Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hudayberdiev umar


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/196
Sana14.09.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1677953
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   196
Bog'liq
173 Statistika U Hudayberdiyev O\'quv qo\'llanma 2019

11.2 – jadval 
Yillar 
Tug‘ilgan 
lar soni 
ming 
kishi 
O‘lganlar 
soni ming 
Kishi 
Aholining 
tabiiy 
o‘sishi 
ming kishi 
Aholining 1000 kishi hisobiga 
Tug‘il 
ganlar 
soni 
O‘lgan 
lar soni 
Aholining 
tabiiy o‘sishi, 
kishi 
1980 
540,0 
118,9 
421,1 
33,9 
7,5 
26,4 
1990 
691,6 
124,5 
567,1 
33,7 
6,1 
27,6 
2000 
532,1 
135,2 
397,9 
22,1 
6,1 
16,0 
2005 
538,0 
139,0 
399,0 
20,5 
5,3 
15,2 
2015 
734141 
152035 
582106 
23,6 
4,9 
18,7 
2016 
726200 
154800 
571400 
22,8 
4,9 
17,9 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki tug’ulganlar mutloq soni va tabiiy 
o’sish soni ko’paymoqda, lekin promileda hisoblangan nisbiy miqdorda tabiiy o’sish 
koeffisenti 1980- yilgi 33,9 kishidan 2016-yil 22,8 kishigacha pasaygan. 
Aholining hayotiyligi koeffitsienti tug‘ilganlar sonini shu davrda o‘lganlar 
soniga nisbati bilan topiladi. Bu ko‘rsatkich tug‘ilganlar o‘lganlardan necha baravar 
ko‘p degan savolga javob beradi. 
soni
O`lganlar
soni
ar
Tug`ilganl

Hk
Hayotiylik koeffitsientini tug‘ilish koeffitsientini o‘lish koeffitsientiga bo‘lib 
ham topiladi; bunda natija 1 dan katta bo‘lsa. 
(
к
O
Тк
`
> 1 dan) aholida tabiiy o‘sish bo‘lgan, agarda


153 
1 dan kichik bo‘lsa (
к
O
Тк
`
< 1 dan) aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lgan. 
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublika aholisi tabiiy 
ravishda har yili 450-550 ming kishiga ko‘paymoqda. 
Keyingi yillarda har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar ham, o‘lganlar soni ham 
kamayib bormoqda. Tug‘ilganlar sonining kamayishi qishloq aholisining kamayib 
borishi, ayollarning ijtimoiy hayotga faol aralashuvi va boshqa omillarga bog‘liq. 
Mamlakatimizda o‘limning kamayishi esa, Respublikamizda sog‘lom avlodni 
tarbiyalash, onalar sog‘ligini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlarning natijasidir. 
Aholining mexanik harakati migratsiya natijasida bo‘ladi. «Migratsiya» lotincha 
so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘chib yurish» ma’nosini anglatadi. Aholi mamlakat 
miqyosida ham bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borishi mumkin. Bunday aholining 
harakati ichki migratsiya hisoblanadi. Keyingi yillarda aholi juda zich joylashgan 
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan cho‘lni o‘zlashtirish maqsadida Sirdaryo va Jizzax 
viloyatlariga ko‘chib kelishdi. Aholining ichki migratsiyasi mamlakat bo‘yicha aholi 
soniga ta’sir etmaydi, faqat ayrim hududlar uchun ta’siri bo‘ladi. 
Aholining mamlakatdan boshqa joyga (chet elga) ko‘chib ketishi yoki chet eldan 
kelishi xalqaro migratsiya hisoblanadi. Bunda aholining mutloq mexanik o‘zgarishi 
ko‘chib ketganlar va ko‘chib kelganlar o‘rtasidagi farqga bog‘liqdir. Agarda 
mamlakatga ko‘chib kelganlar (kk), shu davrda ko‘chib ketganlardan (kt) ko‘p bo‘lsa, 
(kk>kt) mexanik o‘sish bo‘ladi. Agarda ketganlar (kt) soni, ko‘chib kelganlar (kk) dan 
ko‘p bo‘lsa, mutloq mexanik kamayishni aniqlashimiz mumkin. Aholi mexanik 
harakatining nisbiy quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Kelganlar koeffitsienti (KK) 
boshqa joylardan ushbu aholi punkitiga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar sonini 
1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lamiz.
soni
o`rtacha
Aholining
1000
soni
kelganlar
Ko`chib


KTk
Ketganlar koeffitsienti (KTk) – ushbu aholi punkitidan boshqa joyga doimiy 
yashash uchun ko‘chib ketganlar sonini 1000 ga ko‘paytirib aholining o‘rtacha soniga 
bo‘lamiz. 
soni
o`rtacha
Aholining
1000
soni
ketganlar
Ko`chib


KTk
Aholining mexanik harakat koeffitsienti doimiy yashash uchun ko‘chib 
kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farqni 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha 
soniga bo‘lish bilan topiladi. 
Agarda ko‘chib kelganlar soni ko‘chib ketganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, unda 
mexanik o‘sish koeffitsienti aniqlanadi. 
soni
rtacha
o
Aholining
kt
kk
Muk
`
1000
)
(



bu yerda; Muk - aholining mexanik o‘sish koeffitsienti. 


154 
Agarda ko‘chib ketganlar soni, ko‘chib kelganlar sonidan ortiq bo‘lsa, unda 
mexanik kamayish koeffitsientini (MKk) aniqlash lozim. 
soni
rtacha
o
Aholining
kk
kt
Mkk
`
1000
)
(



Har bir hudud miqyosida aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishi natijasida, aholi 
sonining istiqboli aniqlanadi. Hududlar xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish, ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish rejalarni belgilashda foydalaniladi. 
O`zbekistonda hozircha turli sabablarga ko`ra ko`chib ketganlar soni ko`chib 
kelganlar sonidan ko`proq. 2015 yil ko`chib ketganlar soni 168579 ta bo`lgan bo`lsa, 
ko`chib kelganlar soni 139280 kishini tashkil etadi. Mustaqillik davrlarida 
O`zbekistonga ko`chib kelib, iqtisodiyotning turli sohalarida ishlayotganlarga 
Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoyev qarori bilan O`zbekiston fuqoraligi berilmoqda. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling