30-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar hujjatlarni Markaziy bank belgilagan tartibda va muddatda o‘z idoraviy arxivlarida saqlashlari shart.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Tijorat banklari faoliyatida vujudga keladigan hujjatlarni saqlash muddatlari ro‘yxatini qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar (ro‘yxat № 951, 26.07.2000-y.).
31-modda. Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishning Markaziy bank belgilagan tartibiga rioya qilishlari shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.).
Bankning barcha xizmatlari bank aksiyadorlari va boshqa mijozlarga teng shartlar asosida ko‘rsatiladi.
32-modda. Banklararo operatsiyalar
Banklar shartnoma asosida mablag‘larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni bajarishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”.
Do'stlaringiz bilan baham: |