosatiga qoʻyilgan talablar.




  1. Tijorat banklarini kredit siyosatining mezonlari.




  1. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish.




  1. Banklari kredit siyosatida kreditlarning risk va daromadlilik darajalari oʻrtasidagi mutanosiblikni taʻminlash masalalari.




  1. Tijorat banklari kredit portfelini diversifikatsiya qilish mezonlari.




  1. Universal va ixtisoslashgan tijorat banklari kredit siyosatining oʻziga xos xususiyatlari.




  1. Kredit siyosatida kreditlarning garov taʻminotiga qoʻyiladigan talablar.




  1. Kredit siyosatida kreditlarning monitoringiga qoʻyiladigan talablar.




  1. Tijorat banklari kredit siyosatining samaradorligini baxolash.

79


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling