Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
-modda. Banklarni ro‘yxatga olishni va ularga litsenziya berishni rad etish asoslari
Download 0.53 Mb.
|
akamning amalyot hisoboti
13-modda. Banklarni ro‘yxatga olishni va ularga litsenziya berishni rad etish asoslari
Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin: bankni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi; ta’sis hujjatlarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligi; bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi; muassislar moliyaviy mablag‘larining manbalari e’lon qilinmaganligi; bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘lanmaganligi; bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga nomuvofiqligi. Oldingi tahrirga qarang. Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi. Bunda bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak. Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi. Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda bankni ro‘yxatga olishni va litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ro‘yxatga olishni va litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bankni ro‘yxatga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. (13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 77, 771-bandlari. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling