Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish


Download 0.53 Mb.
bet20/36
Sana31.07.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1663973
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
akamning amalyot hisoboti

26-modda. Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish
Banklarning o‘ziga aloqador bo‘lgan shaxslar bilan yoki ular nomidan tuzadigan shartnomalari o‘ziga aloqador bo‘lmagan shaxslar bilan tuzadigan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslansa, ularning bunday shartnomalarni tuzishi taqiqlanadi.
Markaziy bank bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish, jumladan ularga kreditlar ajratish yuzasidan cheklovlar belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qarori bilan tasdiqlangan Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi Nizom.
Quyidagi shaxslar:
bankning mansabdor shaxsi, jumladan bank kengashining a’zosi, shu bankning boshqa xodimlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismiga egalik qilib turgan bank aksiyadorlari;
ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdoridan ortiq qismiga egalik qilib turgan aksiyador yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 53-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi 24-sonli “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
(26-moddaning uchinchi qismi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
bank yuridik shaxslarning qatnashchisi bo‘lib, ularning ustav kapitalidagi ulushi o‘n foizdan ortiq bo‘lsa, mazkur yuridik shaxslar, ularning mansabdor shaxslari va bu shaxslarning yaqin qarindoshlari bank bilan aloqador shaxslar deb hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilgan shaxslarning biri bilan aloqador bo‘lgan shaxs ularning har biri bilan aloqador deb hisoblanadi.
Bank bilan aloqador shaxsga kredit, shuningdek bank bilan aloqador shaxs uchun kafolatlar ushbu modda talablarini hisobga olgan holda bank kengashining qaroriga ko‘ra berilishi mumkin.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling