Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi


Korxona buxgalteriyasi, buxgalteriya apparati strukturasi, bosh hisobchining va buxgalterning funksional vazifalari bilan tanishish


Download 339.97 Kb.
bet5/10
Sana08.03.2023
Hajmi339.97 Kb.
#1252060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Atakulov J

4.Korxona buxgalteriyasi, buxgalteriya apparati strukturasi, bosh hisobchining va buxgalterning funksional vazifalari bilan tanishish.
Jamiyat buxgalteriya hisobi ning raxbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatlarini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb etilgan buxgalter xizmatidan foydalanish, buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslaxatchilari tashkilotlari va ustavid buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash shakillaridan birini qo’llagan holda korxona buxgalteriyasini yuritadi.
Buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyati natijasida sodir bo’layotgan barcha operatsiyalar hujjatlar asosida qayd qilinib boriladi. Xo’jalikda operativ rahbarlik va mablag’lar harakatini nazorat qilish uchun shu ma'lumotlardan foydalaniladi. Lekin tuman, viloyat va respublikamiz tarqqiyotini belgilash uchun har bir xo’jalikning joriy hisob ma'lumotlari xali yetarli emas. Chunki har bir xo’jalik buxgalteriya hisobi ma'lumotlari , faqat shu xo’jalik mulki bo’lgan mablag’lar holati va ularning manbaalarini ifodalaydi. Misol «asosiy vositalar» schyoti shu xo’jalikda qancha so’mga qanday turdagi asosiy vositalar borligini, ularning operatsiyalari natijasida qanday o’zgarganligini, "Materiallar" schyoti esa shu xo’jalikda qancha so’mlik va qanday turdagi,qancha xom-ashyo materiallar borligini va ularning harakatini bildiradi.
Xo’jalikka yaxshi rahbarlik qilish uchun, bu yil xom-ashyo materiallarimiz zahirasi utgan yildagidan ko’pmi yoki kammi, shuningdek ishlab chqarish xarajatlari va uning oy, yilda qancha va o`tgan oy, yilda qancha edi , ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’paydimi , qaysi turlari ko’paydi , tayyor mahsulotlar qanday sotilayapti , ulardan qaysi turlarini ishlab chqarish foydalirok va hokazolar. Bu savollarga biror xudud bo’yicha javob olish uchun buxgalteriya hisobotlarini umumlashtirish zarur.Chunki shu kabi savollarga uxshash xalq xo’jaligiga rahbarlik qilish uchun kerakli bo’ladigan ko’pgina ma'lumotlarni beradi.
Jamiyat rahbarlari hisobot ma'lumotlari asosida faoliyat natijalarini , mablag’larning joylanish , debitor qarzlarning o’zgarishini va shu kabi ko’rsatkichlarni o`rganadi. Jamiyat xodimlari uchun mehnat haqi va iqtisodiy rag`batlantirishni yaxshilash uchun daromadlilik holati va uning o’zgarishi qiziqarli.
Mol yetkazib beruvchilar , kreditorlar , banklar buxgalteriya hisobotlari ma'lumotlari asosida korxonaning to’lovga layoqatligini , moliyaviy barqaror rivojlanayotganligini tahlil qiladi.
Shuning uchun ham buxgalteriya hisoboti ma'lumotlari haqqoniy real voqeani (summani) aks ettirishi, daromad va xarajatlar hisobot davriga mos bo’lishi, hisobot ma'lumotlari o’zaro taqqoslama bo’lishlari, hamda uz muddatida tuzilgan bo’lishi lozim.
Mamlakatimizda “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonunning 11-moddasiga muvofiq xo`jalik yurutuvchi subyektlarda Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi . Jamiyatlar buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish , buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga ( auditorlik tashkilotlari , soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha xizmat ko`rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar ) shartnoma asosida yuklash shakllaridan birini qo`llagan holda korxona buxgalteriyasini yuritadi.
”Pastdar’gom meva-sabzavot” MCHJda buxgalteriya hisobini yuritishda O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari , yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlariga asoslangan holda amalga oshiriladi , xususan :

  • O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni ;

  • O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy standartlari ;

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to`g`risida” gi qarori ;

  • Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulaot (ishlar , xizmatlar ) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to`g`risida” gi Nizom ;

  • O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya Vazirligidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartlari , jumladan ( 21- BXMS ) ”Xo`jalik yurituvchi sub`yektlarning moliyaviy xo`jalikfaoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma “ ;

  • Boshqa me`yoriy huquqiy hujjatlar asosida yuritiladi .



Download 339.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling