Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


 Aholi tarkibi statistikasi


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

 
11.2. Aholi tarkibi statistikasi 
 
Aholining umumiy soni muhim statistik ko‘rsatkich bo‘lib, juda ko‘p iqtisodiy 
jarayonlarda foydalaniladi. Lekin aholi statistikasining vazifalaridan biri, uning 
tarkibini ham o‘rganishdir. Aholining tarkibi quyidagi belgilari bo‘yicha o‘rganiladi: 
umumdemografik belgilar (jinsi, yoshi, oilaviy holati), milliy tavsifi bo‘yicha (millati, 
ona tili); aholining madaniy – ma’rifiy darajasini tavsiflovchi belgilar bo‘yicha 
(ma’lumot va shu kabilar); aholining ijtimoiy tarkibini tavsiflovchi va boshqa belgilari 
bo‘yicha. 
Umuman statistika yangi tug‘ilgan chaqaloqlar orasida, o‘g‘il bolalar ko‘proq 
tug‘ilishini ko‘rsatadi. Lekin ular ulg‘aya borgan sari, o‘zaro tenglashib boradi. 
Aholining jinsiy tarkibiga jamiyatda bo‘lgan turli xil jarayonlar ham ta’sir etadi. 
Ikkinchi jahon urushi ta’siri natijasida 1959 yilda Respublika aholisi tarkibining 48% 
ni erkaklar; 52% ni ayollar tashkil etgan. Keyingi yillar bu nisbatlar baravarlashmoqda. 
Hozirgi vaqtda aholi tarkibida erkaklar- 50,1% ni, ayollar – 49.9 % ni tashkil etadi. 
Statistika aholining yoshini quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganadi: 
3 yoshgacha; 3 yoshdan 7 yoshgacha; maktab yoshidagilar (7-17 yosh); 18 va 
undan katta yoshdagi aholi; nafaqaxo‘rlar (55 va undan yuqori yoshli ayollar, 60 va 
undan yuqori yoshli erkaklar). 


150 
Respublikamiz aholisining 2/3 qismini bolalar va yoshlar tashkil etadi. Bu 
ma’lumotlar mamlakatimiz juda katta mehnat potensialiga ega ekanligini va u yildan – 
yilga ko‘payib borayotganligini ko‘rsatadi. 
Aholining oilaviy holati qayd qilingan nikohlar va nikohdan ajralishlar soni 
bilan tavsiflanadi. O‘zbekiston jahonda eng yuqori nikoh darajasi va oila ajralishining 
eng past darajasi kuzatilgan mamlakatlardan biridir. Statistikada nikohdan o‘tganlar va 
nikohdan ajralishlar koeffitsientlari hisoblanadi. Nikohdan o‘tganlar koeffitsienti (Nk) 
nikohdan o‘tganlar sonini (NO’) 1000 ga ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lib 
topiladi. 
soni
rtacha
o
Aholining
soni
tganlar
o
Nikohdan
Nk
`
1000
`


Nikohdan ajralishlar koeffitsienti (Ak) nikohdan ajralganlar sonini 1000 ga 
ko‘paytirib, aholining o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi. 
soni
rtacha
o
Aholining
soni
ar
ajrashganl
Nikohdan
Ak
`
1000



Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling